Transfert bahoni xarajatlar va qiymat yondashuvlari
asosida shakllantirish
Transfert baho siyosati masalasi bo’yicha moliyachi va marketologlar o’rtasida uni shakllantirishga nisbatan ikki muqobil yondashuv – xarajatlar va qiymat yondashuvlari sohasida bahs-munozara kelib chiqadi. Ularning mohiyatini 14.8-jadval yordamida ifodalash mumkin.
14.8-jadval
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan yondashuvlar
T/r
|
Xarajatlar asosida yondoshuv
|
Qiymat yondoshuv
|
1
|
M ahsulot
|
X aridorlar
|
2
|
T exnologiya
|
Q iymatliklar
|
3
|
X arajatlar
|
B aho
|
4
|
B aho
|
X arajatlar
|
5
|
Q iymatliklar
|
T exnologiya
|
6
|
X aridorlar
|
M ahsulot
|
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi eng sinalgan va ishonchli yondashuvdir. Uning asosida real kategoriya yotadi, bu – mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishga va sotishga sarflangan haqiqiy xarajatlar kategoriyasi orqali ifodalanadi hamda buxgalteriyada dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Buning ustiga, ma’lum darajada bu yondashuvning nufuzi uni iqtisodiy nazariyada qo’llab-quvvatlanishi bilan bog’liq, chunki mahsulotlar o’rtasida xarajatlarni to’g’ri taqsimlash, tannarxni shakllantirish va boshqarish bahoni korxona uchun naflilik nuqtai nazaridan daromad olish manbaiga aylantiradi (14.5-chizma).
Baho
Sotishlarning rejalashtirilayotgan hajmi
Ishlab chiqarishning kutilayotgan hajmi
Mahsulot birligiga sarflangan xarajatlar
Dostları ilə paylaş: |