Dargumon qarzlar uchun rezerv hisoblashni soliq jihatlari. 313-modda maqsadlarida, sudning qaroriga ko’ra, bankrotlik, tugatish, qarzdor vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki da’vo muddati o’tganligi oqibatida to’lanishi mumkin bo’lmagan qarz umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Soliq to’lovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bog’liq bo’lgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.
Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq to’lovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yo’l qo’yiladi.
2019 yil noyabr oyida “A” tashkilot (mol etkazib beruvchi - MEB) “B” tashkilotga ta’minot shartnomasiga muvofiq (xaridor) 42 258 000 so’m miqdorida mahsulot (alohida QQS summasi 6 338 700 so’m) etkazib berdi. Hisoblangan 6 338 700 so’m summasidagi QQS byudjetga to’landi. Tashkilot hisob siyosatida hisoblash usulidan foydalanadi.
Jo’natilgan mahsulotlar tannarxi 21 150 000 so’mni tashkil etdi.
Xaridor tomonidan shartnoma ko’rsatilan muddatda to’lov bo’lmadi, shuning uchun “A” tashkiloti “C” tashkilot (debitorlik qarz xaridori) bilan debitorlik qarzini sotish uchun da’vo huquqini o’tkazish shartnomasini tuzdi. Shartnoma qiymati 45 075 000 so’m va alohida QQS summasi 6 761 250 so’m. “C” tashkiloti shartnomaga muvofiq, shartnomada ko’rsatilgan summani ertangi kun “A” tashkilotning hisob raqamiga 51 836 250 so’m (QQS bilan) o’tkazib berdi.
Ushbu xo’jalik operatsiyalarini hisobvaraqlarda aks ettiring?