Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi sirdaryo viloyati geografiyasi



Yüklə 388,24 Kb.
səhifə4/18
tarix29.03.2023
ölçüsü388,24 Kb.
#90907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Sirdaryo viloyati

2-MAVZU: VILOYAT ICHKI SUVLARI
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar

  1. Daryolari

  1. Ko’llari



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari.

Tadqiq etilayotgan viloyat hududi qishloq xo’jigini rivojlantrish maqsadida o’zlashtrilgan bo’lib, deyarli bir asrdan buyon sug’orma dexqonchilik bilan shug’ullanib kelinadi. Shu maqsadda Sirdaryo daryosidan ikkita yirik kanal tashkil etilgan. Viloyat grunt suvlarga boy. Lekin ularning chuqurligi hamma yerda bir xil emas: Mirzacho’lda grunt suvi yer betiga yaqin bo’lib, 2—10 m dan, Yer betiga yaqin bo’lgan grunt suvlari sho’r bo’lib, ichishga yaramaydi. Olimlarning fikriga qaraganda, Mirzacho’lda 200—300 m chuqurlikda chuchuk suvli qatlam joylashgan bo’lib, Chirchiq Ohangaron rayonidagi allyuvial shag‘al jinslari orasida uchraydigan grunt suvining davomidir. Keyingi paytlarda botig‘ida paleozoy yotqiziqlari orasida 1500—3000 m chuqurlikda juda katta mineral termik suv qavati borligi aniqlandi. Bu termik suv maydoni 2000—95000 km2 bo’lib, uning chegarasi taxminan okrug chegarasiga to’g‘ri keladi. Bunday holat viloyatda ichimlik suvi muammosini keltirib chiqargan. Ichimlik suvi ma’lumki turli xil kasalliklarga keltirib chiqaradi. Viloyat aholisining ……. ichimlik suvi bilan yaxshi ta’minlanmagan.


Lekin grunt suvi yaqin bo’lgan Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron daryolarining quyi qayirlarida chirindisi kam allyuvial o’tloq tuproq tarqalgan. Toshkent Mirzacho’l Ohangaron vohalarida esa tarkibida 1—2% chirindisi bor madaniy bo’z tuproq uchraydi. Lyos jinslar tarqalgan (300—500 m gacha bo’lgan) yerlarda och bo’z tuproq hosil bo’lgan. Och bo’z tuproq tarkibida chirindi kam (1—1,5%). Mirzacho’lda och bo’z tuproqlar orasida grunt suvi yer betiga yaqin va relefi uncha qiya bo’lmagan qismlarida sho’rtob, sho’rxok tuproqlar ham tez-tez uchrab turadi.
Relefi past, grunt suvi serob bo’lgan yerlarda Sirdaryo irmoqlarining qayirlarida hamda eski birinchi qayirlarda to’qaylar ko’p uchraydi. Bunday yerlarda turang‘il, terak, jiyda, tol, yulg‘un, qamish, yantoq va boshqa o’simliklar o’sadi. Sug‘orib dehqonchilik qiladigan vohalarida tabiiy o’simliklar kishilarning xo’jalik faoliyati natijasida ancha siyraklashib qolgan. Shunday bo’lsada, haydalmay qolgan yerlarda tabiiy o’simliklarni uchratish mumkin. Ularning ko’pchiligi dorivorlik xususiyatiga ega bo’lib, tabobatda keng qo’llanilmoqda. Undan tashqari sho’rxok yerlarda o’simliklardan keyrovuk, tatir, tereskan, burgan, sho’rajriq, sarisazon, shoxilak, yulg‘un va boshqalar o’sadi. Tabiiy sharoitning o’zgarishiga qarab turli joyda turlicha hayvonlar: to’qayzorlarda (Sirdaryo) to’qay mushugi, yovvoyi cho’chqa, chiyabo’ri, o’rdak, g‘oz, qirg‘ovul, quyon, suv kalamushi, sichqon, loyxo’rak, baqa, suvilonlar yashaydi, qolgan yerlarida esa tulki, bo’ri, bo’rsiq, ko’rsichqon, kaltakesak, ilon, so’fito’rg‘ay, tuvaloq, chumchuq, qo’shoyoq, yumronqoziq, qumsichqon, jayron, toshbaqa, chayon, falanga va boshqa hayvonlar bor.
Mazkur mintaqa respublikamiz boshqa viloyatlariga nisbatan, foydali qazilmalarga ham boy emas. Faqatgina qurilish materiallarida ishlatiladigan g’isht ishlab chiqarish uchun xom ashyoni hisobga olmaganda deyarli boshqa boyliklari yo’q. Hududi asosan tekisliklardan iborat bo’ganligi sababli, qo’shni Jizzax viloyatidan farq qilgan holda u sug’orma dehqonchilik qilishga yaxshi sharoit yaratadi. Biroq viloyat umumiy yer fondi nafaqat iqtisodiy rayonda, balki Respublikada ham nisbatan kichik hisoblanadi.
Viloyatda vegetatsiya davri uzun bo’lib, u 210-228 kunga yetadi. Iqlimining issiqligi, vegetatsiyaning uzoqligi issiqsevar ekinlar yetishtirish uchun qulay. Asosiy suv resurslariga Sirdaryo kiradi va u hudud yerlarini sug’orishga xizmat qiladi.
O’rganilayotgan hudud relefi toliqligicha tekislikdan iborat bo’lsada, daryo bo’ylari o’ziga xos landshaftga ega. Dam oluvchilarni o’ziga jalb qiladigan mikroiqlim xususiyatlari, baliq ovlash, cho’milish joylari kishilarning maroqli dam olishishini ta’minlab beradi. Aytish joizki: Hudud aholisi kunlar isishi bilan qo’shni viloyatlarga dam olish maskanlariga sayohatga chiqishadi. Bundan ko’rinib turibdiki aholining uzoq yo’l va xarajat talab qilmaydigan rekratsion obektlarga talabi katta, Vaholanki, aholining qisqa vaqt davomida maroqli dam olishlarini tashkil qilish uchun mintaqada yetarli tabiiy sharoit mavjud. Masalan, Guliston shaxriga yaqin bo’lgan Guliston va Boyovut tumanlari hududidan oquvchi Sirdaryo daryosi o’rni beqiyosdir. Vaholanki darryo bo’ylari va qayirlarida bir qancha kichik ko’llar mavjud bo’lib, mazkur ko’llar va daryo bo’ylarida xushmanzara tabiiy landshaftlarda baliq tutish, dam olish va ekoturizm uchun qulay sharoitlar talaygina. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda turistik xizmatni yo’lga qoyish ham samara beradi.
Guliston hamda Yangiyer shaharlarini markaziy qismidan kanallar kesib o’tgan bo’lib, kanallarda sayoz qismlarida suniy suv havzalarini tashkil qilib sog’lomlashtrish markazlari tashkil qilish imkoniyati mavjud, undan tashqati suv sport turlaridan (eshkak eshish) kabi, qayiqda sayr qilish baliq tutish kabi dam olish va ovqatlanish markazlarini rivojlantish uchun ham qulay sharoitlar borligini ko’rishimiz mumkin
Turizm yaxshi rivojlangan g’arb mamlakatlarida maxalliy va chet ellik sayyohlar uchun turistik firmalar tomonidan turli xil mashrutlar asosida ekskursiyalar ko’proq daryo va ko’llarga uyushtriladi. Bunda daryo va ko’llarning tabiiy muvozanatini saqlab qolishga ham katta e’tibor qaratiladi. Respublikamizda bir qancha daryo, ko’l va suv omborlari mavjud bo’lib, ularning turistik salohiyati hozirda unchalik rivojlanmagan. Shu bilan birga Sirdaro viloyatida ham, chunki hudud ekotusistik salohiyati gidrologik obektlar bilan bog’liq. Vaholanki, bunday gidrologik obektlardan samarali foydalanish uchun geografik, kartografik, demografik tadqiqotlar olib borish, sayyohlik bilan shug’ullanadigan firmalar va kompaniyalarni qiziqishini oshirish lozim. Aytib o’tish joizki viloyatda mazkur soha respublikamiz boshqa mintaqalaridga nisbatan ancha sust rivojlangan, avvalombot ushbu xizmat turini rivojlantrishni taqazo etadi.
Viloyat hududida bitta muhofaza etiladigan hudud mavjud. U ham bo’lsa, Sirdaryo bo’yidagi to’qayzorlarda 1995-yili tashkil etilgan va noyob yovvoyi qushlarni ko’paytirishga ixtisoslashgan "Sayxun” xo’jaligidir. Xo’jalik faoliyati yovvoyi o’rdak va g‘ozlarni ko’paytirishdan tashqari 382 gektar maydondagi to’qayzorlarni ham asl holatda saqlab qolishga yo’naltirilgandir. Bu yerda O’zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 xildan ortiq daraxt va buta, o’simliklar o’sadi, dasht qora iloni, to’ng‘iz, shoqol, Sirdaryo qirg‘ovuli, umuman 20 xildan ziyod yovvoyi parranda qo’nim topgan.
Ushbu Sirdaryo to’qaylari o’ziga xos bo’lgan xushmanzara tabiiy landshaft xosil qilgan. To’qay atrofida kishilarning xordiq chiqarib dam olishlari va qonuniy ravishda to’qay atrofida ov qilish uchun sharoitlar yaratilgan, bu omil ham o’ziga xos turistik imkoniyatdir
Sirdaryo tumanining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida bahordagi toshqinlar davrida Sirdaryoning suvi toshib suvda suzuvchi qushlar uchun to’xtab o’tuvchi ajoyib maskanlarni hosil qiladi. Ana shu davrda bu yerga o’n minglab suvda suzuvchi qushlar hordiq chiqarish uchun qo’nadilar. Ular orasida O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob qushlardan – qoshiqburun, vishildoq oqqush, pushti saqoqush, jingalak saqoqush, olaqanot, marmar churrak bor.
Sirdaryo viloyatida faqat ushbu hudud uchun xos bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Maligin baliqqo’zi, qora sirttan kabi noyob o’simliklar o’sadi.
Viloyat hududida oq sazan, Turkiston mo’ylabdori, ko’ndalang yo’lli bo’ritish, olaqanot, ilonburgut, dasht burguti, burgut kabi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan jonzotlar yashaydi. Ulardan Bogdanov yirtqichi faqat ushbu hudud uchun xos hisoblanadi.
Viloyat hududi qurilish ashyolarining kattagina zaxirasiga ega. Viloyatning Sirdaryo bo’yidagi to’qayzorlari ekoturizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir.
Viloyat aholisinning savdo sotiqda tirishqoqligini hamda transport geografik o’rnining qulayligini xisobga olgan holda, Viloyatning yirik transport tugunlarida, ushbu yo’l mamlakatimining bir qator mintaqalarini bog’lovchi vazifasi barashini inobatga olgan holda, respublika ahamiyatiga ega bo’lgan yirik bozorlarni qurish maqsadga muofiqdir.
Qadimdan O’zbekiston zaminining so’lim tabiati, ko’hna shaharlardagi osori-atiqalar, dunyo tamadduniga katta hissa qo’shgan allomalarni voyaga yetkazgan maskanlar jahon ahlini, sayyohlarni o’ziga chorlab kelgan. Har bir mamlakat o’zining hududida hududiy rekreatsion tizimlarning barcha tiplarini rivojlantirishni xohlaydi, ammo barchasida ham bunday imkoniyatlar mavjud emas. Sayohatchilar uchun barcha joyni, Arktika yoki Antarktida hatto Oyni ham kelajakda qiziqarli rekreatsiya ob’ektiga aylantirish mumkin. Bu uchun faqat xohish va istak kamlik qiladi, unga yetarli moddiy va moliyaviy asos bo’lishi kerak. Ekologik vaziyat va infratuzilma holati ham muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 388,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin