Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Ssuda - mulkdan bepul foydalanish shartnomasi. Foiz to’lovi bilan kreditga beriladigan pul mablag’i. "Standart-kost" hisob tizimi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə506/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   524
Guliston davlat

Ssuda - mulkdan bepul foydalanish shartnomasi. Foiz to’lovi bilan kreditga beriladigan pul mablag’i.
"Standart-kost" hisob tizimi – xarajatlar hisobi va tannarxni kalkulyatsiya qilish tizimi bo’lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi avvaldan puxta, obdon hisoblab chiqilgan normativ xarajatlar yordamida baholanadi, keyin esa haqiqiy qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi.
Stend-bay (zaruriyati bo’yicha) - kredit shartnomasi sharti, unga ko’ra bank belgilangan muddatga kelishilgan summani jamg’aradi, mijoz esa, kredit ehtiyojidan kelib chiqib, undan to’liq yoki qisman foydalanadi.
Stend-bay” tizimi - “stend-bay” tizimining tarkibiy qismi bo’lib, 1952 yildan beri beriladigan Xalqaro valyuta fondi (XVF) kreditlari hisoblanadi. Ushbu kreditlar “Stend-bay” kelishuvi asosida 12 oy muddatgacha (alohida hollarda 3 yilgacha) XVF a’zolari bo’lgan davlatlarga ayni bir kelishilgan maqsadlar uchun beriladi. “Stend-bay” kelishuvi bo’yicha XVF a’zolari-davlatlar xohlagan vaqtlarida XVF dan xorijiy valyutani oldindan kelishilgan summada va muddatda milliy valyutani almashtirish yo’li bilan avtomatik olish huquqiga ega bo’ladi. Tizim “barqarorlik dasturi”ning qismlari (bosqichlari) bo’yicha kreditlashga moslashgan bo’lib, qarzdor-davlatga iqtisodiy bosqichning qo’shimcha quroli sifatida qo’llaniladi. Kreditning har kelgusi qismi, dasturning tegishli bosqichini bajarish sharti bilangina beriladi. Kelishuv muddati tugagach, foydalanilmagan summalar qaytariladi.
Stagnatsiya - iqtisodiyot holati. Stagnatsiya holati ishlab chiqarishning to’xtashi yoki pasayishi, ishsizlikning ko’payishi va bahoning to’xtovsiz o’sishi (inflyatsiya) bilan bog’liq bo’ladi.
Statik byudjet – daromadlar va xarajatlarni sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtirish.
Strategik (uzoq muddatli) rejalashtirish – korxonada 5-10 yil muddatga mo’ljallangan istiqbolli rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish.
Suverenitent - davlatning boshqa davlatlardan ichki ishlari va tashqi munosabatlari nuqtai nazaridan mustaqilligi. Milliy suverenitet - millat (xalq) huquqlarining summasi - ijtimoiy va siyosiy tizimni tanlashda erkinlik, hududiy butlik, iqtisodiy mustaqillik va hokazo.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin