Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə62/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   524
Guliston davlat

Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar. Inkasso topshiriqnomasi - mablag’larni oluvchining inkasso topshiriqnomasida ko’rsatilgan summani mablag’larni to’lovchining hisobvarag’idan so’zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo’yicha topshirig’i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjatidir. Inkasso topshiriqnomasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga taqdim etilishi mumkin.
Quyidagilar inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega:
a) davlat soliq xizmati organlari:
- davlat byudjetiga to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish uchun;
- O’zR Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlarni undirish uchun;
- fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg’arib boriladigan badallar bo’yicha to’lovlarni undirish uchun;
- savdo tashkilotlarini istisno qilganda, mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan hisoblangan yagona soliq to’lovi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan tegishli foizini o’zaro qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi shartnomalar asosida O’zbekiston Yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg’armasiga undirish uchun;
- debitorlarning bank hisobvaraqlariga o’zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini ilova qilgan holda soliq to’lovchining soliq qarzi summasini undirish uchun;
b) bojxona organlari - o’z muddatida to’lanmagan bojxona to’lovlari va jarimalarni undirish to’g’risida;
c) davlat ijrochilari va undiruvchilar - ijro hujjatlari bo’yicha pul mablag’larini undirish to’g’risida;
d) O’zR Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari etkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste’molchilar - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariga;
e) O’zR Moliya vazirligi:
- respublika byudjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangan miqdordan ortiq o’tkazilgan mablag’larni qaytarish uchun byudjet tashkilotlarining byudjet hisobvaraqlariga;
- tijorat banklariga shartnoma asosida depozitga qo’yilgan O’zRning respublika byudjeti mablag’lari va ular bo’yicha hisoblangan foizlari o’z vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ularning istalgan hisobvaraqlariga;
- O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan xorijiy kreditlarni qaytarish va foizlar to’lash bilan bog’liq majburiyatlar bo’yicha qarzdorlarning milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi O’zR Qonunining 7-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ijro hujjatlari hisoblanadi.
Mablag’larni ijro hujjatlari asosida undirish bo’yicha inkasso topshiriqnomalari ijro hujjatining asl nusxasi taqdim qilingan taqdirda, bank tomonidan qabul qilinadi. Ijro hujjatining asl nusxasi yo’qolgan taqdirda, uning dublikati undiruv uchun asos bo’ladi. Mablag’larni ijro hujjatlarining nusxalari asosida hisobdan chiqarish ta’qiqlanadi.
Davlat ijrochilari tomonidan qo’yiladigan inkasso topshiriqnomalari davlat ijrochisining qaroriga ilova qilingan holda taqdim qilinadi. Davlat ijrochilari energiya resurslari bo’yicha qarzdorlikni undirishda inkasso topshiriqnomalarini bevosita mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka davlat ijrochisining qarorini ilova qilmagan holda taqdim etishi mumkin. Mablag’larni ijro hujjatlari asosida undirish bo’yicha inkasso topshiriqnomalari “To’lov maqsadi” grafasida ijro hujjatining tartib raqami va sanasi, shuningdek davlat boji xarajatlari va qarz summalari alohida ajratib ko’rsatilishi kerak.
Inkasso topshiriqnomalarining to’g’ri taqdim etilishi bo’yicha javobgarlik inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organlar zimmasiga yuklatiladi. Inkasso topshiriqnomalari bo’yicha to’lovlarni mablag’larni to’lovchilarning hisobvaraqlaridan so’zsiz ravishda hisobdan chiqarishga oid e’tirozlar bank tomonidan ko’rib chiqilmaydi.
Inkasso topshiriqnomalari bo’yicha mablag’larni undirib olishni to’xtatib qo’yish yoki chaqirib olish inkasso topshiriqnomasini taqdim etgan organ tomonidan yoki undiruvchining arizasiga ko’ra yoxud sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Inkasso topshiriqnomasi sud qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
Inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki jo’natishda u bankning bosh hisobchisi va mijozning hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgalterning imzosi va bankning muhri bilan tasdiqlanadi hamda quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan holda ustxat yoziladi:
- inkasso topshiriqnomasining bankka kelib tushgan sanasi;
- inkasso topshiriqnomasi bo’yicha mablag’ qisman to’langan bo’lsa, undirib olingan summaning miqdori;
- inkasso topshiriqnomasini topshirish yoki jo’natish sanasi.
Inkasso topshiriqnomalari:
- bir hudud ichidagi hisob-kitoblarda - mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka yoki mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim qilinadi;
- hududlararo hisob-kitoblarda - faqat mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim qilinadi.
Mazkur “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi NIZOM”ning 59-bandida nazarda tutilgan inkasso topshiriqnomalarini taqdim etish huquqiga ega bo’lgan sub’ektlar inkasso topshiriqnomalarini elektron shaklda mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etishi yoki chaqirib olishi mumkin. Inkasso topshiriqnomasi bitta operatsiya bo’yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, dastlabki inkasso topshiriqnomasi mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka kelib tushmagan hollar bundan mustasno.
Inkasso topshiriqnomasi bankka quyidagi tartibda taqdim qilinadi:
a) mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko’rsatilganda - inkasso topshiriqnomalari to’rt nusxada taqdim qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
- birinchi, ikkinchi va uchinchi nusxalari - ijro uchun bankda qoldiriladi;
- to’rtinchi nusxasi - qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda mijozning hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag’larni oluvchiga qaytarib beriladi;
b) bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusxada bevosita mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim qilinishi mumkin. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
- birinchi va ikkinchi nusxalari - ijro hujjatlari ilova qilingan holda ijro uchun bankda qoldiriladi;
- uchinchi nusxasi - qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda mijozning hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag’larni oluvchiga qaytarib beriladi;
c) hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda inkasso topshiriqnomalari uch nusxada faqatgina mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim qilinadi. Bunda inkasso topshiriqnomasining:
- birinchi va ikkinchi nusxalari - qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda mijozning hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka yuboriladi;
- uchinchi nusxasi - qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda mijozning hisobvarag’iga xizmat ko’rsatuvchi buxgalter tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlanib, mablag’larni oluvchiga qaytarib beriladi.
Mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan inkasso topshiriqnomasini bajarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) mablag’larni to’lovchi va mablag’larni oluvchiga bitta bank tomonidan xizmat ko’rsatilgan taqdirda, to’lov amalga oshirilgandan so’ng, inkasso topshiriqnomasining:
- birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi nusxasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birga mablag’larni to’lovchiga beriladi;
- uchinchi nusxasi - shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birga mablag’larni oluvchiga beriladi;
b) bir hudud ichida hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to’lov amalga oshirilgandan so’ng, inkasso topshiriqnomasining:
- birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi nusxasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birga mablag’larni to’lovchiga beriladi;
c) hududlararo hisob-kitoblar amalga oshirilganda, to’lov amalga oshirilgandan so’ng, inkasso topshiriqnomasining:
- birinchi nusxasi - bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
- ikkinchi nusxasi - ijro hujjatlari ilova qilingan holda shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birga mablag’larni to’lovchiga beriladi.
Bir hudud ichidagi va hududlararo hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka elektron to’lovlar tizimi orqali kelib tushgan inkasso topshiriqnomalari ro’yxat ko’rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi. Elektron inkasso topshiriqnomasi nusxasi bank tomonidan mablag’larni oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilingan holda mablag’larni oluvchiga taqdim qilinadi.
Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida mablag’ bo’lmagan taqdirda, inkasso topshiriqnomasi “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi va bu haqda mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka uch ish kuni ichida xabar beriladi hamda mablag’larning kelib tushishiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lanadi.
Mablag’larni to’lovchining hisobvarag’ida etarli mablag’ bo’lmagan taqdirda, bank tomonidan hisobvaraq qoldig’i doirasida inkasso topshiriqnomasi bo’yicha to’lov amalga oshiriladi. Qolgan summa “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi hamda inkasso topshiriqnomasining orqa tomonida qisman to’langan summa va sana ko’rsatilib, imzo qo’yiladi.
Bunda mablag’larni oluvchiga xizmat ko’rsatuvchi bank uch ish kuni ichida mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” (2-kartoteka) 90963 balans hisobvarag’iga kirim qilingan summa to’g’risida yozma ravishda xabardor qilinadi.
Mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank inkasso topshiriqnomasining o’z aybi bilan bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin