7.9. Mehnatga haq to’lash va boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot
№ 1 misol
Xodimga avgust oyida 700 000 so’m mehnat haqi hisoblandi. Daromad solig’ini hisoblang.
Yechim
700 000 x 12% = 84 000 so’m.
№ 2 misol
Xodimga avgust oyida 2 000 000 so’m mehnat haqi hisoblandi. Daromad solig’ini hisoblang.
Yechim
2 000 000 x 12% = 240 000 so’m.
№ 3 misol
Xodimga avgust oyida 7 200 000 so’m mehnat haqi hisoblandi. Daromad solig’ini hisoblang.
Yechim
7 200 000 x 12% = 864 000 so’m.
№ 4 misol
Xodimga avgust oyida 650 000 so’m mehnat haqi hisoblandi. Daromad solig’ini hisoblang (agar mumkin bo’sa).
№ 5 misol
Xodimga avgust oyida 5 500 000 so’m mehnat haqi hisoblandi. Daromad solig’ini hisoblang va hisobvaraqlar bog’lanishini ko’rsating (buxgalteriya bog’lamasi-provodka).
№ 6 misol
Xodimlarga avgust oyida 578 500 000 so’m mehnat haqi hisoblandi. Ijtimoiy sug’urtani hisoblang va hisobvaraqlar bog’lanishini ko’rsating (buxgalteriya bog’lamasi-provodka).
№ 7 misol
Xodimga 2020 yil 1 sentyabrdan 20 sentyabrgacha 15 kalendar kun muddat bilan ta’til berildi, deb faraz qilaylik.
Hisob-kitob davrining barcha oylarida xodim to’liq ishlagan va unga har oyda 3 000 000 so’m to’langan. Shuningdek, 2020 yilning yanvar oyida xodimga 2019 yil ish yakunlari bo’yicha 6 000 000 so’m miqdorida bir martalik mukofotpuli to’langan, 2020 yilning iyul oyida esa 3 000000 so’m miqdorida, tashkilot xodimlarini mukofotlash to’g’risidagi Nizomga muvofiq, mukofot to’landi.
Yechim
Hisob-kitob davri uchun mehnat ta’tili summalarini hisoblash uchun xodimning ta’tilidan oldingi 12 kalendar oyni o’z ichiga olishi kerak.
Shunday qilib, ushbu davr mobaynida xodimga 45 000 000 so’m(3 000 000 x 12 + 6 000 000 + 3 000 000) miqdorida mehnat haqi hisoblangan.
Xodimning ta’til davridagi o’rtacha kunlik daromadini (O’KD) hisoblash quyidagi formula bilan amalga oshiriladi:
O’KD = ta’tildan oldingi 12 kalendar oy uchun haqiqiy
to’lovlar miqdori / (25,4 * 12),
bu erda:
25,4 – kalendar kunlarining o’rtacha oylik soni (doimiy);
12 – hisoblash davridagi kalendar oylar soni (haqiqatda olingan).
Hisob-kitob davri uchun o’rtacha kunlik daromad bo’ladi:
(36 000 000 so’m + 6 000 000 so’m + 3 000 000 so’m) / 304,8 = 147 637,80 so’m.
Mehnat ta’tili summasi: 2 214 567 so’m bo’ladi. (147 637,80 so’m * 15 kalendar kun).
Bu holda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuchi xo’jaliklar” yoki
D 9410 “Sotish xarajatlari” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” yoki
D 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” - ishlab chiqarish yoki boshqaruv xarajatlari yoki oldindan hisoblangan rezerv hisobidan ta’til summalari hisoblandi.
№ 8 misol
Xodimga 2020 yil 1 sentyabrdan 20 sentyabrgacha 15 kalendar kun muddat bilan ta’til beriladi deb faraz qilaylik. Hisob-kitob davrida xodim to’liq ishlamagan: hisob-kitob davrining 11 oyi to’liq ishlangan va 2020 yil iyunida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lgan (kasallik) va 12 kalendar kuni ishlagan (2020-yil 1-iyundan 12-iyungacha).
Shu bilan birga to’liq ishlagan oylarda xodimga oyiga 3 000000 so’m, 2020 yilning iyun oyida esa 2 000 000 so’m to’langan.
Shuningdek, 2020 yilning yanvar oyida xodimga 2020 yil ish yakunlari bo’yicha 6 000 000 so’m miqdorida bir martalik mukofotpuli to’langan, 2019 yilning iyul oyida esa 3 000 000 so’m miqdorida, tashkilot xodimlarini mukofotlash to’g’risidagi Nizomga muvofiq, mukofot to’landi.
Yechim
Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to’liq oy miqdorini o’n ikkiga bo’lib, so’ng to’liq ishlangan oylar soniga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda o’n besh kalendar kunga teng va undan ko’p bo’lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o’n besh kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi.
Hisob-kitob davri uchun o’rtacha kunlik daromad bo’ladi:
O’KD = ta’tildan oldingi 11 kalendar oy uchun haqiqiy
to’lovlar miqdori / (25,4 * 11),
(33 000 000 so’m + 6 000 000 so’m + 3 000 000 so’m) / 279.4 = 150 322,12 so’m.
Mehnat ta’tili summasi: 2 254 831 so’m bo’ladi. (150 322,12 so’m * 15 kalendar kun).
Bu holda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuchi xo’jaliklar” yoki
D 9410 “Sotish xarajatlari” yoki
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” yoki
D 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” - ishlab chiqarish yoki boshqaruv xarajatlari yoki oldindan hisoblangan rezerv hisobidan ta’til summalari hisoblandi.
Dostları ilə paylaş: |