Aktsiyalarning chiqarishdan kelgan pul mablag’lari
Sotib olingan xususiy aktsiyalar uchun to’lovlar
Qarz mablag’laridan kelgan tushum (chiqarilgan veksellar, obligatsiyalar, garovlar va boshqa qisqa va uzoq muddatli qarzlar)
Qarzlarning to’lanishi (operatsion faoliyatning qarzlar bo’yicha foizlardan tashqari )
Aktsionerlarga dividendlarning to’lanishi va kapitalning boshqa turda taqsimlanishi
Moliyaviy ijara bilan bog’liqbo’lgan majburiyatlar bo’yicha to’lovlar
Investitsion va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq pulsiz muomalalar. Faqat asosiy vositalarga, uzoq muddatli kreditlarga yoki aktsionerlik kapitaliga tegishli bo’lgan investitsion va moliyaviy xarakterdagi pulsiz muomalalarga uzoq muddatli kreditlar hisobiga asosiy vositalarni sotib olish, kreditorlik qarzning kreditorlarga qo’shimcha aktsiyalarni berish va chiqarish orqali to’lash va boshqalar kiradi. Masalan, kompaniya er yoki binoni olish uchun uzoq muddatli garovni yozib berishi mumkin yoki uzoq muddatli obligatsiyalarni oddiy aktsiyalarga aylantirishi mumkin. Bu muomalalar oddiy investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettiradi, ammo ular pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilmasligi mumkin, chunki ular kompaniyaning pul mablag’lariga ta’sir qilmaydilar. Ammo, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning maqsadlaridan biri - investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettirish bo’lganligi uchun va bu kabi muomalalar kompaniyaning pul mablag’larining holatiga kelgusida ta’sir ko’rsatgani uchun, bu muomalalar pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobotda aks ettirilishi kerak, buning uchun hisobotga “Investitsion va moliyaviy xarakterdagi pulsiz muomalalarning ro’yxati” deb nomlangan maxsus bo’limi kiritilgan.