Guliston davlat universiteti ekologiya va geografiya kafedrasi sirdaryo viloyati geografiyasi


Sirdaryo viloyatining makroiqtisodiy ko’rsatgichlari



Yüklə 388,24 Kb.
səhifə8/18
tarix29.03.2023
ölçüsü388,24 Kb.
#90907
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Sirdaryo viloyati

Sirdaryo viloyatining makroiqtisodiy ko’rsatgichlari .

Makroiqtisodiy ko’rsatgichlar

O’lchov birligi

2010

2018

2019

Yalpi hududiy mahsulot

mlrd.so`m

1 688,1

8 594,2

11 949,2

o’sish sur'ati, % da

108,3

103,4

109,5

Sanoat mahsuloti

mlrd.so`m

926,8

5 163,1

7 293,0

o’sish sur'ati, % da

108,2

104,2

103,2

Iste'mol tovarlari

mlrd.so`m

252,9

1 895,2

2 840,3

o’sish sur'ati, % da

107,7

104,4

101,8

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

mlrd.so`m

1 233,5

6 183,7

7 984,8

o’sish sur'ati, % da

105,1

97,5

107,9

Asosiy kapitalga investitsiyala

mlrd.so`m

406,2

2 699,3

5 869,1

o’sish sur'ati, % da

153,9

131,0

186,0

Qurilish ishlari

mlrd.so`m

134,9

1 001,1

1 926,2

o’sish sur'ati, % da

154,7

149,0

158,2

Chakana savdo tovar aylanmasi

mlrd.so`m

411,1

2 295,5

2 872,6

o’sish sur'ati, % da

121,2

104,5

110,4

Xizmatlar, jami

mlrd.so`m

347,1

2 031,4

2 726,8

o’sish sur'ati, % da

122,2

112,1

121,5

Tashqi savdo aylanmasi

mln. AQSh. Dollor

250,3

291,4

570,8

o’sish sur'ati, % da

222,7

100,8

195,9

Eksport

mln. AQSh. Dollor

149,1

119,1

131,8

o’sish sur'ati, % da

223,2

82,4

110,7

Import

mln. AQSh. Dollor

101,2

172,3

439,0

o’sish sur'ati, % da

221,9

119,2

254,8

Viloyatning transport geografik o’rni qulay; uning hududidan qator xalqaro va respublika ahamiyatidagi temir va avtomobil yo’llari o’tadi. Guliston, Xovos muhim transport markazlari hisoblanadi. Umuman olganda, Toshkent-Xovos (Yangier) - Bekobod Sirdaryo hamda poytaxt viloyatlarining muhim transport “uchburchagi” sifatida katta ahamiyatga ega. Guliston shahrini chetlab o’tuvchi, Zarafshon mintaqasi, Janubiy O’zbekiston va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi magistral avtomobil yo’li ham viloyatning transport geografik o’rnini, uning tranzitligi va markaziyligini yanada kuchaytiradi. Tashilayotgan yuklarning deyarli barchasi avtomabil transporti zimmasiga to’g’ri keladi. Yuk tashish va yuk aylanmasi bo’yicha Guliston shaxri va shuningdek Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlari ajralib turadi. Yuk va yo’lovchi tashishda xususiy avtomabil egalari xissasi 73-74 %.
Umuman olganda viloyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi yetarli emas. Shu jihatdan bu yerda qator o’z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Eng avvalo, mintaqa iqtisodiyotini mukammal xududiy ishlab tashkil etish hamda ijtimoiy infaratuzlmani kuchli sanoat markazlari va tugunlari, o’sish qutblarini rivojlantirish talab etiladi. Ijtimoiy soxalar masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport kabi aholiga xizmat ko’rsatish sohalari rivojlanishida xam hozircha xal etilmagan muammolar bor.


6-MAVZU: VILOYAT IJTIMOIY SOHALAR RIVOJLANISHI
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar

  1. Viloyat sanoati

  2. Transporti va qishloq xo’jaligi


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari.

Ma’lumki ijtimoiy infratuzilma kishilar faoliyatining umumiy shart sharoitini ta’minlab beradigan majmuadan iborat. Aholiga ko’rsatilayotgan xizmat turlari ichida xususan, sog’liqni saqlash, umumiy ta’lim, savdo, komunnal- maishiy xizmat kabi ijtimoiy infrastruktura elementlarini alohida takidlash o’rinli.


Hozirgi vaqtda xizmat ko’rsatish sohasi jahon iqtisodiyotida tobora mustahkam o’rin egallab, ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ko’pgina davlatlar o’z iqtisodiyotini aynan shu sohani rivojlantirishga yo’naltirmoqdalar, chunki bugungi kunda bu sohaga talab ancha yuqori. Ko’pgina mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasidan olinadigan foyda yalpi ichki mahsulotning o’sishiga olib keladi, bu esa har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi
Ilmiy manbalarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot har qanday ishlab chiqarish tarmoqlari rivojiga katta ta’sirga ega bo’lgan omil sifatida tadqiq qilinadi. Uning xizmat ko’rsatish tarmoqlari hududiy joylashuvi va rivojlanishida ham ahamiyati katta. Xududning iqtisodiy o’zlashtrilganlik darajasi ham xizmat ko’rsatish tarmoqlari joylashuvi uchun ta’sirga ega. Qadimdan o’zlashtrilgan xududlarda katta miqdorda aholining to’planishi ishlab chiqarishning barcha ko’rinishlari mavjud bo’lishi natijasida ko’plab ijtimoiy madaniy harakterga ega nomoddiy soxa tarmoqlari rivojlanadi. Ayniqsa tarixi uzoq taraqqiyot davrlariga borib taqaladigan aholi manzilgoxlari-shaxarlarda uning ko’plab ko’rinishlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga iqtisodiy o’zlashtrish holatiga ko’ra turli davlatlarda yuzaga kelgan hududiy tafovut natijasida shaxar va qishloqlar orasida farq sezilarli darajada bo’ladi. Bu holat ushbu aholi manzilgoxlarida xizmatlarga nisbatan turli talablarni yuzaga keltiradi.
Respublikamizning Sirdaryo viloyati uzoq taraqqiyot davriga ega bo’lmagan hudud xisoblanadi, viloyat respublikamizning boshqa viloyatlaridan ko’chib kelgan aholi xisobiga to’plangan bo’lib, so’ngi yuz yilda shakllangan. Viloyat yer yuzasi asosan tekisliklardan tashkil topgan bolib, yer osti boyliklari bilan kam taminlangan. Ushbu omillar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga tasirini ko’rsatadi, hududning iqtisodiy geografik o’rni esa birmuncha qulay bo’lib rivojlangan Toshkent va Samarqand iqtisodiy geografik rayonlari orasida joylashgan. Shu sababli viloyatda xizmat ko’rsatish infratuzilmasini rivojlantrish
Cho’l sharoitida ijtimoiy infratuzilma tizimini mukammal yaratish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kabi aholiga xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishi ayniqsa muhimdir. Viloyat hududida yashovchi aholi qachondir boshqa tuman va viloyatlardan ko’chib kelgan, binobarin, ularning muqim yashashi va rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish katta axamiyatga ega bo’lib aholi turmush darajasini yaxshilash va kichik biznesni rivojlantrishrish samaralidir. Chakana savdo aylanmasining salmog‘i bo’yicha Guliston shaxri hamda Sirdaryo tumanlari yetakchilik qilmoqda, Yangier shaxri hamda Sardoba va Boyovut tumanlarining ulushi ham nisbatan yuqoriroq. Pullik xizmatlarning xam qishloq tumanlari va shaharlari bo’yicha taqsimlanishi turlicha, bunda Guliston shaxrining mavqei yanada yuqori - 58,6 %. Ushbu soha mintaqada o’ta markazlashganligi ko’rishimiz mumkin. Viloyat markazidan tashqari pullik xizmatlar hajmi Sirdaryo tumanida ham bir muncha kattaroq ulushga ega (10,6 %). Ammo aholining jon boshiga xisoblaganda mutlaqo boshqacha xulosalarga kelish mumkin. Bunda, Sardoba tumanida bu ko’rsatkich eng past ekanligi aksincha Guliston shaxrida u eng yuqorigi ko’rishimiz mumkin.
Ijtimoiy infratuzilma aholining shaxsiy kundalik ijtimoiy maishiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi sharoitlar va tarmoqlar yig’indisidan iborat tizimdir.
Ko’pgina mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasidan olinadigan foyda yalpi ichki mahsulotning o’sishiga olib keladi, bu esa har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
Respublikamiz boshqa viloyatlari kabi Sirdaryo viloyati ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi davriga kirdi. Ijtimoiy rivojlanishning asosiy sababi ehtiyojlarning o’sishidir. Ijtimoiy ehtiyojlarni to’loqonli qondirish xizmat ko’rsatish sohalari sifati va ko’lamini oshirishni taqazo qiladi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda ehtiyojlar ortib borishi bilan birga, ularning tarkibi, tuzilishi, ustuvor yo’nalishlari, sifat mazmuni o’zgaradi, yangi ehtiyojlar paydo bo’ladi, eskilari esa yo’qoladi. Aholining hayot darajasi ortib borar ekan tobora sifatli xizmat turlariga ham ehtiyojning oshishi kuzatiladi.
Viloyatda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga katta e’tibor beriladi. Viloyat bo’yicha bu ko’rsatkich o’rtacha 80,6 foizga teng. Guliston shaxrida u 92 %, Boyovut va Mirzaobod tumanlarida ham vaziyat ancha yaxshi. Biroq, boshqa xududlarda, xususan Shirin shaxri, Oqoltin hamda Sayxunobod tumanlarida u qoniqarli darajada emas. Tabiiy gaz bilan ta’minlanish - 78,8 %. Guliston, Yangier va Shirin shaharlari hamda Sirdaryo tumani xonadonlari gaz bilan 90-100 foiz ta’minlangan. Pastroq ko’rsatkichlar esa Xovos va Boyovut (71,7 %) xamda Sayxunobod (71,2 %) tumanlarida kuzatiladi.
Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtrish, tibbiyot muassasalarini tog’ri tashkil etish, aholi salomatligi kabi masalalarga e’tibor qaratish ijtimoiy infrasutruktura tarkibida katta ahamiyatga ega. Sirdaryo viloyatida 2010-yilda faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 38 tani tashkil qilgan bo’lsa, 2020-yilda 42 tani tashkil qilmoqda, mazkur yilda faoliyat yuritayotgan ambulator-poliklinikalarlari soni 157 tani, va mavjud shifoxona muassasalarining koykalari soni 4.0 mingni, tibbiyot xodimlari soni 14.4 ming kishiga yetgan. 2020-yil holatiga ko’ra tuman va shaharlar kesimida: Guliston shahrida 4.3 ming kishi, O’rta tibbiyot xodimlari soni 9.0 ming kishin i tashkil qilgan bo’lsa, 2020-yilda 24.9 ming kishini tashkil qilmoqda. 2010-yilda Tibbiyot vrachlari soni 1.4 ming kishidan, 2020-yilda 1.8 ming kishiga yetganini ko’rishimiz mumkin.

Mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2010-yilda 163 tani tashkil qilgan bo’lsa, 2020-yilda 217 tani tashkil qilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar soni 13745 tadan 28739 taga, pedagog xodimlar soni 1339 tadan 2837 kishiga o’sganini ko’rishimiz mumkin. Umumta’lim muassasalari soni 304 tadan 316 taga ko’payib, unda tahsil olayotgan o’quvchilar soni 13745 tadan 15862 taga oshib, faoliyat yuritayotgan o’qituvchilar soni esa 9706 kishidan 13517 kishiga yetganinmi ko’rishimiz mumkin.
Viloyatda hozirgi kunda 6 ta kasb-hunar kollejlari, 2 ta akademik litsey va 2 ta oliy talim tashkilotlari faoliyat ko’rsatib, mazkur ta’lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan professor o’qituvchilar soni 496 tani, taxsil olayotgan talabalar soni esa 9597 kishini tashkil qilmoqda. Undan tashqari 2022-yil o’quv yilidan 2 ta yangi oliy o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatishni boshlaydi. Aytib o’tish joizki: 2019-yilga qadar viloyatda bo’r yo’g’i 1 ta oliy o’quv yurti faoliyat yuritib kelgan, bundan xulosa qilish mumkinki ular sonining oshishi nafaqat aholi soni ko’payishiga balki, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga ham olib keladi.
Viloyatning transport geografik o’rni qulay; uning hududidan qator xalqaro va respublika ahamiyatidagi temir va avtomobil yo’llari o’tadi. Guliston, Xovos muhim transport markazlari hisoblanadi. Umuman olganda, Toshkent-Xovos (Yangier) - Bekobod Sirdaryo hamda poytaxt viloyatlarining muhim transport “uchburchagi” sifatida katta ahamiyatga ega. Guliston shahrini chetlab o’tuvchi, Zarafshon mintaqasi, Janubiy O’zbekiston va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi magistral avtomobil yo’li ham viloyatning transport geografik o’rnini, uning tranzitligi va markaziyligini yanada kuchaytiradi. Tashilayotgan yuklarning deyarli barchasi avtomabil transporti zimmasiga to’g’ri keladi. Yuk tashish va yuk aylanmasi bo’yicha Guliston shaxri va shuningdek Mirzaobod, Oqoltin va Xovos tumanlari ajralib turadi. Yuk va yo’lovchi tashishda xususiy avtomabil egalari xissasi 73-74 %.
Umuman olganda viloyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi yetarli emas. Shu jihatdan bu yerda qator o’z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Eng avvalo, mintaqa iqtisodiyotini mukammal xududiy ishlab tashkil etish hamda ijtimoiy infaratuzlmani kuchli sanoat markazlari va tugunlari, o’sish qutblarini rivojlantirish talab etiladi. Ijtimoiy soxalar masalan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport kabi aholiga xizmat ko’rsatish sohalari rivojlanishida xam hozircha xal etilmagan muammolar bor.
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy saloxiyatini yuksaltirishda, avvalambor, Boyovut, Guliston, Mirzaobod tumanlariga ustuvor axamiyat berish talab etiladi, chunki bu hududlar viloyat markaziga yaqin. Shuningdek, viloyat markazi xam o’zining huquqiy mavqeiga teng bo’lgan shaxarlardan ancha orqada. Binobarin, Guliston shahrining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga, uning demografik saloxiyatini ko’tarishga xam e’tibor berish maqsadga muvofiq. Hozirgi vaqtda bu shaxarda viloyat jami aholisining 10 foizdan ortiqrog’i yashaydi.
Viloyat xizmat ko’rsatish va ijtimoiy inrfatuzmasini mukammal ishlab chiqish talab qilinadi. Hududing xizmat ko’rsatish infratuzilmasida yechimini kutayotgan muammolar talaygina.

Yüklə 388,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin