6.6. Materiallarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot
№ 1 misol
Mahalliy kompaniya materiallar etkazib berish bo’yicha xorijiy mol etkazib beruvchi bilan shartnoma imzoladi. Materiallarning shartnoma qiymati 10 000 AQSh dollari. Valyuta kursi O’zR MB tomonidan, materiallarni kirim qilish sanasida, belgilangan summa 9400 so’mni, to’lov sanasida – 9500 so’mni tashkil etdi. Materiallarni qabul qilish sanasi davlat bojxona deklaratsiyasini ramiylashtirish sanaga to’g’ri keladi. Import materiallari bo’yicha bojxona boji 5 %; bojxona yig’imi - 0,1%; QQS summasi - 15 %. Kompaniya materiallarni qabul qilish hisobini 1510 hisobvarag’ini qo’llash yordamida amalga oshiradi.
Yechim
2019 fevral oyida kompaniya asosiy faoliyat uchun yog’och sotib oldi. Mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha materiallar qiymati shartnoma sanasida O’zR MB tomonidan tasdiqlangan AQSh dollari kursiga ekvivalent bo’lgan shartliy birliklarda aniqlandi va 20 000 dollarni tashkil etdi va QQS summasi - 3000 AQSh dollar. Materiallarni qabul qilish sanasida MB kursi 1$= 9400 so’mni tashkil etdi. To’lov sanasida- 9500 so’m.
Yog’ochni sotib olish uchun kompaniya boshqa tashkilotdan maqsadli qisqa muddatli kredit oldi, unda yog’ochni omborga olishdan oldin hisoblangan foizlar 300 000 so’mni tashkil etdi.
Yog’ochni mol etkazib beruvchidan xaridor omboriga etkazib berish xarajatlari 300 00 so’mni, QQS summasi - 45000 so’mni tashkil etdi.
Hisob siyosatiga ko’ra tashkilotda materiallar tannarxini shakllantirishni 1510 va 1610 -hisobvaraqlar yordamida amalga oshiriladi. Sotib olingan materiallarning hisob qiymati 180 000 000 so’mni tashkil etadi.
Xo’jalik operatsiyalariga buxgalteriya yozuvlari tuzing.
Yechim