Qabul qilingan materiallarni haqiqiy tannarxi va hisob narxi o’rtasidagi farq (ortiqcha xarajat) hisobga olindi (188 000 000 so’m + 300 000 so’m + 2 000 000 so’m – 180 000 000 sum)
10 300 000
1610
1510
Qabul qilingan materiallar bo’yicha QQS summasi hisobga olindi (28 200 000 so’m + 45 000 so’m + 300 000 so’m)
28 545 000
6410
4410
№ 3 misol
Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, fevral oyida ishlab chiqarish uchun hisobdan chiqarilgan materiallar tannarxini va 2019 yil 1 martdagi materiallar qoldig’ining tannarxini quyidagi materiallarni hisobdan chiqarish usullari bilan aniqlang (6.1-jadval):
-“o’rtacha qiymat”;
- “FIFO” usuli;
-“LIFO” usuli.
6.1-jadval
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar xarajati
Yechim
1. O’rtacha qiymat bo’yicha materiallarni hisobdan chiqarish:
Bir-birlik materialni o’rtacha qiymatini aniqlaymiz:
943 100 000 so’m : 66 000 dona = 14 289,39 so’m.
2019 yil fevral oyida ishlab chiqarishga xarajat qilgan materiallar qiymatini aniqlaymiz:
47 800 dona • 14 289,39 so’m = 683 032 842 so’m.
2019 yil 1 mart holatiga materiallar qoldiq qiymatini aniqlaymiz:
943 100 000 so’m. – 683 032 842 so’m = 260 067 158 so’m.
Nazorat raqamini tekshiramiz 943 100 000 so’m (683 032 842 so’m + 260 067 158 so’m).
2. Materiallarni FIFO usulida hisobdan chiqarish:
2019 yil fevral oyida ishlab chiqarishga xarajat qilgan materiallar qiymatini aniqlaymiz:
8 000 dona • 15 000 so’m + 16 500 dona • 14 000 so’m + 14 500 dona • 17 000 so’m + 8 800 dona • 12 800 so’m = 120 000 000 so’m + 231 000 000 so’m + 246 500 000 so’m + 112 640 000 so’m = 710 140 000 so’m.
2019 yil 1 mart holatiga materiallar qoldiq qiymatini aniqlaymiz:
18 200 dona • 12 800 so’m = 232 960 000 so’m.
Nazorat raqamini tekshiramiz 943 100 000 so’m (710 140000 so’m + 232 960 000 so’m).
3. Materiallarni LIFO usulida hisobdan chiqarish:
2019 yil fevral oyida ishlab chiqarishga xarajat qilgan materiallar qiymatini aniqlaymiz:
27 000 dona • 12 800 so’m + 14 500 dona • 17 000 so’m + 6 300 dona • 14 000 so’m = 345 600 000 so’m + 246 500 000 so’m + 88 200000 so’m = 680 300 000 so’m.
2019 yil 1 mart holatiga materiallar qoldiq qiymatini aniqlaymiz:
10 200 dona • 14 000 so’m + 8000 dona • 15 000 so’m = 142 800 000 so’m + 120 000 000 so’m = 262 800 000 so’m.
Nazorat raqamini tekshiramiz 943 100000 so’m (680 300 000 so’m + 262 800 000 so’m).
№ 4 misol
Tashkilot materiallar qiymatini hisob narxida aks ettiradi. 2019 yil 1 fevral holatiga korxona omboridagi materiallar qoldig’i 30 000 000 so’mni, 1610 hisobvaraqning debet tomonidagi qoldig’i – 10 000 000 so’m.
Fevral oyida 70 000 000 so’m miqdorida hisob narxlarida materiallar qabul qilindi. Materiallarning haqiqiy qiymati 88 550 000 so’mni tashkil etdi, shu jumladan QQS summasi – 11 550 000 so’m. Fevral oyida asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar 25 000 000 so’mga, yordamchi ishlab chiqarishga 15 000 000 so’m miqdorida hisob narxlarda hisobdan chiqarildi.
Materiallar qiymatidagi og’ishlarni hisob qiling, og’ishlar foizini toping va haqiqiy tannarxda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallarni hisobdan chiqaring.
Yechim