3-MAVZUl: VILOYAT TUPROQ O’SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar Tuproqlari va o’simliklari
Hayvonot dunyosi
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari.
Lekin grunt suvi yaqin bo’lgan Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron daryolarining quyi qayirlarida chirindisi kam allyuvial o’tloq tuproq tarqalgan. Toshkent Mirzacho’l Ohangaron vohalarida esa tarkibida 1—2% chirindisi bor madaniy bo’z tuproq uchraydi. Lyos jinslar tarqalgan (300—500 m gacha bo’lgan) yerlarda och bo’z tuproq hosil bo’lgan. Och bo’z tuproq tarkibida chirindi kam (1—1,5%). Mirzacho’lda och bo’z tuproqlar orasida grunt suvi yer betiga yaqin va relefi uncha qiya bo’lmagan qismlarida sho’rtob, sho’rxok tuproqlar ham tez-tez uchrab turadi.
Relefi past, grunt suvi serob bo’lgan yerlarda Sirdaryo irmoqlarining qayirlarida hamda eski birinchi qayirlarda to’qaylar ko’p uchraydi. Bunday yerlarda turang‘il, terak, jiyda, tol, yulg‘un, qamish, yantoq va boshqa o’simliklar o’sadi. Sug‘orib dehqonchilik qiladigan vohalarida tabiiy o’simliklar kishilarning xo’jalik faoliyati natijasida ancha siyraklashib qolgan. Shunday bo’lsada, haydalmay qolgan yerlarda tabiiy o’simliklarni uchratish mumkin. Ularning ko’pchiligi dorivorlik xususiyatiga ega bo’lib, tabobatda keng qo’llanilmoqda. Undan tashqari sho’rxok yerlarda o’simliklardan keyrovuk, tatir, tereskan, burgan, sho’rajriq, sarisazon, shoxilak, yulg‘un va boshqalar o’sadi. Tabiiy sharoitning o’zgarishiga qarab turli joyda turlicha hayvonlar: to’qayzorlarda (Sirdaryo) to’qay mushugi, yovvoyi cho’chqa, chiyabo’ri, o’rdak, g‘oz, qirg‘ovul, quyon, suv kalamushi, sichqon, loyxo’rak, baqa, suvilonlar yashaydi, qolgan yerlarida esa tulki, bo’ri, bo’rsiq, ko’rsichqon, kaltakesak, ilon, so’fito’rg‘ay, tuvaloq, chumchuq, qo’shoyoq, yumronqoziq, qumsichqon, jayron, toshbaqa, chayon, falanga va boshqa hayvonlar bor
Viloyat hududida bitta muhofaza etiladigan hudud mavjud. U ham bo’lsa, Sirdaryo bo’yidagi to’qayzorlarda 1995-yili tashkil etilgan va noyob yovvoyi qushlarni ko’paytirishga ixtisoslashgan "Sayxun” xo’jaligidir. Xo’jalik faoliyati yovvoyi o’rdak va g‘ozlarni ko’paytirishdan tashqari 382 gektar maydondagi to’qayzorlarni ham asl holatda saqlab qolishga yo’naltirilgandir. Bu yerda O’zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi”ga kiritilgan 30 xildan ortiq daraxt va buta, o’simliklar o’sadi, dasht qora iloni, to’ng‘iz, shoqol, Sirdaryo qirg‘ovuli, umuman 20 xildan ziyod yovvoyi parranda qo’nim topgan.
Ushbu Sirdaryo to’qaylari o’ziga xos bo’lgan xushmanzara tabiiy landshaft xosil qilgan. To’qay atrofida kishilarning xordiq chiqarib dam olishlari va qonuniy ravishda to’qay atrofida ov qilish uchun sharoitlar yaratilgan, bu omil ham o’ziga xos turistik imkoniyatdir
Sirdaryo tumanining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida bahordagi toshqinlar davrida Sirdaryoning suvi toshib suvda suzuvchi qushlar uchun to’xtab o’tuvchi ajoyib maskanlarni hosil qiladi. Ana shu davrda bu erga o’n minglab suvda suzuvchi qushlar hordiq chiqarish uchun qo’nadilar. Ular orasida O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan noyob qushlardan – qoshiqburun, vishildoq oqqush, pushti saqoqush, jingalak saqoqush, olaqanot, marmar churrak bor.
Sirdaryo viloyatida faqat ushbu hudud uchun xos bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Maligin baliqqo’zi, qora sirttan kabi noyob o’simliklar o’sadi.
Viloyat hududida oq sazan, Turkiston mo’ylabdori, ko’ndalang yo’lli bo’ritish, olaqanot, ilonburgut, dasht burguti, burgut kabi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan jonzotlar yashaydi. Ulardan Bogdanov yirtqichi faqat ushbu hudud uchun xos hisoblanadi.
Viloyat hududi qurilish ashyolarining kattagina zaxirasiga ega. Viloyatning Sirdaryo bo’yidagi to’qayzorlari ekoturizmni rivojlantirish uchun juda qulaydir.