Аsosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari.....41
Kirish Sirdaryo viloyati geografiyasida-respublikaning qulay iqtisodiy geografik o’rni to’liq bayon etilgan. Respublika Xalq xo’jaligining rivojlanish darajasi va asosiy ixtisodiy rivojlanish bosqichlari tarixiy-geografik voqeylik asosida yoritilgan. Kurs mazmunining asosiy qismini respublikaning sanoat, agrosanoat va transport majmualari bayoni egallaydi. Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va ularning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rnini belgilashga alohida e’tibor berilgan.
5110500-Geografiya va IBA ta’lim yo’nalishi bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida "Sirdaryo viloyati geografiyasi" fani tanlov fan sifatida o’qitiladi. U mazkur yo’nalish bo’yicha ixtisoslashgan talabalar uchun asosiy profil kurs hisoblanadi. Sirdaryo viloyati geografiyasining geografiya tizimidagi fanlardan farqli jihati shundaki, u talabalarga Vatan geografiyasini o’rgatadi. Ushbu o’quv kursi talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan, Vatanni sevishga, undan faxrlanishga, uni borlig’ini e’zozlashga undaydigan fandir. Shu bois bo’lsa kerak, geografiya O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov nazariga tushgan fanlardan biri. Prezidentimizning Respublika Oliy Majlisi minbaridan turib, “Vatan tarixi va madaniyatini, jo’g’rofiyasi va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o’rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog’chalardan tortib oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta’lim tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o’qitishga siyosiy vazifa sifatida qaralmog’i lozim” deb ta’kidlaganlari geografiya faniga berilgan ijobiy bahodir. Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan harakatlar strategiyasida ham aynan davlatimizning iqtisodiy geografik asoslarini yoritish dolzarb hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ya’ni tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning keskinlashganligi tabiat va uning resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Manzilimiz: 707012. Guliston shahri, IV mavze, Universitet,