Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə309/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   524
Guliston davlat

Ko’rsatkichlar nomi

Satr kodi

O’tgan yilning tegishli davriga nisbatan

Hisobot davri uchun

Daromad-lar
(foyda)

Xarajat-lar
(zararlar)

Daromad-lar
(foyda)

Xarajat-lar
(zararlar)

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum

010

4 298 211

X

17 565 653

X

Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi

020

X

2 854 616

X

11 860 893

Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr.010-020)

030

1 443 595

X

5 704 760

X

Davr xarajatlari, jami (satr.050+060+070+080), shu jumladan:

040

X

1 730 427

X

6 523 294

Sotish xarajatlari

050

X

63 983

X

827 354

Ma’muriy xarajatlar

060

X

400 358

X

1 233 116

Boshqa operatsion xarajatlar

070

X

1 266 086

X

4 462 824

Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari

080

X

-

X

-

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari

090

302 241

X

1 048 027

X

Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)
(satr. 030-040+090)

100

15 409

-

229 493

-

Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami (satr.120+130+140+150+160), shu jumladan:

110




-

-

-

Dividendlar shaklidagi daromadlar

120




X

-

X

Foizlar shaklidagi daromadlar

130

-

X

-

X

Uzoq muddatli ijara (lizing)dan daromadlar

140

-

X

-

X

Valyuta kursi farqidan daromadlar

150

-

X

-

X

Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari

160

-

X

-

X

Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar (satr.180+190+200+210), shu jumladan:

170

X

278

X

-

Foizlar shaklidagi xarajatlar

180

X




X

-

Uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha foizlar shaklidagi xarajatlar

190

X

-

X

-

Valyuta kursi farqidan zararlar

200

X

278

X

-

Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar

210

X

-

X

-

Umumxo’jalik faoliyatining foydasi (zarari) (satr.100+110-170)

220

15 131




229 493




Favquloddagi foyda va zararlar

230

-

-

-

-

Daromad (foyda) solig’ini to’lagunga qadar foyda (zarar) (satr.220QG’-230)

240

15 131

-

229 493

-

Daromad (foyda) solig’i

250

X

13 514

X

159 199

Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar

260

X

129

X




HISOBOT DAVRINING SOF FOYDASI (ZARARI) (satr.240-250-260)

270

1 488

-

70 294

-



BYuDJETGA TO’LOVLAR TO’GRISIDA MA’LUMOT



Ko’rsatkichlar nomi

Satr
kodi

Hisobot davri uchun hisob-kitob bo’yicha to’lanadi

Hisobot davri uchun
hisob-kitob bo’yicha
hisoblangandan
haqiqatda to’langani

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

280

159 199

142 837

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

290

1 016 099

1 017 540

shu jumladan: shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratmalar

291

154 092

141 701

Ќo’shilgan qiymat solig’i

310

2 995 135

3 117 864

Aktsiz solig’i

320







Er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq

330







Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

340

1 708

1 124

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

350

10 038

28 997

Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’i

360

74 296

75 048

Yagona soliq to’lovi

370







Yagona er solig’i

380







Ќat’iy belgilangan soliq

390







Boshqa soliqlar

400

2 233 741

2 233 741

Avtotransport yig’imlari

410







Yagona ijtimoiy to’lov

440

1 276 898

1 279 945

Import bo’yicha bojxona boji

450







Mahalliy byudjetga yig’imlar

460







Byudjetga to’lovlarning kechiktirilganligi uchun moliyaviy jazolar

470







Jami byudjetga to’lovlar summasi(280 dan 470 satrgacha 291 satrdan tashqari)

480

7 767 114

7 897 098



12.6. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda pul mablag’lari harakati nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy resurslaridagi barcha o’zgarishlar aks ettiriladi. Operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat borishida pul mablag’larining harakati hisobot davrining boshi va oxirida pul mablag’larining qoldiqlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni aniqlash imkonini beradigan tarzda aks ettiriladi.


Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot sub’ektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o’z pul mablag’lariga ma’lum hisobot davri ichida ta’sirini aks ettiradi, shu davr ichida pul mablag’larining o’zgarishini tushuntiradi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shaql) 9-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” asosida tuziladi. Pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotni qo’llash quyidagilarni aniqlashga yordam beradi:
* tashkilotning pul mablag’larini va ularning ekvivalentlarini topa olish qobiliyatini va tashkilotning shu kabi pul oqimlarini ishlatishga ehtiyojini aniqlash;
* tashkilotning sof aktivlaridagi o’zgarishlar, uning moliyaviy tuzilishini (uning likvidligini va to’lov qobiliyati bilan birga) va uning o’zgarib turgan sharoit va imkoniyatlarga moslashish uchun o’z vaqtida pul miqdoriga va pul oqimlariga ta’sir etish qobiliyatini aniqlash;
* har xil tashkilotlarning operatsion faoliyatlarini taqqoslash, chunki bu ayni operatsion va xo’jalik faoliyatining hodisalari uchun har xil hisoblash usullarini qo’llanishni inkor etadi.
Pul oqimlarini tasniflash. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda hisobot davri davomidagi pul oqimlari aks ettiriladi va ular quyidagi shakllarga tasniflanadi:

  • operatsion faoliyati;

  • investitsion faoliyati;

  • moliyaviy faoliyati.

Operatsion faoliyati. Operatsion faoliyatidan pul oqimlarining hajmi tashkilotning ssudalarni to’lash uchun etarli pul mablag’larini yig’ish, ishlab chiqarish darajasini saqlash, dividendlarni to’lash va tashqi moliyalashtirish manbalarni jalb qilmay yangi kapital qo’yilmalarni amalga oshirish ishlarini qila olishining asosiy ko’rsatgichidir. Operatsion faoliyatidan pul oqimlari birinchi navbatda, asosiy faoliyatdan daromad olishning natijasi bo’lib hisoblanadi. Operatsion faoliyat jarayonida sodir bo’lgan pul mablag’larining harakatlariga misol bo’lib, quyidagilar xizmat qilishi mumkin (12.3-jadval):
12.3-jadval
Operatsion faoliyati jarayonining pul oqimlari

Pul mablag’larining oqib kelishi

Pul mablag’larining oqib ketishi

Mahsulot, tovar va xizmatni sotishdan

Tovar va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to’lovlar

Royaltilardan (patentni, mualliflik huquqi qo’llanilganligi va boshqalar uchun), har-xil xarakterdagi mukofotlardan, foiz daromadidan, komission yig’imlardan va boshqa daromadlardan

Korxona xodimlariga pul to’lovlari, operatsion xarajatlari

Tovar-moddiy zahiralarining qisqarishi

Tovar-moddiy zahiralarini ko’payishi

Savdo va vositachilik maqsadlarida tuziladigan bitimlar bo’yicha pullarning kelib tushishi

To’langan foizlar

Joriy majburiyatlarining ko’payishi, jumladan investitsion va moliyaviy faoliyatga kirmaydigan daromad solig’i bo’yicha

Joriy majburiyatlarining kamayishi, jumladan investitsion va moliyaviy faoliyatga kirmaydigan daromadga solig’i bo’yicha

Pulsiz xarajatlar:
a) asosiy mablag’larining va nomoddiy aktivlarining amortizatsiyasi, tabiiy resurslarining kamayishi
b) qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha chegirmalarining amortizatsiyasi

Pulsiz muomalalari:
a) qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha ustamaning amortizatsiyasi



Investitsion faoliyati bu pul ekvivalentlariga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlarni va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, to’lanadigan kreditlarning berilishi va olinishi. Investitsion faoliyat natijasida sodir bo’ladigan pul mablag’larining harakatlariga quyidagilar misol bo’lishi mumkin (12.4-jadval):
12.4-jadval
Investitsion faoliyati jarayonining pul oqimlari


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin