Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə299/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   524
Guliston davlat

Soliq stavkalari. Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) nol (0) foizli stavka bo’yicha soliq solish foydali qazilmalarning normativ yo’qotishlariga taalluqli qismi bo’yicha amalga oshiriladi.
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi (11.3-jadval):
11.3-jadval
Soliq solinadigan ob’ektning nomi va stavkalari

Soliq solinadigan ob’ektning nomi

Soliq stav-kalari, %

1. Asosiy va birga qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun




Energiya manbalari:




Tabiiy gaz

30

Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo’yicha

9

Yer ostiga joylashtirilgan gaz

2,6

Gaz kondensati

20

Neft

20

Tosh ko’mir

4

Qo’ng’ir ko’mir

4

Yonuvchi slantslar

4

Rangli, nodir va radioaktiv metallar:




Tozalangan mis

10

Molibdenli sanoat mahsuloti

10

Reniy

10

Kontsentratlangan qo’rg’oshin

8

Metall ruh

10

Volfram kontsentrati

10,4

Uran

10

Selen

10

Tellur

10

Indiy

10

Vismut

10

Asl metallar:




Oltin

10

Kumush

10

Palladiy

10

Platina

10

Osmiy

10

Nodir tosh xomashyosi:




Qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xomashyosi

24

Feruza, listvenit, rodonit, zmeevik, marmar yo’l-yo’l aqiq, kaxolong, yashma, xaltsedon, aqiq, gematit

24

Qora metallar:




Temir

5

Titan-magnetitli rudalar

4

Marganets rudalari

4

Kon-kimyo xomashyosi:




Tosh tuz (ovqatga ishlatiladigan)

3,5, biroq 10000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Kaliy tuzi

3,5

Sulfat tuzi

3,5

Fosforitlar (donasimon)

5

Karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar)

3,5

Ohaktoshlar (soda uchun va Biox texnologiyasi bo’yicha sanoat chiqindilarini tozalash)

3,5

Mineral (loysimon, temirokisli, karbonatli) pigmentlar

5,5

Yod

4,8

Qishloq xo’jaligi ruda xomashyosi (glaukonit, bentonitli gil, urug’simon va tabiiy foydalaniladigan hamda jelvakli fosforitlar)

3,5

Kon-ruda xom ashyosi:




Eruvchan shpat

21,2

Tabiiy grafit

8

Birlamchi kaolin (kontsentrat), realizatsiya qilingan hajmi bo’yicha

7,9

Ikkilamchi kaolin, realizatsiya qilingan hajmiga doir

7,9

Dala shpati xomashyosi (pegmatit, dala shpati, felzit, leykokratli granit, kvarts-dala shpati xom- ashyosi)

6,5

Kvarts qumlari (shisha)

3

Qumtosh (shisha)

5

Bentonitli loy (burg’ulangan eritmalar)

4,8

Talk va talk toshi

4

Talkli magnezit

4

Vollastonit

4

Asbest

4

Mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt

4

Barit kontsentrati

4

O’tga chidamli, qiyin eruvchan gillar

4

Ohaktoshlar, dolomitlar (shisha, metallurgiya uchun, o’tga chidamli), flyus ohaktosh

5, biroq 11500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Kvarts va kvartsit (shisha, texnik kremniy, silikomargants, dinalar ishlab chiqarish uchun)

6,5

Qoliplash xom ashyosi (qumlar, loylar)

4

Vermikulit

4

Mineral paxta uchun xom ashyo (dolomit, tog’ jinslari)

5

Hayvonlar va qushlarni oziqlantirish uchun ohaktosh qobig’i

5

Serpentinit (o’tga chidamli xom ashyo)

5

Qurilish materiallari:




Tsement ishlab chiqarishga mo’ljallangan ohaktoshdan tashqari tsement xomashyosi (mergeli, loylar, slantslar, lyossimon jinslar, qumoqsimon, loysimon chig’anoqlar, kaolin, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, bazaltlar, diabazlar, andezibazaltlar, gliejlar, temir tarkibli qo’shimchalar, magnetit – gematitli jinslar, kvarts qumi va h.k.)

10

Tsement ishlab chiqarishga mo’ljallangan ohaktosh

45 000
so’m/tonna*

Ohak ishlab chiqarishga mo’ljallangan ohaktosh

5

Tabiiy bezaktoshdan bloklar (ohaktosh, ohaktosh-chig’anliq, ravertin simon ohaktoshlar, mramor, granit, granodiorit, granosienit, nefelinli sienit, gabbro, granosienitporfir, kvarts porfirdagi ignimbritlar, liparito-datsitlar, vulqon tufi, vulqon jinslari, qumtosh)

5, biroq 20 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Marmar ushog’i

5, biroq 17 000 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan

Keramzit xomashyosi (bentonit va loy jinslari)

5

G’isht-cherepitsa xom ashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, lyosslar, zichlovchi sifatida qumlar va boshqalar)

5, biroq 7 000 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan

Gips toshi, gips va angidrid, ganch

5, biroq 9 500 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan

Arralanadigan, xarsangtosh va shag’al uchun toshlar

5, biroq 7 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Sohilni himoya qilish ishlari uchun xom ashyo (ohaktoshlar, porfiritlar, granitlar)

5, biroq 10 000 so’m/kub.mdan kam bo’lmagan

Qurilish qumlari

5, biroq 8 500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Tosh-shag’al aralashmasi

5, biroq 7 500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Qumtoshlar

5

Ohaktosh-chig’anoq

5, biroq 12 500 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari)

5, biroq 10 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Qurilish mayda toshlar (granitlar, porfiritlar va slanets jinslari)

5, biroq 10 000 so’m/kub.m dan kam bo’lmagan

Farfor xom ashyosi (farfor toshi, loyli oq quyuqlashuvchi slanets)

5

To’g’on qurish uchun xom ashyo (tosh-shag’al materiallari, lyossimon jinslar, qum, bentonitli loy, ohaktoshlar)

5

Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)

5

2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar

Asosiy foydali qazilmani qazib
olganlik uchun
stavkaning 30 %i

* Tsement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek tsement xom ashyosi – ohaktoshni realizatsiya qiladigan yer qa’ridan foydalanuvchilar belgilangan soliq stavkasi bo’yicha soliq to’laydi. Tsement ishlab chiqarish uchun ko’mirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.


Asl, rangli, noyob va radioaktiv metallarni qazib olishni amalga oshiruvchi alohida soliq to’lovchilar uchun O’zR Prezidenti tomonidan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.

Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.


Quyidagilar hisobot davridir:
- yuridik shaxslar uchun – bir oy;
- jismoniy shaxslar uchun – kalendar yil.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisoblash buxgalteriya hisobida quyidagi bog’lanish bilan aks ettiradi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.
Byudjetga yer qa’ridan foydalanganlik uchun solig’i o’tkazilayotganda beriladigan hisobvaraqlar bog’lanishi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.


11.6. Soliqlar va yig’imlar uchun byudjet bilan hisoblashishlar
hisobi bo’yicha amaliy mashg’ulot

Nazariy bilimlarga asoslanib byudjet bilan hisoblashishlar bo’yicha amaliy mashg’ulot masalalarini echish kerak.


1 misol


Korxona 35 000 000 so’mga material sotib oldi (shundan hisobot davrida materiallarni ishlab chiqarish ehtiyojlariga xarajat qildi – 24 000 000 so’m), transport xarajatlari 7 000 000 so’m, materiallarni chetga qayta ishlash uchun berib qilingan xarajatlar – 1 800 000 so’m, o’z avtotransport xarajatlari – 800 000 so’m, mehnat haqi xarajatlari – 8 000 000 so’m, ijara ijara xarajatlari – 2 000 000 so’m, hisoblangan amortizatsiya summasi – 1 200 000 so’m, safar xizmati – 5 000 000 so’m. Korxona hamma materiallardan mahsulot ishlab chiqariladi, ularni ulgurji narxlarda sotadi va realizatsiyadan olingan daromadi – 45 000 000 so’m. Korxona byudjetga to’lanadigan soliqlarni hisoblang: QQS, foyda solig’i.

2 misol


Quyidagi ma’lumotlar asosida korxona mol-mulk solig’ini choraklar bo’yicha hisob qiling:

Sana

Mol-mulk qiymati (so’m)

1.01.12

2 300 000

1.02.12

2 450 000

1.03.12

2 500 000

1.04.12

2 350 000

1.05.12

2 400 000

1.06.12

2 800 000

1.07.12

2 260 000

1.08.12

2 300 000

1.09.12

2 240 000

1.10.12

2 150 000

1.11.12

2 300 000

1.12.12

2 350 000

1.01.13

2 340 000

3 misol


Hisob siyosatiga muvofiq soliqqa tortish maqsadida, savdo tashkiloti daromad (xarajatlar)ni hisoblash usulida tashkil qilgan, shubhali qarzlar bo’yicha rezerv shakllantiryapti. Hisobot davri oxirida debitorlik qarzlarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlandiki, sotilgan tovarlar uchun muddati 90 kundan oshgan shubhali qarzdorlik bo’yicha qarzlar 50 000 000 so’m, sotilgan tovarlar uchun muddati 45 dan 90 kungacha bo’lgan shubhali qarzdorlik bo’yicha qarzlar 100 000 000 so’m, boshqa korxonalarga zayom (qarz) berib muddati 90 kundan oshgan shubhali qarzlar bo’yicha olinadigan foizlar summasi 12 000 000 so’m tashkil qilgan.
Ushbu rezerv bo’yicha soliqqa tortish maqsadida boshqa operatsion xarajatlar tarkibiga qancha summa hisoblash kerak, agar mahsulot (tovar, ish, xizmatlar) realizatsiyasidan tushum hisobot davrida 8 mlrd. so’mni tashkil qilgan bo’lsa? Quyidagilardan qaysi javob to’g’ri.
1. 162 000 ming so’m
2. 150 000 ming so’m
3. 112 000 ming so’m
4. 72 000 ming so’m.

4 misol


Agar kompaniyani xo’jalik faoliyati quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflansa, 2019 yilga foyda solig’ini hisoblang: tushum QQS solig’i bilan birga yil davomida – 45 mlrd. so’m, materiallarga xarajat (QQSsiz) – 10 mlrd. so’m, ishchilarning mehnat haqi – 5 mlrd. so’m, asosiy vositalarning amortizatsiyasi – 500 mln. so’m, davr xarajatlari (QQS siz) – 4.8 mlrd. so’m, boshqa xarajatlar – 1 mlrd. so’m, ish haqidan ijtimoiy ajratmalar – 12 %.

5 misol


Hisobga olinadigan QQS summasini quyidagi holatlarda aniqlang:
1. Korxona 230 mln. so’mga (shu jumladan QQS summasi 30 mln. so’m) ishlab chiqarish materiallari sotib oldi. Hisobot sanasida 50% MEB hisobvarag’idagi summa to’landi.
2. Korxona yoritish uskunani o’z madaniyat saroyiga o’rnatish uchun sotib oldi. Uskuna qiymati – 46 mln. so’mga (shu jumladan QQS summasi – 6 mln. so’m. Hisobot sanasida uskuna foydalanishga topshirildi, MEB hisobvarag’i 80% to’langan.
3. Maqsadi ishlab chiqarish bo’lgan asosiy vositalar uchun korxona 460 mln. so’m oldindan to’lov qildi. Hisobot sanasida asosiy vositalar kirim qilgani yo’q.
4. Korxona import tovarlar partiyasini 5 000 mln. so’mga sotib oldi. Bu tovarlarni O’zR bojxona hududiga olib kirganda 750 mln. so’m QQS to’landi. Hisobot sanasida MEB oldidagi qarz 2 500 mln. so’mni tashkil qildi.
5. Korxona Toshkentda o’quv seminari tashkil qildi. Seminarni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha xarajatlarga QQS summasi 10 mln. so’mdan iborat. Hamma xarajatlar to’liq to’langan.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin