Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Informatika fanini o’qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga



Yüklə 302,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.06.2020
ölçüsü302,71 Kb.
#32104
1   2   3   4   5
oquvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivozhlantirish metodikasi (1)


2.2. Informatika fanini o’qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga   

       nisbatan kompetentligini rivojlantirish 

 

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan intellektual salohiyatga ega, ilm-

fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan, 

mustaqil ravishda zaruriy axborotlarni izlab topadigan va ulardan tahlil asosida 

zaruriylarini ajratib oladigan, barcha bilan muloqatga kirisha oladigan, ta’lim 

muassacasida olgan bilimlarini hayotiy ehtiyojlarida qo’llay oladigan yoshlarni 

tarbiyalab kamol topishlarida katta e’tibor qaratgan. Buning uchun esa 

o’quvchilarimizni boshlang’ich sinflardan boshlab bunga tayyorlab borish kerak. 

Ya’ni, boshlang’ich fanlar bo’yicha chuqur bilim berish, chet tillarini puxta 

o’rgatish va axborot texnologiyalari bo’yicha kerakli zarur malakalarni 

shakllantirib borish lozim.  

Ma’lumki, hozirgi kunda axborotlar olamida yashayapmiz. O’qishda ham, 

ishda ham, kundalik faoliyatda ham kompyuter texnika vositalariga duch kelamiz 

va bularsiz bugungi kunimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Shunday ekan 

o’quvchilarimizga informatika fanidan chuqur bilim berish, kompyuter va uning 

boshqa texnik vositalaridan to’g’ri va oqilona foydalanishga o’rgatish kerak. 

O’quvchilar esa zaruriy axborotga ega bo’lish, ularni izlab topish, undan 

keraklisini ajratib olish va foydalanishni o’rganishi kerak. Shu bilan birgalikda 

o’rganilgan bilim, ko’nikma va malakalaridan kundalik hayotlarida uchraydigan 

muammolarni hal etishda foydalana olishlari uchun shakllantirilishi zarur. Shunga 

ko’ra, bu vazifalarni ta’lim muassasida o’quvchilarni o’quv predmetlarini 

o’rganish jarayonida zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega qilish bilan 



42 

 

 



 

birgalikda ularni hayotiy ehtiyojlarida qo’llay oladigan holda tayyorlash kerak. 

Buning uchun kompetentlik yondoshuvga asoslangan holda o’qitish kerak.  

Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o’quvchilarda 

egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy 

faoliyatlarida amaliy qo’llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga 

yo’naltirilgan ta’limdir.  

Tayanch kompetentsiyalar:  

- Kommunikativ kompetentsiya; 

- Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi; 

- Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi; 

- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi; 

- Umummadaniy kompetentsiyalar; 

- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish 

hamda foydalanish kompetentsiyasi. 

 Informatika fanidan umumiy o’rta ta’lim maktablarida shakllantiriladigan 

tayanch kompetentsiyalarni amaliyotga joriy etilishini 7-sinflarda “Internetda 

ma’lumotlarni izlash” mavzusi misolida ko’rib chiqamiz [5].  

Kommunikativ kompetentsiyasi.  

- Internet bo’yicha o’rgangan bilimlarini og’zaki va yozma tarzda aniq va 

tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri 

qo’ya olish va javob berish;  

- sinfda o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy 

hamkorlikda ishlay olish;  

-muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya 

qila bilish, uni ishontira bilish;  

-turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, boshqa 

o’quvchilarga nisbatan hurmat, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur 

(konstruktiv) bo’lgan qarorlarni qabul qila olish.  

Topshiriq: Internetda ma’lumotlarni izlashning qanday usullarini bilasiz va 

sanab bering.  



43 

 

 



 

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari Kommunikativ kompetentsiyada 

guruhlarga bo’lib o’quvchilarda internet bo’yicha tushunchalarini rivojlantirish va 

undan to’g’ri foydalanishni o’rgatish mumkin. Guruh bo’lib ishlaganda 

o’quvchilarda mustaqil muloqot va o’zaro fikr almashish vujudga keladi.  

Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi. 

Internet bo’yicha ma’lumotlarni mavjud axborot manbalaridan (internet, 

televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va 

boshq.) topa olish va foydalana olish.  

Topshiriq: Elektron pochta bo’yicha axborot toping.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. Axborot bilan ishlash 

kompetentsiyasi bolalarni, mustaqil o’zi axborot to’plash, izlanish, kuzatish va 

yangi darsga tayyorlanib kelashga o’rgatadi. Buning uchun yangi mavzu bo’yicha 

oldindan o’quvchilarga tayanch iboralar yoki mavzu yuzasidan savolnomalar 

beriladi. O’quvchilar ko’proq mustaqil muloqotda bo’lib, yangi darsga 

tayyorlanadilar.  

Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi: 

- Internetga oid ma’lumotlar bilan shaxs sifatida o’zini aqliy rivojlantirish 

va intellektual kamolotga intilish;  

- o’z ustida mustaqil ravishda muntazam ishlay olish;  

-o’zini nazorat qila bilish, halollik, to’g’rilik, zaruriy axborotga ega bo’lish, 

ularni izlab topish, undan keraklisini ajratib olish kabi sifatlarga ega bo’lish;  

-o’qib-o’rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik 

turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.  

Topshiriq: “Men sevgan kasb” mavzusi bo’yicha ma’lumotlarni izlang.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari.  

- Mening sevgan kasbimga qiziqishim ortdi; 

- Mening sevgan kasbim bo’yicha Shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini 

rivojlantirish, o’qib-o’rganish, mustaqil ravishda izlanish, o’z hatti-harakatini 

baholash, o’zini nazorat qila bilish, zaruriy axborotga ega bo’lish, ularni izlab 

topish, undan keraklisini ajratib olish, o’qib-o’rganganlari va hayot tajribasidan 


44 

 

 



 

foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish 

sifatlarini shakllantirishga qaratilgan interfaol usullarni qo’llash.  

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi. 

Internetni jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va uni 

bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorligini his etish.  

Topshiriq: Internetdan bola huquqlari konventsiyasi bo’yicha ma’lumot 

toping. 


Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. 

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi asosan o’quvchilarda yozma ishlarni 

echish, test savollarining echimini topish, og’zaki savollarga javob berish, o’z 

xuquqlarini bilish, kundalik hayotida uchraydigan holatlarda muloqot qilish, o’z 

fikrini bildirish, o’z bilimini bayon eta olishi faolligini oshirishga qaratilgan 

didaktik o’yinlar texnologiyalari. 

Umummadaniy kompetentsiyasi. 

Internetning umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga ta’sirini bilish.  

Topshiriq: Internetdan milliy bayramlarimiz bo’yicha ma’lumot toping.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. 

Jamoada va kichik guruhlarda ishlab, informatik terminlarni to’g’ri talaffus 

qilishni, AKT izohli lug’at bilan ishlashni, milliy qadryatlarimiz, milliy ertaklar va 

hikoyatlardan foydalanishni o’rgatadi.  

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish 

hamda foydalanish kompetentsiyasi: 

- Internetdaga axborotlarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, rejalarini tuza 

olish;  

- kundalik faoliyatda kerak va zarur bo’lgan axborotlarni tez va arzon o’qiy 

olish va ulardan foydalanish.  

Topshiriq: Internetdan bugungi kun Ob-havosi to’g’risida ma’lumot oling.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. 

O’quvchining hayot tarzida uni qurshab turgan voqea – hodisalarni 

o’rganish, uzoqni ko’ra olish, mavjud axborotlarni hayotga tatbiq eta olish va 


45 

 

 



 

ulardan to’g’ri foydalanish, qisqa muddatda xayotiy masalalarni echimini topa 

olishga o’rgatish. Jamiyatda o’z o’rnini topishda, ongli qaror qabul qilish, 

matematik savodxonlik, yangi texnika yangiliklaridan xabardorligi, kompyuterda 

ishlay olish, og’zaki va yozma javob berish tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan 

usul. 


Ta’limni axborotlashtirish jarayoniga ham 20 yildan ortiq vaqt o’tdi. Ushbu 

davr ichida ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 

etish bo’yicha juda ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirildi – ta’lim muassasalari 

zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlandi, barcha fanlardan elektron o’quv 

resurslari yaratildi va fanlarni o’qitishda ulardan samarali foydalanib kelinmoqda. 

Lekin, bugungi kunda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik 

sohalarda jiddiy o’zgarishlarga sababchi bo’lgan globallashuv jarayoni hamda 

ilmiy-texnik, ayniqsa kommunikatsiya sohasidagi texnologik taraqqiyot jarayoni 

mutaxassislarning tayyorgarligiga jiddiy talablar qo’ymoqda. Butun dunyo 

hamjamiyati tan olmoqdaki, XXI asrning bunday chaqiruvlariga javob sifatida 

bilim – eng bebaho resurs sifatida – iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning 

haraktlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’ladi. Shuning bilan birga, bilimlarni 

yaratish, uzatish va ularga ega bo’lish tez suratlarda amalga oshayotgan bir davrda 

ularni eslab qolish imkoniyati mavjud emas hamda bunga ehtiyoj ham yo’q. 

Buning o’rniga ushbu bilimlarni yig’ish, tanlash, qayta ishlash, uzatish va 

amaliyotda qo’llashning vosita va usullariga ega bo’lish muhimroqdir. 

Bilimlarini kompetentsiyalarga transformatsiya qilish orqali insonlar nafaqat 

iqtisodiy va texnologik taraqqiyotga o’z hissalarini qo’shadilar, balki shaxsiy 

muvaffaqiyat va farovonlikka erishadilar. Bunday kompetentsiyalarni belgilash 

orqali yoshlarimizni kelajak xayotga qay darajada tayyorlik darajasini baholash 

mumkin. 

Yoshlarimiz kelajakda muvaffaqiyatli xayot kechirishlari, jamiyatda o’z 

o’rnini topishlari hamda ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi 

uchun qanday kompetentsiyalarga ega bo’lishlari kerak, degan savol butun dunyo 

ta’lim hamjamiyati oldida turgan dolzarb mavzuga aylangan.  


46 

 

 



 

Shu sabab informatika fanidan Davlat ta’lim standartlarni yangilash, o’quv 

dasturlarni takomillashtirish – informatika faniga oid kompetentlilikni 

(AKT-kompetentlilikni) kiritishni taqozo etadi.  



Kompetentsiya – ko’zlangan natijalarga erishish uchun bilim, ko’nikma va 

malakalarni qo’llay olish qobiliyatini namoyish eta olishni bildiradi. 

Ta’limiy kompetentsiyalar ikki guruhdan iborat: tayanch (umumiy) va 

maxsus (fanga oid) kompetentsiyalar. 

Tayanch kompetentsiyalar: 

1.  Kommunikativ kompetentsiya  

−  jamiyatda o’zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni 

mukammal o’zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;  

−  o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, 

mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri qo’ya olish va javob berish;  

−  ijtimoiy moslashuvchanlik, o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal 

qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;  

−  muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila 

bilish, uni  ishontira bilish; 

−  turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, muammo va 

kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo’lgan qarorlarni qabul 

qila olish;  

2.  Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi  

−  mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), 

telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.)

  foydalana olish;  

−  media vositalardan zarur bo’lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta 

ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-

madaniyatga rioya qilish;  

−  ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila 

bilish;  


47 

 

 



 

−  kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (oddiy 



tabriknomalar yoza olish, anketalarni to’ldirish, mehmonxona ro’yxatida o’zi 

to’g’risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.) 

3.  Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi 

−  shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, 

ruhiy va intellektual kamolotga intilish; 

−  hayot davomida o’qib-o’rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam 

oshirib borish;  

−  o’z hatti-harakatini adekvat baholash, o’zini nazorat qila bilish,  halollik, 

to’g’rilik kabi sifatlarga ega bo’lish;  

−  o’qib-o’rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik 

turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.  



4.  Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi 

−  jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va 

faol ishtirok etish;  

−  o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, 

saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);  

−  mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy 

madaniyatga ega bo’lish;  

−  kasbiy mavqeining o’sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun 

xizmat qilish, yordamga muhtojlarga saxovatli bo’lish. 

5.  Umummadaniy kompetentsiyalar 

−  Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy  

qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish;  

−  badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;  

−  orasta kiyinish,  yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog’lom turmush 

tarziga amal qilish,  



48 

 

 



 

−  umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatlarni (urf odatlar, marosimlar, 



milliy-madaniy an’analar va.h.k.) bilish, unga hurmat bilan munosabatda 

bo’lish;  

−  o’zgalarga nisbatan mehr-muruvvat, saxiylik, o’zgalarning dunyoqarashi, diniy 

e’tiqodi, milliy va etnik hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish;  

−  xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda 

o’rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.  



6. 

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 

bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi 

- aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iktisodiy 

rejalarini tuza olish; 

- shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda xisob-kitob bilan ish yuritish; 

- kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni 

o’qiy olish va foydalanish; 

- inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va 

qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor 

bo’lish hamda foydalana olish.  

AKT-kompetentlilik insonlar uchun muhim kompetentsiya hisoblanib,  u – 

kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va Internet imkoniyatlaridan 

foydalangan holda turli muammo va masalalarni hal etishda namoyon bo’ladi.  

AKT-kompetentlilik – o’quvchilarning axborotli jamiyatda o’z o’rnini 

munosib egallash va muvaffaqiyatli mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun 

axborotga ega bo’lish, uni izlash, qayta ishlash, baholash, yaratish va uzatishni 

amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana 

olish qobiliyati va layoqati. 

O’quvchilarda AKT-kompetentlilikni shakllantirish va rivojlantirish – 

informatika faniga oid kompetentsiyalarni hamda foydalanuvchilik 

kompetentsiyalarni, ya’ni hamkorlik qilish va muloqotni amalga oshirish, 

bilimlarni mustaqil ravishda egallashni va ularni AKTdan foydalangan holda 

amaliyotda qo’llashni shakllantirish va rivojlantirishni o’z ichiga oladi. 



49 

 

 



 

Maxsus kompetentsiyalar (fanga oid kompetentsiyalar): 

1. Axborotlarni elektron vositalarda yig’ish kompetentsiyasi – Informatika  

asos materiali (axborot olish, saralash) haqida va axborot turlari (uzlukli va 

uzluksiz) bilish. Axborot manbalarini bilish, axborotlarni saralash, axborotni 

tasvirlash, axborotni kodlash, axborotli model, axborotni qayta ishlash vositalari, 

ta’limiy axborot resurslar, Internet, Internetdan ma’lumotlarni olish usullari. 

Axborot bilan ishlashda odob-axloq normalari,  multimedia texnologiyalari, hujjat 

yaratish, elektron pochta orqali muloqat qila olish va viruslardan axborotni himoya 

eta olish  layoqatini hosil qilish. 



(Masalan:  Farobiy haqida ma’lumot izlanganda darslik va boshqa bosma 

adabiyotlardagi ma’lumotlarni skanerlash yordamida kompyuter xotirasiga 

o’tkazish, Ziyonet portali yoki boshqa axborot tarmog’idan olingan ma’lumotlarni 

kompyuter xotirasida saqlash, ma’lumotlarni olingan axborot resursiga yoki 

mazmuninig boyligiga yoki tayyorlangan dasturiy ta’minotga yoki qayta ishlash 

uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minotga mos ravishda turli papkalarga saralab 

o’tkazish.) 

7-sinf. “Elektron pochta”  mavzusi 

Amaliy mashg’ulot: do’stlaringizning pochta manziliga “Mening Vatanim” nomli 

xabarni jo’nating. 

Buning uchun: 

1. “Mening Vatanim” xabarini tayyorlash (turli axborot manbalaridan, Internet 

resurslaridan biror usulda axborot yig’iladi, olingan axborot saralanadi, rasmlar, 

fotosuratlar orqali tasvirlanadi) 

2. Xosil qilingan axborot qayta ishlanib, hujjat yaratiladi 

3. Do’stlarining elektron pochta manzillari aniqlanadi. 

4. Tayyorlangan “Mening Vatanim” haqidagi ma’lumot aniqlangan elektron 

pochta orqali yuboriladi. 

 

Yuqorida berilgan 7-sinf “Elektron pochta” mavzusidagi  amaliy ish orqali 



o’quvchilarda elektron vositalar orqali axborotlarni yig’ish, axborotlarni elektron 

50 

 

 



 

vositalarda qayta ishlash, axborotlarni elektron vositalarda uzatish 

kompetentsiyalari bilan bir qatorda tayanch kompetentsiyalar, xususan, 

kommunikativ kompetentsiya, umummadaniy kompetentsiya, shaxs sifatida o’z-

o’zini rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi. Shuningdek, o’quvchilarda 

ona tili fanida shakllantirilishi lozim bo’lgan lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik 

kompetentsiyalari hamda Tasviriy san’at asarlariga oid kompetentsiyalari 

shakllantiriladi. 

2. Axborotlarni elektron vositalar orqali qayta ishlash kompetentsiyasi- Matnli 

axborotni tahrirlash (formatlash, grafik elementlarni yasash, jadvallar hosil qilish, 

formulalar kiritish) grafik axborotni tahrirlash (grafik fayllarda matn kiritish va 

uni formatlash, grafik shakllarni o’zgartirish, ranglar bilan ishlash, animatsiya 

stsenariylarini yoza olish, fayllarni arxivlash (rar, zip arxivatorlarni ishlata olish) 

va h.k. layoqatini hosil qilish. 



(Masalan:  Farobiy haqida olingan axborotlarni yoki qismlarini taqdimot 

uchun grafik muharrirlar, matn muharrirlari va protsessorlari, jadval 

protsessorlari, multimedia dasturlari va taqdimot dasturlari, animatsiya 

tayyorlash, veb-tarmoqqa joylashtirish, axborot hajmini kichraytirish uchun qayta 

ishlash dasturlarining turli imkoniyatlarini qo’llash.) 

9-sinf. “Diagramma va grafiklarni hosil qilish va tahrirlash”  mavzusi 

Amaliy mashg’ulot: 

1-mashq. Iqtisod  fanidan  olgan ma’lumotlaringiz asosida 5 hil mahsulot 

sotishdagi umumiy qiymatga nisbatan  daromadni aks ettiruvchi diagramma xosil 

qiling. Tayyor diagrammaning  ko’rkam va mazmunli  bo’lishi uchun  tahrirlang 

va  formatlang. 

2-mashq. Respublikamizda etishtirilgan qishloq xo’jalik maxsulotlarini (paxta, 

bug’doy) viloyatlar kesimidagi ulushini ko’rsatuvchi diagramma xosil qiling.  

 

Ushbu amaliy mashg’ulot orqali o’quvchilarda axborotlarni elektron 



vositalarda qayta ishlash kompetentsiyasi, shuningdek, kommunikativ 

kompetentsiya, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy kompetentsiyalar 



51 

 

 



 

shakllantiriladi. Shu bilan bir qatorda matematik xisoblashlarni bajarish orqali 

matematika fanida shakllantirilishi lozim bo’lgan matematik savodxonlik, 

matematik bilimlarni amaliyotda qo’llash, iqtisodiy bilim asoslari fani bo’yicha 

iqtisodiy bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetentsiyasi kabi fanlararo 

kompetentsiyalar shakllantirilib boriladi. 

3. Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetentsiyasi -  

Texnologiyalar orqali axborotlarni uzata olish, axborot havsizligini ta’minlay 

olish, Elektron pochta bilan ishlay olish, faksda axborot uzata olish, video 

konfrentsiya orqali axborot uzata olish, huquqiy va ahloqiy me’yorlarni bilish, 

mualliflik huquqlarini bilish, erkin foydalaniladigan dasturlar, tijorat dasturlari, 

dasturlar litsenziyalarini farqlash va h.k. layoqatini hosil qilish. 



(Masalan:  Farobiy haqida olingan axborotlarni yoki qismlarini videoproektor 

orqali ekranga, faks-modem yoki Internet tarmog’i orqali boshqa qabul qilish 

vositasiga uzata olish, bunda elektron pochta, faks, video-koferentsiya o’tkazish 

dasturlari imkoniyatlaridan foydalana olish hamda bu jarayonda huquqiy va 

ahloqiy me’yorlarni bilish, dastur va ma’lumotlarga xos mualliflik huquqlarini 

bilish.) 

 7-sinf. “Axborotlarni ximoyalash va antivirus dasturlar haqida”  mavzusi 

  1-amaliy mashq.  Jadvalga mantiqan mosini toping 

Internet axborot “o’g’irlarinini” 

engillashtirish maqsadida yaratildi 

Kompyuterlar inson ish faoliyatini 

yangi pog’onaga ko’tardi 

Kompyuter viruslari ularni o’chirib 

yuborishi yoki 

yangi kutilmagan muammoga duch 

kelib qoldi 

Adliya, kriminalistika, milliy 

xavfsizlik soha mutaxassislari 

tarmoq orqali kirishni cheklovchi va 

nazorat qiluvchi texnik va dasturiy 

vositalardan foydalanish, internet orqali 

faqat ishonchli manbalardan axborot 


52 

 

 



 

olish, axborotlarni uzati va qabul qilishda 

kriptografiya usullaridan foydalanish, 

nazoratchi va davolovchi dasturlardan 

foydalanish 

Axborot xavfsizligi va “elektron 

jinoyatchi”lardan himoyalanishni  

ta’minlovchi chora-tadbirlar  

Foydalanib bo’lmaydigan darajada 

o’zgartirib yuborishga qodir 

 

Berilgan amaliy mashg’ulot orqali o’quvchilarda axborotlarni elektron 



vositalarda uzatish kompetentsiyasi, bundan tashqari kommunikativ 

kompetentsiya, axborotlarni yig’ish kompetentsiyasi, shuningdek xuquq faniga oid 

bo’lgan huquqiy madaniyatga ega bo’lish kompetentsiyalari shakllantiriladi.  

4.  Informatik bilimlarni amaliyotda qo’llash  kompetentsiyasi- Kompyuterni 

elektr manbaiga to’g’ri ulash va o’chirish. Axborot va u bilan bajariladigan 

jarayonlarni (axborot yig’ish, qayta ishlash, uzatishda axborot vositalaridan 

foydalana olish, kompyuterni qurilmalarini ishlata olish,  matn muharriri va  grafik 

muharririda xujjat tayyorlash. Boshqarish  dasturini ishga tushurish, axborotlarni  

kompyuterda  tasvirlash, kodlashga oid masalalarni echishni bilish. Sanoq 

sistemasida amalda bajara olish. Elektron jadvalda masalalarni bajara olish. 

Taqdimot  slaydlarni tayyorlash. Algoritm tuzish, dasturlash tilidan birida 

masalaga dastur tuza olish bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini kundalik 

turmushda va texnikada qo’llash oid o’quvchida o’rganilgan bilim va 

ko’nikmalarni kundalik amaliy hayotda qo’llay olish layoqatini hosil qilish.  



(Masalan: Uyda, davlat yoki boshqa tashkilotlarda faoliyat yuritganda kompyuter 

va axborot texnologiyalari vositalaridan to’g’ri foydalana bilish, uy qurish, uyni 

qayta ta’mirlash, uyni jihozlash va shu kabi loyihalar tayorlashda grafik 

muharrirlar va matn protsessorlari, sarf-xarajatni hisoblashda jadval 

protsessorlari, loyihalarni investorlar oldida namoyish etish uchun taqdimot va 

veb-texnologiya dasturlari imkoniyatlaridan foydalana olish. Bu jarayonlarda 

axborotlarni turli xavflardan himoyalash uchun kodlashning turli usullaridan 

53 

 

 



 

foydalana olish, kompyuter imkoniyatlarini qo’llash uchun ikkilik va boshqa 

sanoq sistemalari imkoniyatidan foydalana olish, ma’lumotlarni turli usullarda 

kodlash va maxsus usullarda saqlash uchun dasturlashdan foydalana olish.) 

8-sinf. Power Point dasturi yordamida taqdimot yaratish 

Amaliy mashq. “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan taqdimot 

yarating.   

1.  Kompyuterdan foydalanish 

2.  Taqdimot tayyorlash (matn, grafik axborot, elektron jadvallar, diagramma, 

chizmalardan foydalanib) 

Tayyorlangan taqdimotni sinfda namoyish qilib berish. 

 

Yuqorida berilgan 8-sinf “Power Point dasturi yordamida taqdimot yaratish” 



mavzusidagi  amaliy ish orqali o’quvchilarda elektron vositalar orqali axborotlarni 

yig’ish, axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash, axborotlarni elektron 

vositalarda uzatish, informatik bilimlarni amaliyotda qo’llash kompetentsiyalari 

bilan bir qatorda tayanch kompetentsiyalar, xususan, kommunikativ 

kompetentsiya, umummadaniy kompetentsiya, shaxs sifatida o’z-o’zini 

rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi. Shuningdek, o’quvchilarda ona 

tili fanida shakllantirilishi lozim bo’lgan lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik 

kompetentsiyalari shakllantiriladi. 

Bizning ta’lim tizimimizda kompetentlilik yondoshuvi asosida informatika 

fanining mazmuni qayta ko’rib chiqilib, DTS va o’quv dasturlari yangitdan 

yaratilgan ekan, uning kelajakda uzluksiz ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli joriy 

etilishining asosiy omili – rejalashtirilgan tajriba-sinov jarayonining 

muvaffaqiyatli tashkil etilishi va amalga oshirilishidir. Buning uchun 

tajriba-sinovni amalga oshirayotgan o’qituvchi hamda viloyat va tuman fan 

metodistlari kompetentlilik ta’lim yondoshuvi kontseptsiyasini (mohiyatini) 

yaxshi bilishlari lozim. 

9-sinf. Microsoft Office Exsel dasturida ma’lumotlarni saralash 

Amaliy mashq. “Nazorat ish natijasini ball bo’yicha tartiblash”.  



54 

 

 



 

 

1)  Quyidagi jadvalni Microsoft Office Exsel dasturida tayyorlang , 



“Bloklar bo’yicha to’plagan eng yuqori bali” ustuniga tegishli funktsiya 

yordamida 3 ta ustundagi raqamlarning eng yuqorisini chiqaring, diagrammasini 

lo’rsating: 

№ 

FIO 



1-blok 

bali 


2-blok 

bali 


3-blok 

bali 


Bloklar bo’yicha 

to’plagan eng 

yuqori bali 

1 Chamanov 

85 

70 


75 

 

2 Gulmanov 



70 

60 


80 

 

3 Bo’ston 



o’g’li 

60 


80 

70 


 

4 Maqsadov 

65 

90 


80 

 

5 Ko’klamova 



55 

65 


75 

 

 



Yuqorida berilgan 9-sinf “Microsoft Office Exsel dasturida ma’lumotlarni 

saralash” mavzusidagi  amaliy ish orqali o’quvchilarda elektron vositalar orqali 

axborotlarni yig’ish, axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va Microsoft 

Office Exsel dasturida: shriftlarni va matnlarni formatlash parametrlarini qo’llash; 

Ma’lumotlarni saralash; Ma’lumotlarni filtrlash. Berilgan qiymatlar asosida turli 

hil grafikG’diagrammalar hosil qilish; GrafikG’diagrammalarga sarlavhalar 

qo’yish; GrafikG’diagrammalarni formatlash (ranglarni qo’llash); Diagramma 

turlarini o’zgartirish; Grafik/diagrammalar o’lchamlarini o’zgartirish  axborotlarni 

elektron vositalarda uzatish, informatik bilimlarni amaliyotda qo’llash 

kompetentsiyalari bilan bir qatorda tayanch kompetentsiyalar, xususan, 

kommunikativ kompetentsiya, umummadaniy kompetentsiya, shaxs sifatida o’z-

o’zini rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi. Shuningdek, o’quvchilarda 

ona tili fanida shakllantirilishi lozim bo’lgan lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik 

kompetentsiyalar bilan birga iqtisodiy bilim asaoslari faniga oid kompetentsiyalar 

shakllantiriladi. 


55 

 

 



 

Informatika fanida o’quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirish usullari 

Informatika fanidan belgilab chiqilgan kompetentsiyalarni o’quvchilarda 

shakllantira olish, uni aniqlash, qaysi pedagogik texnologiyalar asosida 

o’quvchilarga etkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash uchun tajriba-sinov 

jarayonida eksperimentator o’qituvchilar quyidagilarga e’tiborni qaratishi lozim:  

1. Informatika  fani bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini 

kundalik  hayotida  duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni echishda 

foydalanish va  amaliyotda qo’llay olish qobiliyatini hisobga olishi zarur.  

Masalan: 

−  7-sinf Informatika darsida “Axborot va bilish” mavzusini yoritib berishda 

bevosita o’quvchi o’quv jarayonida fanlardan olayotgan axborotni o’zgarishi 

(fanlardagi har bir mavzudan keyin yangi tushunchalar miqdorining oshib borishi 

va bilimlarni kundalik xayotida foydalanish)ni kuzatib borish natijasida “tabiiy 

jarayon va hodisalarni kuzatish, tushuntirish, amaliy mashg’ulotlar o’tkazish va 

nazariy bilimlarni mustahkamlash va axborotga oid bilimlarni amaliyotda 

qo’llash” kompetentsiyalari shakllantiriladi. 

 

2. Informatika fanining o’qitilishida taklif etilayotgan kompetentsiyalarni 



o’quvchiga etkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yoki ularning 

elementlarini tanlashda shu mavzularni o’quvchi oson va to’liq hamda kundalik 

hayotiga bog’lagan holatda tushunib etishini inobatga olish zarur.  Masalan: 

−  Yuqoridagi mavzuni o’tishda “Aqliy xujum”, “Muammo qo’yish”,  

“Tushunchalar tahlili”, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan 

holda  “axborot jarayoni va hodisalarni kuzatish, tushuntirish, va nazariy 

bilimlarni mustahkamlash va axborotga oid bilimlarni amaliyotda qo’llash” 

kompetentsiyalari shakllantiriladi.  

3. Yuqorida keltirilgan kompetentsiyalarning shakllantirilganligini 

 

aniqlashda 



−  savol-javob, axborotni izlash, qayta ishlash va uzatish, didaktik 

materiallar asosida test topshiriqlari, jadvallar bilan ishlash, o’quvchilar faoliyatini 

tahlil qilib o’z-o’zini baholash usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 


56 

 

 



 

 

Informatika kursi o’quv mashg’ulotlarida foydalaniladigan topshiriqlar 



mazmunini shakllantirishda quyidagilarga e’tiborga olish maqsadga muvofiq:  

- mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar mazmunini ochishga qaratilgan 

topshiriqlar; 

- tasvirlash, yozma nutq va yozish malakalarini shakllantirishga doir 

topshiriqlar; 

- hisoblashga doir topshiriqlar; 

- algoritm va dastur tuzishga doir topshiriqlar; 

- kompyuter dasturi qo’llaniladigan jarayonning tuzilishini o’rganishga doir 

topshiriqlar; 

- kompyuter dasturlarini turli jarayonlarga qo’llash malakalarini egallashga 

doir topshiriqlar; 

- kompyuterga xizmat ko’rsatish malakalarini egallashga doir topshiriqlar va 

boshqalar. 

 

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika o’quv predmetini o’qitishda 



turli xil nazorat materiallaridan foydalaniladi. Informatika fanidan nazorat 

materiallarini yaratish bo’yicha namunalarni “Axborot va uning miqdorini 

o’lchash” mavzusi misolida keltiramiz: 

 1-mashq.Savatchada birdan sakkizgacha tartib raqamlari yozilgan 8 ta 

kubcha bor. Shu savatdan bitta kubcha olinganligi haqidagi xabar o’zida qancha 

axborot saqlaydi? 

Yechish: Ma’lumki, agar xabar mavjud aniqmaslikni ikki marta kamaytirsa, 

u holda bu xabar o’zida 1 bit axborot saqlaydi. Demak, savatchadan bitta kubcha 

olinganligi haqidagi xabar o’z tarkibida 3 bit axborot saqlaydi. Javob: 3 bit. 



 2-mashq.Maktabda joylashgan kompyuter tarmoq orqali 1 Mbayt axborotni 

32 minutda qabul qilib olgan. Ushbu axborotning olinish tezligini aniqlang? 

Yechish: Ma’lum bir vaqt birligi orasida jo’natilgan axborot miqdori 

ma’lumotlarni uzatish tezligini ifodalaydi. 1 Mbayt = 1024x1024 bayt, bu qiymat 

32 ga bo’linsa, 32768 bayt/min ga teng qiymat hosil bo’ladi, bu esa biz izlayotgan 


57 

 

 



 

axborot tezligidir. Javob: 32768 bayt/min. 



 3-mashq.Maktabdagi a’lochi o’quvchilarning har biri 1 dan N gacha 

bo’lgan o’z tartib raqamiga ega. Shu sonlardan istagan bittasini aniqlash uchun 

ko’pi bilan 6 bit axborot zarur. N ning qiymatini toping. 

Yechish: Bu mashq 1-mashqqa teskari mazmunda berilgan, 2 ning 6-darajasi 

biz izlayotgan son, ya’ni 64 ga teng. Javob: N = 64 

4-mashq. Maktabdagi kompyuterdan 2 bayt/s tezlikda xabar jo’natilmokda. 

Agar shu kompyuterning shartli alifbosi 64 ta belgidan tashkil topsa, o’n minutda 

qancha belgili axborot yuborilgan? 

Yechish: Ko’rinib turibdiki, mazkur kompyuterning shu shartli alifboda 

berilgan har bir belgisi o’z ichida 6 bit hajmdagi axborot saqlaydi. Masala sharti 

bo’yicha, 10 minutda 10x2x8x60 = 9600 bit axborot jo’natilgan. Demak, 10 

minutda 9600/6 = 1600 ta belgi jo’natilgan. Javob: 1600 ta. 

5-mashq. Akmal o’z do’stiga 360 belgidan iborat xat jo’natdi, bunda 32 

belgili maxsus alifbodan foydalandi. Akmalning jo’natgan matnidagi axborot 

hajmini aniqang? 

Yechish: Ko’rinib turibdiki Akmal foydalangan alifboning har bir belgisi o’z 

ichida 5 bit hajmdagi ma’lumot saqlaydi. (360x5)/8 = 225. Javob: 225 bayt. 

  Nazorat materiallarini ishlab chiqishda turli xildagi tarqatma meteriallardan 

foydalanish ham yuqori samara beradi. Bunday tarqatma materiallardan namuna 

sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin:  

Axborotlarni himoyalash va antivirus dasturlaridan foydalanish mavzusi 

bo’yicha quyidagi jadval qatorlarida berilgan jumlalarning mosini toping: 

 

1 Internet 



axborot 

“o’g’irlarini” 

a  engillashtirish maqsadida yaratildi 

2  Kompyuterlar inson ish 

faoliyatini 

b  yangi pog’onaga ko’tardi 

3 Kompyuter 

viruslari 

ularni 

o’chirib yuborishi yoki 



v  yangi kutilmagan muammoga duch kelib 

qoldi 


58 

 

 



 

4 Adliya, 

kriminalistika, 

milliy xavfsizlik soha 

mutaxassislari 

g  tarmoq orqali kirishni cheklovchi va 

nazorat qiluvchi texnik va dasturiy 

vositalardan foydalanish, internet orqali 

faqat ishonchli manbalardan axborot 

olish, axborotlarni uzati va qabul qilishda 

kriptografiya usullaridan foydalanish, 

nazoratchi va davolovchi dasturlardan 

foydalanish 

5  Axborot xavfsizligi va 

“elektron jinoyatchi”lardan 

himoyalanishni  

ta’minlovchi chora-tadbirlar  

d Foydalanib 

bo’lmaydigan darajada 

o’zgartirib yuborishga qodir 



Javob: 1-b; 2-a; 3-d; 4-v; 5-g. 

EXCEL dasturida ishlash mavzusi bo’yicha nazorat topshiriqlaridan 

namuna. O’quvchilarga to’ldirish uchun quyidagi jadval tarqatiladi. Agar ular 

yozilgan fikrga qo’shilsalar, birinchi ustunda “+“ aks holda uchinchi ustunda “-“ 

belgisini  qo’yish kerakligi aytiladi: 

 

Ha Fikrlar 



Yo’q 

 

Asosiy berilganlar boshqa yacheykalarning qiymatlari 



bo’yicha aniqlanmaydi 

 

 



EXCEL quydagi buyruq bilan ishga tushiriladi: Pusk-

Nastroyka-EXCEL 

 

 

EXCEL hujjati ishchi kitob deb ataladi 



 

 

Ustunlar lotin harflar bilan belgilanadi  



 

 

Ustunlar soni 26 ta  



 

 Yacheyka 

nomi 

yacheyka 



joylashgan ustun va satr 

nomerlaridan iborat 

 

 Nom 


maydonida 

satr 


nomeri ko’rsatiladi  

 

 



Formula satrida faol yacheykadagi ma’lumotlar aks ettiriladi 

 

 



Diapozon – bu yacheykalar guruhi  

 

 



Yacheykada matin, formula, son bo’lishi mumkin  

 

 



Formula «S» belgisi bilan boshlanadi  

 

 



To’ldirish markeri yacheykadagi malumotlarni nusxalaydi 

 

 



59 

 

 



 

Bu topshiriqni to’g’ri to’ldirish namunasi quyidagi jadvalda keltirilgan: 

Ha Fikrlar 

Yo’q 


Asosiy berilganlar boshqa yacheykalarning qiymatlari 

bo’yicha aniqlanmaydi 

 

 



EXCEL quydagi buyruq bilan ishga tushiriladi: Pusk-

Nastroyka-EXCEL 



EXCEL hujjati ishchi kitob deb ataladi 



 

Ustunlar lotin harflar bilan belgilanadi  



 

 

Ustunlar soni 26 ta  



+ Yacheyka 

nomi 

yacheyka 



joylashgan ustun va satr 

nomerlaridan iborat 

 

 Nom 


maydonida 

satr 


nomeri ko’rsatiladi  



Formula satrida faol yacheykadagi ma’lumotlar aks ettiriladi 

 



Diapozon – bu yacheykalar guruhi  

 



Yacheykada matin, formula, son bo’lishi mumkin  

 

 



Formula «S» belgisi bilan boshlanadi  



To’ldirish markeri yacheykadagi malumotlarni nusxalaydi 

 

 



Kompyuterning paydo bo’lishi va avlodlari mavzusi bo’yicha nazorat 

topshiriqlaridan namuna. Quyidagi jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldiring: 



Yüklə 302,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin