Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə297/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   524
Guliston davlat

Soliq solish ob’ekti. Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ektidir.
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi foydali qazilmalarning haqiqiy yo’qotishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Foydali qazilmaning zahirasi qaysi foydali qazilmaning miqdoriga kamaytiriladigan bo’lsa, o’sha foydali qazilmaning hisoblangan miqdori va foydali qazilmani qazib olishning (ajratib olishning) to’liq texnologik tsikli yakunlangach aniqlangan, haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma miqdori o’rtasidagi farq foydali qazilmaning haqiqiy yo’qotishlaridir.
Soliq solish ob’ekti foydali qazilmaning har bir turi bo’yicha alohida aniqlanadi.
Quyidagilar soliq solish ob’ektidir:
- qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar (shu jumladan birga qo’shilib chiqadigan);
- foydali qazilmalardan, mineral xomashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar;
- sanoat yo’sinida dastlabki qayta ishlovdan o’tkazilgan qazib olingan uglevodorodlar shu jumladan birga qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
- uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi qazib olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar;
- ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar.
Quyidagilar soliq solish ob’ekti bo’lmaydi:
- qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi;
- soliq to’lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda o’zining xo’jalik va ro’zg’or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro’yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daryo o’zanlarini tozalash va qirg’oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan qayta ishlangan va realizatsiya qilingan foydali qazilmalar hajmi mustasno.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin