____________ viloyati __________ tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi ____-umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi _____________________________ning 3-sinflar uchun T exnologiyafanidan
Pazandachilik va tikuvchilik ish asboblari
mavzusida dars ishlanmasi
Sana: _____________ Mavzu:Pazandachilik va tikuvchilik ish asboblari Maqsad: Ta’limiy:O‘quvchilarga mehnat ta’limi fani haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash,ish qurollaridan foydalanishda ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning ijodiy tafakkur, tasavvur va fantaziyalarini rivojlantirish.
Estetik madaniyat va ijodkorlik kompetensiyasi Ish turlarini solishtiradi va loyihalaydi; Shakl va ranglar uygʻunligini toʻgʻri ifodalaydi;
Amaliy mashgʻulot jarayonida mavjud muammoning muqobil yechimini topadi
O‘z-o‘zini rivojlantirish va asrash kompetensiyasi Qogʻozni qirqish usullarini toʻgʻri bajaradi Asbob-uskuna va moslamalardan toʻgʻri foydalanadi Mehnat gigiyenasiga rioya qiladi
Amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyasi Turli materiallardan (barg, qush, hayvon, parranda) shakllar yasaydi Tabiiy urugʻlarda (naqsh, parrandalar, qoʻziqorin) shakllar yasaydi Kasb turlarini biladi Qogʻozni buklash texnikasi asosida mashina, kema, samolyot yasaydi Sodda koʻrinishdagi tabriknomalar tayyorlaydi. Mustaqil oddiy shakllarni yasaydi
Dars turi:yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: ko‘rgazma,mehnat qurollari,slaydlar
Dars tipi: aralash,savol-javob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism. 1.O’quvchilar bilan
2.Salomlashish .
3.Davomatni aniqlash . II .O`tgan mavzuni mustahkamlash: O`tilgan mavzu yuzasidan savol javob qilinadi ularning amaliy ishlari baholanadi va amaliy ishlarni bajarishdagi kamchiliklar haqida ko’rsatma beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Pazandachilik — o‘simliklar va turli mahsulotlardan xilma-xil taomlar va shirinlik mahsulotlari tayyorlash mahoratiga ega kasb egasi.
Tikuvchi – chiroyli kiyimlar tikadigan hunar egasi. Qaychi, igna va ip ushbu kasb egalarining asosiy ish quroli hisoblanadi. Ularning mehnati tufayli biz doim ko‘rkam, bejirim, chiroyli kiyimlar kiyib yuramiz. Tikuvchilar mehnatini xalq juda qadrlaydi. Siz ham tikuvchilik to‘garaklariga qatnashing.
Qaychi — turli materiallarni kesish (qirqish) uchun ishlatiladigan asbob. Qaychi bir-biriga egiluvchan yoysimon metall plastina bilan biriktirilgan ikkita pichoqdan iborat ish anjomi hisoblanadi. Qaychi bilan mato, qogʻoz kabi materiallar kesiladi. Bundan tashqari, qaychilarning chilangarlik, tunukasozlik, tibbiyotda ishlatiladigan turlari ham
mavjud.
IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi va ularga amaliy ishlar bo’yicha ko’rsatmalar beriladi.
V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O’quvchilar darsdagi vazifalarni uyida davom etirib kelishadi