Soliq stavkalari. Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) nol (0) foizli stavka bo’yicha soliq solish foydali qazilmalarning normativ yo’qotishlariga taalluqli qismi bo’yicha amalga oshiriladi.
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi (11.3-jadval):
11.3-jadval
Soliq solinadigan ob’ektning nomi va stavkalari
Soliq solinadigan ob’ektning nomi
|
Soliq stav-kalari, %
|
1. Asosiy va birga qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun
|
|
Energiya manbalari:
|
|
Tabiiy gaz
|
30
|
Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo’yicha
|
9
|
Yer ostiga joylashtirilgan gaz
|
2,6
|
Gaz kondensati
|
20
|
Neft
|
20
|
Tosh ko’mir
|
4
|
Qo’ng’ir ko’mir
|
4
|
Yonuvchi slantslar
|
4
|
Rangli, nodir va radioaktiv metallar:
|
|
Tozalangan mis
|
10
|
Molibdenli sanoat mahsuloti
|
10
|
Reniy
|
10
|
Kontsentratlangan qo’rg’oshin
|
8
|
Metall ruh
|
10
|
Volfram kontsentrati
|
10,4
|
Uran
|
10
|
Selen
|
10
|
Tellur
|
10
|
Indiy
|
10
|
Vismut
|
10
|
Asl metallar:
|
|
Oltin
|
10
|
Kumush
|
10
|
Palladiy
|
10
|
Platina
|
10
|
Osmiy
|
10
|
Nodir tosh xomashyosi:
|
|
Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xomashyosi
|
24
|
Feruza, listvenit, rodonit, zmeevik, marmar yo’l-yo’l aqiq, kaxolong, yashma, xaltsedon, aqiq, gematit
|
24
|
Qora metallar:
|
|
Temir
|
5
|
Titan-magnetitli rudalar
|
4
|
Marganets rudalari
|
4
|
Kon-kimyo xomashyosi:
|
|
Tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan)
|
3,5, biroq 10000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Kaliy tuzi
|
3,5
|
Sulfat tuzi
|
3,5
|
Fosforitlar (donasimon)
|
5
|
Karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar)
|
3,5
|
Ohaktoshlar (soda uchun va Biox texnologiyasi bo’yicha sanoat chiqindilarini tozalash)
|
3,5
|
Mineral (loysimon, temirokisli, karbonatli) pigmentlar
|
5,5
|
Yod
|
4,8
|
Qishloq xo’jaligi ruda xomashyosi (glaukonit, bentonitli gil, urug’simon va tabiiy foydalaniladigan hamda jelvakli fosforitlar)
|
3,5
|
Kon-ruda xom ashyosi:
|
|
Eruvchan shpat
|
21,2
|
Tabiiy grafit
|
8
|
Birlamchi kaolin (kontsentrat), realizatsiya qilingan hajmi bo’yicha
|
7,9
|
Ikkilamchi kaolin, realizatsiya qilingan hajmiga doir
|
7,9
|
Dala shpati xomashyosi (pegmatit, dala shpati, felzit, leykokratli granit, kvarts-dala shpati xom- ashyosi)
|
6,5
|
Kvarts qumlari (shisha)
|
3
|
Qumtosh (shisha)
|
5
|
Bentonitli loy (burg’ulangan eritmalar)
|
4,8
|
Talk va talk toshi
|
4
|
Talkli magnezit
|
4
|
Vollastonit
|
4
|
Asbest
|
4
|
Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt
|
4
|
Barit kontsentrati
|
4
|
O’tga chidamli, qiyin eruvchan gillar
|
4
|
Ohaktoshlar, dolomitlar (shisha, metallurgiya uchun, o’tga chidamli), flyus ohaktosh
|
5, biroq 11500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Kvarts va kvartsit (shisha, texnik kremniy, silikomargants, dinalar ishlab chiqarish uchun)
|
6,5
|
Qoliplash xom ashyosi (qumlar, loylar)
|
4
|
Vermikulit
|
4
|
Mineral paxta uchun xom ashyo (dolomit, tog’ jinslari)
|
5
|
Hayvonlar va qushlarni oziqlantirish uchun ohaktosh qobig’i
|
5
|
Serpentinit (o’tga chidamli xom ashyo)
|
5
|
Qurilish materiallari:
|
|
Tsement ishlab chiqarishga mo’ljallangan ohaktoshdan tashqari tsement xomashyosi (mergeli, loylar, slantslar, lyossimon jinslar, qumoqsimon, loysimon chig’anoqlar, kaolin, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, bazaltlar, diabazlar, andezibazaltlar, gliejlar, temir tarkibli qo’shimchalar, magnetit – gematitli jinslar, kvarts qumi va h.k.)
|
10
|
Tsement ishlab chiqarishga mo’ljallangan ohaktosh
|
45 000
so’m/tonna*
|
Ohak ishlab chiqarishga mo’ljallangan ohaktosh
|
5
|
Tabiiy bezaktoshdan bloklar (ohaktosh, ohaktosh-chig’anliq, ravertin simon ohaktoshlar, mramor, granit, granodiorit, granosienit, nefelinli sienit, gabbro, granosienitporfir, kvarts porfirdagi ignimbritlar, liparito-datsitlar, vulqon tufi, vulqon jinslari, qumtosh)
|
5, biroq 20 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Marmar ushog’i
|
5, biroq 17 000 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan
|
Keramzit xomashyosi (bentonit va loy jinslari)
|
5
|
G’isht-cherepitsa xom ashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, lyosslar, zichlovchi sifatida qumlar va boshqalar)
|
5, biroq 7 000 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan
|
Gips toshi, gips va angidrid, ganch
|
5, biroq 9 500 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan
|
Arralanadigan, xarsangtosh va shag’al uchun toshlar
|
5, biroq 7 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Sohilni himoya qilish ishlari uchun xom ashyo (ohaktoshlar, porfiritlar, granitlar)
|
5, biroq 10 000 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan
|
Qurilish qumlari
|
5, biroq 8 500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Tosh-shag’al aralashmasi
|
5, biroq 7 500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Qumtoshlar
|
5
|
Ohaktosh-chig’anoq
|
5, biroq 12 500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari)
|
5, biroq 10 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Qurilish mayda toshlar (granitlar, porfiritlar va slanets jinslari)
|
5, biroq 10 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan
|
Farfor xom ashyosi (farfor toshi, loyli oq quyuqlashuvchi slanets)
|
5
|
To’g’on qurish uchun xom ashyo (tosh-shag’al materiallari, lyossimon jinslar, qum, bentonitli loy, ohaktoshlar)
|
5
|
Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)
|
5
|
2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar
|
Asosiy foydali qazilmani qazib
olganlik uchun
stavkaning 30 %i
|
* Tsement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek tsement xom ashyosi – ohaktoshni realizatsiya qiladigan yer qa’ridan foydalanuvchilar belgilangan soliq stavkasi bo’yicha soliq to’laydi. Tsement ishlab chiqarish uchun ko’mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Asl, rangli, noyob va radioaktiv metallarni qazib olishni amalga oshiruvchi alohida soliq to’lovchilar uchun O’zR Prezidenti tomonidan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Quyidagilar hisobot davridir:
- yuridik shaxslar uchun – bir oy;
- jismoniy shaxslar uchun – kalendar yil.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisoblash buxgalteriya hisobida quyidagi bog’lanish bilan aks ettiradi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.
Byudjetga yer qa’ridan foydalanganlik uchun solig’i o’tkazilayotganda beriladigan hisobvaraqlar bog’lanishi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
11.6. Soliqlar va yig’imlar uchun byudjet bilan hisoblashishlar
hisobi bo’yicha amaliy mashg’ulot
Nazariy bilimlarga asoslanib byudjet bilan hisoblashishlar bo’yicha amaliy mashg’ulot masalalarini echish kerak.
№1 misol
Korxona 35 000 000 so’mga material sotib oldi (shundan hisobot davrida materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga xarajat qildi – 24 000 000 so’m), transport xarajatlari 7 000 000 so’m, materiallarni chetga qayta ishlash uchun berib qilingan xarajatlar – 1 800 000 so’m, o’z avtotransport xarajatlari – 800 000 so’m, mehnat haqi xarajatlari – 8 000 000 so’m, ijara ijara xarajatlari – 2 000 000 so’m, hisoblangan amortizatsiya summasi – 1 200 000 so’m, safar xizmati – 5 000 000 so’m. Korxona hamma materiallardan mahsulot ishlab chiqariladi, ularni ulgurji narxlarda sotadi va realizatsiyadan olingan daromadi – 45 000 000 so’m. Korxona byudjetga to’lanadigan soliqlarni hisoblang: QQS, foyda solig’i.
№2 misol
Quyidagi ma’lumotlar asosida korxona mol-mulk solig’ini choraklar bo’yicha hisob qiling:
Sana
|
Mol-mulk qiymati (so’m)
|
1.01.12
|
2 300 000
|
1.02.12
|
2 450 000
|
1.03.12
|
2 500 000
|
1.04.12
|
2 350 000
|
1.05.12
|
2 400 000
|
1.06.12
|
2 800 000
|
1.07.12
|
2 260 000
|
1.08.12
|
2 300 000
|
1.09.12
|
2 240 000
|
1.10.12
|
2 150 000
|
1.11.12
|
2 300 000
|
1.12.12
|
2 350 000
|
1.01.13
|
2 340 000
|
№3 misol
Hisob siyosatiga muvofiq soliqqa tortish maqsadida, savdo tashkiloti daromad (xarajatlar)ni hisoblash usulida tashkil qilgan, shubhali qarzlar bo’yicha rezerv shakllantiryapti. Hisobot davri oxirida debitorlik qarzlarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlandiki, sotilgan tovarlar uchun muddati 90 kundan oshgan shubhali qarzdorlik bo’yicha qarzlar 50 000 000 so’m, sotilgan tovarlar uchun muddati 45 dan 90 kungacha bo’lgan shubhali qarzdorlik bo’yicha qarzlar 100 000 000 so’m, boshqa korxonalarga zayom (qarz) berib muddati 90 kundan oshgan shubhali qarzlar bo’yicha olinadigan foizlar summasi 12 000 000 so’m tashkil qilgan.
Ushbu rezerv bo’yicha soliqqa tortish maqsadida boshqa operatsion xarajatlar tarkibiga qancha summa hisoblash kerak, agar mahsulot (tovar, ish, xizmatlar) realizatsiyasidan tushum hisobot davrida 8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa? Quyidagilardan qaysi javob to’g’ri.
1. 162 000 ming so’m
2. 150 000 ming so’m
3. 112 000 ming so’m
4. 72 000 ming so’m.
№4 misol
Agar kompaniyani xo’jalik faoliyati quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflansa, 2019 yilga foyda solig’ini hisoblang: tushum QQS solig’i bilan birga yil davomida – 45 mlrd. so’m, materiallarga xarajat (QQSsiz) – 10 mlrd. so’m, ishchilarning mehnat haqi – 5 mlrd. so’m, asosiy vositalarning amortizatsiyasi – 500 mln. so’m, davr xarajatlari (QQS siz) – 4.8 mlrd. so’m, boshqa xarajatlar – 1 mlrd. so’m, ish haqidan ijtimoiy ajratmalar – 12 %.
№5 misol
Hisobga olinadigan QQS summasini quyidagi holatlarda aniqlang:
1. Korxona 230 mln. so’mga (shu jumladan QQS summasi 30 mln. so’m) ishlab chiqarish materiallari sotib oldi. Hisobot sanasida 50% MEB hisobvarag’idagi summa to’landi.
2. Korxona yoritish uskunani o’z madaniyat saroyiga o’rnatish uchun sotib oldi. Uskuna qiymati – 46 mln. so’mga (shu jumladan QQS summasi – 6 mln. so’m. Hisobot sanasida uskuna foydalanishga topshirildi, MEB hisobvarag’i 80% to’langan.
3. Maqsadi ishlab chiqarish bo’lgan asosiy vositalar uchun korxona 460 mln. so’m oldindan to’lov qildi. Hisobot sanasida asosiy vositalar kirim qilgani yo’q.
4. Korxona import tovarlar partiyasini 5 000 mln. so’mga sotib oldi. Bu tovarlarni O’zR bojxona hududiga olib kirganda 750 mln. so’m QQS to’landi. Hisobot sanasida MEB oldidagi qarz 2 500 mln. so’mni tashkil qildi.
5. Korxona Toshkentda o’quv seminari tashkil qildi. Seminarni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha xarajatlarga QQS summasi 10 mln. so’mdan iborat. Hamma xarajatlar to’liq to’langan.
Dostları ilə paylaş: |