Boshqaruv hisobini isloh qilishning nazariy va amaliy jihatlari
Boshqaruv hisobi elementlari respublikamiz iqtisodiyoti uchun yangilik emas. Sobiq ittifoq davrida yuqoridan markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitida reja va moliyaviv bo’limlarining buxgalteriya xizmatidan asta-sekin ajralib chiqishi unga buxgalteriya vakolatining bir qismi berilishiga imkon tug’dirdi. Buxgalteruya va boshqa iqtisodchi mutaxassislar (reja bo’yicha iqtisodchi, mehnat va ish haqi bo’yicha iqtisodchi, moddiy-texnika ta’minoti bo’yicha iqtisodchi va h.k.) tor doiradagi hisob va rejalashtirish bilan cheklanib qoldi.
Bu jarayon natijasida buxgalteriya hisobining butun tizimi deyarli moliyaviy tizimga aylandi va faqat voqealarni qayd etuvchi xizmat turiga aylanib qoldi.
Mustaqillik davrida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning markazlashgan tizimidan voz kechilib, ko’p ukladlilik, biznes-rijalashtirish, erkin narxlarni shakllantirish, istiqbolli loyihalarni tanlash, segmentlarning javobgarligi kabi yangi iqtisodiy kategoriyalar va tushunchalar kirib keldi, mulk egasiga ko’p sonli xodimlarni saqlab turish samarali bo’lmay qoldi. Bu holatlar mamlakatimiz buxgalteriya hisobi tarkibida boshqaruv hisobini tashkil etish va rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Boshqaruv hisobining shakllanishi bilan buxgalter-analitik zimmasiga nafaqat xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, balki korxona hisob siyosatini shakllantirish, byudjetlashtirish, loyihalar tahlili, segmentlar bo’yicha xarajat va daromadlarni hisobga olish, ichki xo’jalik transfert baholarini o’rnatish, hisob tizimini kompyuterlashtirish kabilar ham yuklatildi.
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobini qo’llashda ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Ko’pgina hollarda buxgalterlar moliyaviy hisob va hisobot, soliqlar hisobi va hisoboti fan sifatida tan olinganligi, uning obektlari va sub’ektlari ma’lum bo’lganligiga qaramasdan buxgalterlarning ko’p vaqti shu masala bilan band bo’lib, boshqaruv hisobining samarali tizimini tashkil etish uchun vaqt etishmasligini ta’kidlashadi. Shunga qaramasdan, amaliyotning ko’rsatishicha, buxgalterning buxgalter-menejerga aylanishi tendentsiyasi kuchaya boshladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatimizda boshqaruv hisobini rivojlantirishning nazariy va amaliy yo’nalishlarini belgilash mumkin (14.7-chizma).
Keltirilgan chizmadan ko’rinib turibdiki, respublikamizda boshqaruv hisobini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
– korxonalar faoliyatini byudjetlashtirish (rejalashtirish);
– boshqaruv hisobini yuritishga mo’ljallangan yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqish;
– xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlashning zamonaviy usul va tizimlarini qo’llash imkoniyatlarini baholash;
– investitsiya loyihalari bo’yicha boshqaruv qarorlari qabul qilish;
– segmentlar bo’yicha hisob yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilish;
– korxonalarda transfert bahoni shakllantirish usullarini joriy etish.
Korxoshlarda boshqaruv hisobi tizimida byudjetlashtirishni amalga oshirishning zarurati shu bilan belgilanadiki, uning yordamida rejalashtirilgan hisobot davrida korxona rahbari va xodimlari oldida turgan maqsad va vazifalarni shakllantirish, ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromad va xarajatlarni aniqlash, amalga oshiriladigan hisob-kitoblar to’g’ligini kuzatib borish mumkin. Mamlakatimizda boshqarun hisobining rivojlanishi mavjud buxgalteriya hisobi tizimining ikki mustaqil: moliyaiy va boshqaruv hisobi hisobvaraqlar rejasiga bo’linishiga olib keldi.
Boshqaruv hisobining elementlari
Ishlab chiqarish hisobining elementlari
Moliyaviy hisob elementlari
Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash
Xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash
Xususiy kapital
Zahiralar
Investitsiya loyihalari tahlili
O’zbekiston Respublikasi “Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш
ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда
молиявий натижаларни шакллантириш
тартиби тўғрисида”gi
НИЗОМ
”