Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə395/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   524
Guliston davlat

Segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar amaliyotida segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega.


Buxgalteriya hisobinint 8-sonli "Operatsion segmentar" nomli xalqaro standarti (MHXC)ga ko’ra, segmentar hisobotda birlamchi aks ettiriladigan quyidagi holatlar nazarda tutilishi lozim:
– tashqi mijozlardan olinadigan daromadlar;
– shu korxonani boshqa segmentlar bilan bo’ladigan muomalalardan olinadigan daromadlar;
– foiz daromadi;
– foiz xarajati;
– amortizatsiya summasi;
– MXXS (IAS) 1 “Moliyaviy hisobotning taqdim etish”ning 97 punktiga muvofiq ochib beradigan daromad va xarajatlarni muhim moddalari;
– assotsiatsiyalashgan kompaniyalar yoki qo’shma korxonalar faoliyatida ishtirok etishdan olingan sof foyda yoki zararlarda korxonaning hissisi;
– foyda solig’idan xarajat yoki daromad;
- amortizatsiyadan farq qilinadigan muhim pulsiz moddalar.
Segment daromadlari korxona segmentiga yoki umumiy tushum tarkibiga bevosita kiritilishi mumkin (14.10-jadval).
14.10-jadval
Sut mahsulotlari kombinatining moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisoboti va uning muomala segmentlari (mln. so’mda)



Ko’rsatkichlar

Tovarlar ishlab chiqarish segmentlari

Jami

Tibbiyot
muassasalari
uchun

Maktabgacha
tarbiya muassasalari
uchun

Savdo
korxo-
nalari
uchun

Umumiy
ovqatlanish
korxonalari uchun

1. Sotishdan olingan tushum

39,8

50,8

26,0

132,0

248,6

2. Chegirmalar "-", ustamalar "+"

34,0

16,8

10,6

-38,6

22,8

3. Sotish-netto

73,8

67,6

36,6

93,4

271,4

4. Segmentlarning xarajatlari

29,2

18,8

17,0

12,6

77,6

5. Segmentlarning moliyaviy natijalari

64,5

66,0

35,0

88,3

253,8

6. Taqsimlanmagan xarajatlar (ma’muriy)

19,9

17,2

15,4

7,5

60,0

7. Korxonaning moliyaviy natijasi

44,6

48,8

19,6

80,8

193,8

14.10-jadval alohida segmentlar daromadlarini korxona moliyaviy natijasidagi ulushini ifodalaydi va ularni tarkibiy jihatdan tahlil qilish imkonini beradi.


Segment daromadlariga quyidagi ko’rsatkichlar tegishli emas:
– moliyaviy qo’yilmalarni sotishdan olingan foizlar, dividendlar va daromadlar (bunday daromadlar segmentning asosiy faoliyati bo’lgan hollar bundan mustasno);
– favqulodda daromadlar (fors-major majburiyatlar).
Segment xarajatlari – bu bevosita segment tarkibiga kiritilishi mumkin bo’lgan xarajatlar yoki ularni korxona umumiy xarajatlarining bir qismi sifatida namoyon bo’lishidir (14.11-jadval).
14.11-jadval
Samarkand "Bravosut" qo’shma korxonasida boshqarishning turli darajalarida
xarajat markazlari bo’yicha umumlashtirilgan hisobot, ming so’mda



Ko’rsatkichlar

Hisobot davri, III chorak

Jami yil boshidan

reja

haqiqiy

reja

haqiqiy

№ 1 brigada bo’yicha hisobot

Asosiy materiallar

8 600

-200

26 800

+240

Yordamchi materiallar

3 700

-60

8 000

-160

Bevosita mehnat haqi xarajatlari, ajratmalari bilan

42 800

+480

113 660

+1 680

Texnologik ehtiyojlar uchun energiya xarajatlari

1 960

+70

5 880

+500

Boshqa xarajatlar

680

+20

1 080

+80

1 brigada bo’yicha jami

57 740

+310

155 420

+2 340

Sut tsexi bo’yicha hisobot

№ 1 brigada

57 740

+310

155 420

+2 340

№ 2 brigada

35 440

+222

129 700

+1 780

№ 3 brigada

44 680

+20

137 000

+720

№ 4 brigada

39 700

-60

128 640

+360

Brigadalar bo’yicha jami

177 560

+492

550 760

+5 200

Umumishlab chiqarish xarajatlari

Tsex ustasining ish haqi, ajratmalari bilan

25 200

-

140 000

-

Tsex uskunalarini eskirishi

20 800

-

61 600

-

Umumishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflangan elektroenergiya

7 000

+520

20 900

+1 280

Kichik xizmat ko’rsatuvchi xodimlar xarajatlari

3 780

-134

16 700

-600

Umumishlab chiqarish xarajatlarining jami, brigadalar xarajatlari bilan

234 340

+878

789 960

+5 880

Kombinat bo’yicha hisobot

Sut tsexi

234 340

+878

789 960

+5 880

Pishloq pishirish tsexi

240 600

-780

861 200

-1 740

Sut-qatiq mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi

269 580

+1 160

974 640

+3 940

Yordamchi tsexlar

178 700

-380

605 358

+460

Tsexlar bo’yicha jami

923 220

+878

3 231 158

+8 540

Davr xarajatlari:
1. Korxona idorasi binolarining eskirishi

7 000

-

33 000

-

2. Boshqaruv xodimlari ish haqi, ajratmalari bilan

47 000

+2 460

97 520

+9 156

3. Asosiy vositalarni sug’urtalash xarajatlari

16 800

+300

42 600

+956

4. Boshqa ma’muriy xarajatlar

1 400

+150

8 000

+653

Davr xarajatlarining jami

72 200

+2 910

181 120

+10 765

Korxona bo’yicha jami

995 420

+3 788

3 412 278

+19305

Ushbu jadval ma’lumotlari korxona segmentlari xarajatlarini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi va ularni pasaytirish yo’nalishlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Segment xarajatlariga quyidagilar kiritilmaydi:
– qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar bo’yicha xarajatlar (ular segmentning asosiy faoliyati bo’lgan hol bundan mustasno);
– daromad (foyda) solig’i;
– favqulodda xarajatlar (fors-major majburiyatlari).
Korxonada ichki (segmentlar) hisobotlarni buxgalter boshqaruv hisobi ma’lumotlariga asoslanib tuzadi.


14.4. O’zbekiston Respublikasida boshqaruv hisobini tashkil
etishni rivojlantirish yo’nalishlari


Boshqaruv hisobining me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish istiqbollari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamiz korxonalarida boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uning me’yoriy-huquqiy bazasini rivojlantirishga bevosita bogliq.
Mamlakatimiz qonunchiligida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda boshharuv hisobini yuritishning ayrim jihatlarini belgidab beradigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud. Ularni quyidagi jadvalda ifodalash mumkin (14.12-jadval).
14.12-jadval
O’zbekiston Respublikasida boshqaruv hisobini yuritishga doir qabul
qilingan asosiy qonun va me’yoriy hujjatlar

T/r

Meyoriy x,ujjatviig nomi

Qabul qilingan vaqti

1

1. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida*gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan

2

“Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotih xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom

O’zbekiston Respublikasi Bazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (ilovalar va qo’shimchalar bilan)

3

O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-sonli milliy standarti

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan ro’yxatga olingan

4

O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» nomli 3-sonli milliy standarti

O’bekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 avgustda 484-son bilan ro’yxatga olingan

5

O’zbekistoi Respublikasi buxgalteriya hisobining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma» nomli 21-sonli milliy standarti

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan

14.12-jadvalda keltirilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda boshharuv hisobi elementlarini joriy etishga imkon beradi.


Jumladan, "Buxgalteriya hisobi" to’g’risidagi Qonunning 11-moddasiga ko’ra, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. Shuningdek, rahbar ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini ta’minlashi shart. Bu holat esa korxonada boshqaruv hisobini tashkil etish va uni yuritish tartibini belgilashga korxona rahbari javobgar ekanligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, "Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида”gi Nizomda ishlab chiqarish va davr xaryajatlarining tarkibi, tasniflanishi hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi ko’rsatib berilgan.
Unga muvofiq, barcha xarajatlar quyidagi tartibda guruhlanadi:
– mahsuloglarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
– ishlab chiharish tannarxiga kiritilmaydigan, lekin davr xarajaglari tarkibiga kiritiladigan xarajatlar;
– 9600 – "Moliyaniy faoliyat bo’hicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar"ida hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar;
– 9720 – "Favquloddagi zararlar" hisobvaraqida hisobga olinadigan favquloddagi zararlar.
Bu esa o’z navbatida korxonalarda boshqaruv hisobining muhim elementi hisoblangan xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini oqilona tashkil etishga ko’maklashadi.
Shu o’rinda, respublikamiz korxonalarida mahsulot tannarxini hisoblashni rivojlangan mamlakatlar boshqaruv hisobida keng qo’llanilayotgan "Direkt-kosting" hisob tizimiga yaqinlashtirishda ushbu Nizom va O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot" nomli 3-sonli milliy standarti muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, boshqaruv hisobi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqish, mazkur hisobvaraqlarniig o’zaro bog’liqlugini ifodalash korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning asosiy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining "Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma" nomli 21-sonli milliy standarti amal qilmoqda. Ushbu hisobvaraqlar rejasi 9 ta bo’lim, 249 ta balans va 16 ta balansdan tashari hisobvaraqlardan iborat. Ularda moliyaviy va boshqaruv hisobida sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalarini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishning umumiy tartibi bayon etilgai.
Korxonalarda boshqaruv hisobining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillattirishda ular tomonidan ishlab chiqiladigan ichki boshqaruv (segmentlar) hisobotlari alohida o’rin tutadi. Bu hisobot shakllari materiallar va butlovchi qismlar zahiralari to'g’risida, tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to’g’risida, xarid qilingan qiymatliklar to’g’risida, tayyor mahsulot zahiralari to’g’risida, sotishlar g’to’risida, pul mablag’lari harakati to’g’risida, debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida hisobot kabilardan iborat bo’ladi. Mazkur boshqaruv hisoboti shakllari korxona rahbariyatini javobgarlik markazlari (bo’linmalari)da moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari harakati to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin