Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fani o’quv materialining



Yüklə 302,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.06.2020
ölçüsü302,71 Kb.
#32104
1   2   3   4   5
oquvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivozhlantirish metodikasi (1)


 

2.2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fani o’quv materialining 

didaktik tahlili va o’qitish metodlari tavsifi 

 

Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning muayyan turdagi o’quv 



yurtida o’qish jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda bir tizimga solingan 

bilim, malaka va ko’nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.  

Bilim, malaka va ko’nikmalar doirasi eng muhim faktlar, ilmiy 

tushunchalar, qonun va nazariyalarni, dunyoqarash g’oyalarini, axloqiy hamda 

estetik me’yorlar va ideallarni, talabalarning ko’rsatilgan ma’lumotlarini 

o’rganishi, ularning ilmiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish usullari 

haqidagi materiallarni, shuningdek, malaka va ko’nikmalarni, shu jumladan, 

olingan bilimlarni amalda qo’llash va yangi bilimlarni egallashdagi malaka hamda 

ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. 

Ta’limning mazmuni bir qator omillarni hisobga olish bilan belgilanadi, bu 

omillarning asosiylari quyidagilardir: 

a) ijtimoiy ishlab chiqarishning obektiv ehtiyojlari hamda fan va 

texnikaning taraqqiyot darajasi; 

b) davlatning muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan maqsad 

hamda vazifalari; 

d) o’qitish tamoyillaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarning 

imkoniyatlarini e’tiborga oluvchi didaktik talablar. 


21 

 

 



 

Tarbiya mazmuni, o’qitish metodlari va usullari va tashkiliy ko’rinishlarini, 

o’qituvchi va talabalarning o’quv ishi turini ko’p jihatdan belgilab beradi. Shu 

munosabat bilan, tarbiya mazmunini didaktik tahlil qilish va o’quv materiali 

guruhini belgilash muhim, bu esa uni o’rganishning samarali usullarini didaktik 

tahlil qilishga, uni har tomondan ancha aniq belgilashga imkon beradi. Informatika 

fanining ish dasturlarida berilgan o’quv materialini mazmun jihatidan tahlil qilib, 

quyidagi asosiy umumiy guruhlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 

1 guruh. Algoritmlar nazariyasi  masalalarni ochib beruvchi o’quv materiali.  

2 guruh. Axborot va axborot texnologiyalari masalalarini ochib beruvchi 

o’quv materiali. 

3 guruh. Dastur va dasturlash nazariyasi haqidagi o’quv materiali. 

4 guruh. Lokal va global tarmoqlar bilan ishlash. 

 

 



O’quv materialining bunday bo’linishi, tabiiyki, shartlidir. Har bir 

guruhning o’quv materiali dasturlarning ayrim mavzu va bo’limlarida sof holda 

kamdan-kam berilgan. Qariyb har qaysi mavzu va bo’limda mazmun jihatidan har 

xil va turli nisbatdagi materialni topish mumkin. O’quv materialini mazmuni, turi 

va ahamiyati jihatidan tahlil qilish maxsus fanlarni o’rganishning eng maqbul 

tashkiliy metodlari va usullarini tanlashga imkon beradi. 

Umumiy fanlarni, maxsus fanlarni  o’rgatish oliy o’quv yurtlari talabalariga 

nazariy ta’lim berishning asosini tashkil etadi. Bu ta’lim amaliyot bilan 

mustahkam bog’lanishda amalga oshiriladi hamda talabalarni o’rganayotgan 

kasbini chuqur, har tomonlama va ongli o’zlashtirib olishi uchun zarur bo’lgan 

ilmiy-texnik va texnikaviy bilimlar bilan qurollantiradi. Nazariy ta’lim 

o’quvchilarning kasbiy bilim doirasini kengaytiradi, ularda ilmiy dunyoqarash, 

e’tiqodning shakllanishiga, aqliy qobiliyatlarning rivojlanishiga yordam beradi. 

O’quv va ishlab chiqarish amaliyoti ta’limi bo’lajak kadrning ixtisosligi 

bo’yicha tayyorgarligi asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida 

talabalar ishning belgilangan muddatda sifatli bajarilishini ta’minlaydigan 

mustahkam kasbiy malakalarni, zamonaviy texnika va ilg’or ish metodlaridan 


22 

 

 



 

to’g’ri foydalangan holda yuksak unum bilan mehnat qilish usullarini egallab 

oladilar. 

O’quv materiallarini tahlil qilishda didaktik xatti-harakatlar muhim o’rin 

tutadi. 

Didaktik xatti-harakatlar deganda, o’qituvchining ta’lim jarayonini 

didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkil etish xatti-harakatlari 

tushuniladi. 

Ular o’zaro bog’liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o’qitish 

tadbirlari modeliga asoslangan, ya’ni ular mashg’ulot jarayonida yoki ish o’rnida 

o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. 

Ular biror-bir jarayonning barcha qismlarini qamrab oladi. Misol uchun aniq bir 

nazariy darsni o’tkazish yoki yo’l-yo’riq berish (instruktaj) uchun «Tayyorgarlik 

ko’rish - O’tkazish - Baholash» kabi harakatlar kerak bo’ladi. 

Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog’langan: 

1. Kimlar o’qitadi? 

2. Kimlarni o’qitish kerak? 

3. O’qitish orqali qanday maqsadlarga erishish lozim? 

4. Maqsadlarga erishish uchun qanday mavzularni o’qitish kerak? 

5. Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o’qitish zarur? 

6. Nazariy yoki amaliy darslarni qanday sharoitda o’tkazish kerak? 

7. O’qishni qanday tashkil qilmoq darkor? 

8. Ko’zlangan maqsadga erishilganini tekshirish uchun natijalar qanday  

           baholanadi? 

Nazariy bilimlarni o’qitish bo’yicha quyidagi didaktik xatti-harakatlarni 

ko’rsatish mumkin: 

1.  Nazariy dars yoki yo’l-yo’riqqa oid dastlabki shart-sharoit va  

    tayyorgarlikni baholash. 

2. O’quv maqsadi va mazmunlarini belgilash. 

3. Nazariy dars va yo’l-yo’riq rejalarini ishlab chiqish. 

4. O’quv-didaktik materiallarni tayyorlash. 



23 

 

 



 

5. Nazariy dars va yo’l-yo’riq berish. 

6. Nazariy bilimlarni baholash. 

Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni shakllantirish 

sohasida tegishli bosqichlarga bo’linishi mumkin. Bu erda bizga «Mukammal 

kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida 

«Yo’naltiruvchi matn usuli» nomi bilan yuritiladi. Bu 6 bosqichni talabalar har bir 

amaliy ish-harakatni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat 

(zarur bo’lganda) yo’riqchining rahbarligida. Ushbu bosqichlar quyidagilardan 

iborat: 


1. Ma’lumot to’plash. Talaba berilgan ish topshirig’ini tahlil qiladi va 

kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda to’playdi. 

2. Reja tuzish. Talaba mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan 

iborat ish rejasini tuzadi. 

3. Qaror qabul qilish. Talaba o’qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga 

oshirish to’g’risida qaror qabul qiladi. 

4. Amalga oshirish. Talaba ish rejasi asosida ishni mutsaqil bajaradi. 

5. Tekshirish. Talaba ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash 

varag’i»ni to’ldiradi. 

6. Xulosa chiqarish. Talaba va o’qituvchi birgalikda ish jarayonini, 

shuningdek, ish natijalarini tahlil qilishadi va xulosa chiqarishadi. 

Har tomonlama kamol topgan mutaxassis  tayyorlash masalasi avvalo 

o’qitish jarayonida hal qilinadi. 

O’qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning bilim, 

uquv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan 

izchil harakatlari majmuidan iborat. 

Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni 

aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng 

muhim vositasidir. 

O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilish kuchlari ri-vojlantiriladi. 



24 

 

 



 

O’qitish o’qituvchining talabalarga bilim, o’quv va malaka tizimi berish, 

ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir. 

O’qish - talabalarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan 

muntazam va ongli mehnati. 

O’qitish ikki tomonlama jarayondir: u o’qituvchining faoliyati va talabalar 

faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon 

qilishdan, talabalarda fanga qiziqish, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, 

talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma 

va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. 

O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv 

fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar 

va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan muntazam mehnatdan iborat. 

O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan 

belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda 

tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, 

o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak. 

O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan ifodalanadiki, har qaysi 

bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, uquv va 

malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar. 

Ammo har xil bo’g’inlar ayni paytda muayyan yumushni bajaradi hamda o’ziga 

xos ko’rinish va metodlar bilan ifodalanadi. 

O’quv jarayonining har bir bo’g’inini oliy o’quv yurtlarida umumta’lim va 

mutaxassislik fanlarini o’rganishga tatbiqan batafsil ko’rib chiqish ushbu 

metodikaning mazmunini tashkil etadi. 

O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va talabalarning 

maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan 

faoliyati tushuniladi. 

O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi talabalar guruhini va har bir 

talabai o’qitishning har xil ko’rinishlarida qo’shib olib borilishi, o’qitishda 



25 

 

 



 

talabalar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi 

rahbarligining har xil usullari bilan ifodalanadi. 

Oliy o’quv yurtlarida informatika  fanini o’rganishda odatda «qo’sh» darslar 

ya’ni, har biri 45 minutdan bo’lib, orasida 5 minut tanaffus qilinadigan ikki 

davrdan iborat darslar qo’llaniladi. Bu hol mashg’ulotlar tizimini rejalashtirishni 

osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu 

kabilar o’tkazishni engillashtiradi. Pedagogika adabiyotlarida darslarni ularning 

belgilovchi har xil alomatlari asosida tasniflashning turli variantlari keltiriladi. 

Bunday alo-matlardan biri o’rganiladigan materialning mazmunidir. Bu alomatga 

ko’ra tasniflash informatika faniga shu darslarni eng to’la tavsiflab bera olgan 

bo’lur edi. Darslarni tasniflashning boshqa bir alomati ularni o’tkazish usullaridir. 



O’tkazish usullari deganda o’qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan 

faoliyatida, darsni o’tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa 

momentlar majmuyi tushuniladi. 

Shu nuqtai-nazardan darslarning quyidagi turlari bo’ladi: 

- ma’ruza darsi, 

 -suhbat darsi, 

 -ekskursiya darsi, 

 -videotasvir,   

 -talabalarning mustaqil ishi darsi, 

 -laboratoriya ishi darsi,  

 -amaliy   ish, 

 -aralash dars va h. k. 

Ko’p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsadiga ko’ra tasniflashni eng 

ma’qul deb hisoblamoq kerak, chunki bunda boshqa hamma narsalardan tashqari

darsning o’quv jarayonidagi o’rni ham hisobga olinadi. Bu alomatga ko’ra 

darslarning quyidagi turlari mavjud: 

-yangi bilimni bayon etish darslari, 

-bilimni puxtalash, takrorlash va umumlashtirish darslari,  

 -o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish darslari, 


26 

 

 



 

-  aralash darslar. 

Informatika o’qitish metodikasida asosiy o’rinlardan yana birini o’qitish 

metodlari(usullari) egallaydi. 

O’qitish metodi (metod grekcha metodos – so’zidan olingan bo’lib, biror 

narsaga yo’l ma’nosini bildiradi) – ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish 

maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining bir-biri bilan 

bog’langan faoliyatining tartiblangan usullaridir. 

O’qitish metodlarining muammolarini «Qanday o’qitish kerak?», «Nima 

uchun o’qitish kerak?», «Nimalarni o’qitish kerak?» va «Kimlarni o’qitish 

kerak?» kabi savollar orqali ifodalash mumkin. 

O’qitish metodlarini an’anaviy va noan’anaviy metodlarga bo’lish mumkin. 

An’anaviy metodlar sifatida quyidagilardan foydalanilmoqda: 

•  Amaliy metodlar – tajriba, mashqlar bajarish, mustaqil ish, laboratoriya ishi. 

•  Ko’rgazmali metodlar – illustratsiya, kuzatish. 

•  Og’zaki metodlar – tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, ma’ruza. 

•  Kitob bilan ishlash – o’qish, tez ko’rib chiqish, tsitata olish, bayon etish, 

qayta so’zlab berish, konspekt qilish. 

•  Video metod – ko’rib chiqish, mashq qilish. 

Hozirgi kunda akademik Yu.K.Babanskiy tavsiya etgan o’qitish metodlari 

keng tarqalgan. Unda o’qitish metodlari uchta katta guruhlarga bo’lingan: 

•  o’quv – bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari; 

•  o’quv – bilish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari; 

•  o’quv – bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari. 

O’quv – tarbiya jarayonida o’qitish metodlari asosida qo’yidagi vazifalar 

amalga oshiriladi: 

-  o’rgatuvchi; 

-  rivojlantiruvchi; 

-  tarbiyaviy; 

-  istak tug’diruvchi yoki motivatsiya; 



27 

 

 



 

-  nazorat-korrektsion. 

O’qitishning noan’anaviy metodlarini qiziqtiruvchi va interaktiv 

metodlariga bo’lish mumkin. O’qitishning qiziqarli metodlariga krossvord 

ko’rinishdagi so’rov va rebus shakllarini misol qilish mumkin. 

O’qitishning interaktiv metodlari o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini 

rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Interaktiv so’zi inglizcha «interact» 

so’zidan olingan bo’lib, «inter»-o’zaro, «act»-ish ko’rmoq, ishlamoq degan 

ma’nolarni anglatadi. Interaktiv deganda o’zaro ish ko’rish, faoliyat ko’rsatish 

yoki suhbat tartibida kim bilandir muloqot holatida bo’lish tushuniladi. 

Interaktiv (interfaol)o’qitish muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida 

o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interaktiv o’qitishda 

o’quv jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin 

fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. 

O’qitishning interaktiv metodlariga Venna diagrammasi, klasterlar, insert 

texnologiyasi, T-sxema, katta aylana, Aqliy hujum, Chigal mantiqiy zanjirlar, 

6*6*6 metodi, Rolli o’yinlar, Besh minutlik esse kabi metodlarni misol qilish 

mumkin. 


     Hozirgi  kunda  ta’lim  jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion 

texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida 

qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday 

bo’lishininig asbablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi-

talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa,zamonaviy 

texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishga, mustaqil 

o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga 

o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi 

va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 

yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy 

figuraga aylanadi. 

     Shuning  uchun  oliy  o’quv  yurtlari  va fakultetlarida malakali kasb egalarini 

tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion 


28 

 

 



 

texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir.Pedagogik texnologiya va 

pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarni 

bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. 

    Innovatsiya (inglizcha innovation)–yangilik kiritish, yangilikdir. 

    Innovatsion  texnologiyalar  pedagogik  jarayon hamda o’qituvchi va talaba 

faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan 

interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi.Interaktiv metodlar –bu jamoa bo’lib 

fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim 

mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, 

ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarningbirgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali 

amalga oshiriladi. 

     Bunday  pedagogik  hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lib, 

ularga quyidagilar kiradi: 

o’quvchi-talabalar dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil    



     fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi; 

o’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini   



     doimiy ravishda bo’lishini ta’minlash; 

o’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustqil ravishda har  



     bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirish; 

pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha  hamkorlikdagi  faoliyatini    



tashkillanishi. 

      Pedagogik 

texnologiyalar 

masalalari, muammolarini o’rganayotgan 

o’qitvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik 

texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish 

jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan TSO, kompyuter, masofali o’qish, yoki turli 

xil texnikalarjan foydalanish deb belgilandi.Bizning fikrimizcha, pkdagogik 

texnologiyaning eng asosiy negizi- bu o’qituvchi va o’quvchi-talabaning 

belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun 

tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida, 

maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim 



29 

 

 



 

texnologiyasi o’qituo’chi vao’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta 

olsa, har ikkalasi ijobiy natijag erisha olsa, o’quv jarayonidao’quvchi –talabalar 

mustaqil firlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila 

olsalar, o’zlariga, guruhga,guruh esaularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning 

bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, 

ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi.Har bir dars,mavzu, o’quv 

predmetiningo’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik 

texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’qo’uvchi-talabaning 

ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltitilgan, oldindan 

loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilagan pedagogik 

jarayondir. 

      O’qituvchi  va  o’quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday 

texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy 

maqsadi aniq: natijaga erishishiga qaratilagan,bunda o’qvchi-talabaning bilim 

saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, 

masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim 

film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar,axborot 

texnologiyalari kerak bo’lar,bular o’qituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq. 

      Shu  bilan  bir  qatorda  o’qitish  jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu 

jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, 

TSOni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi 

faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli 

kafolatlangan natijaga erishish mumkin.Qisqa qilib aytganda, o’quvchi-talabani 

ta’limning markaziga olib chiqish kerak. 

      O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur 

etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak.Bunda o’qitvchiga 

u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasinituzib olish katta ahamiyatga 

egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun 

o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’qvchi-talabalarning imkoniyati 

va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. 


30 

 

 



 

II-BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA 

INFORMATIKADAN AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA 

TEXNOLOGIYALARIGA NISBATAN KOMPETENTLIGINI 

RIVOJLANTIRISH 

 

2.1. Informatika fanida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 



o’qitilishi va ularga nisbatan kompetentlik 

  

Ta’lim jarayonini axborotlashtirish masalasi XX asrning 90-yillaridan 



e’tiboran dolzarb masalalar sifatida tadqiq etib kelinmoqda. Shu davrdan boshlab 

ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha 

juda ko’plab ishlar amalga oshirildi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim 

muassasalari ham zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlanib, o’quv 

predmetlaridan elektron o’quv resurslari yaratildi va ulardan ta’lim jarayonida 

foydalanib kelinmoqda. 

Hozirgi kunda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalardagi 

o’zgarishlarga sababchi bo’lgan globallashuv jarayonida axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalari alohida ahamiyatga ega. Globallashgan jamiyatda zamonaviy 

bilimlarga ega bo’lish, olingan bilimlarni tahlil qilish va amaliyotga qo’llash 

muhimdir. 

Ta’lim muassasalarida olingan bilim, ko’nikma va malakalarni 

kompetentsiyalarga aylantirish orqali ta’lim oluvchilar jamiyatning iqtisodiy 

salohiyatiga o’z hissalarini qo’shish bilan birga shaxsiy hayotlarida ham 

farovonlikka erishadilar. Jamiyatda yoshlar muvaffaqiyatli hayot kechirishlari, o’z 

o’rnini topishlari hamda ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi 

uchun qanday kompetentsiyalarga ega bo’lishlari kerak degan savolga javob 

berish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.  

Jamiyat taraqqiyoti davomida o’tkazilgan kuzatishlarga ko’ra axborot-

kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentsiyani egallash birinchi 

masalalardan hisoblanadi. Shu sababli ta’lim muassasalarida informatika fanini 


31 

 

 



 

o’qitishga alohida ahamiyat berish, informatikadan Davlat ta’lim standartlarni 

yangilash, o’quv dasturlarini takomillashtirishni taqozo etadi.  

Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga 

ta’limning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va ular o’quv 

mashg’ulotlarida keng ko’lamda samarali foydalanilmoqda. Jumladan, 

o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda innovatsion va zamonaviy 

pedagogik g’oyalar amalga oshirilmoqda. Shu bois, o’qituvchi bilim olishning 

yagona manbai bo’lib qolishi kerak emas, balki o’quvchi mustaqil ishlash 

jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv jarayonining faol ishtirokchisi 

bo’lishi lozim. Zamon talablariga javob beradigan fidoiy izlanuvchan yangilikga 

intiluvchan tashabbuskor kasbiy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash bugungi 

kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. O’quvchilarnning kasbiy ko’nikmalarini 

shakllantirishda innovatsion texnologiyalarining o’rni xozirgi kun mutaxasisi 

zamon bilan hamnafas bo’lmog’i lozim. 

 

Ta’lim jarayonida o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda 



innovatsion texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarda zarur bilim va 

malakalarni hosil qilish yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim 

ahmiyatga egadir. Mashg’ulotlarga oid didaktik, ko’rgazmalar, multimediya, 

kompyuter vositalari va  inovattsion texnologiyalardan foydalangan holda 

mashg’ulotlarni olib borish bu borada kutilgan natijani beradi.

 


Yüklə 302,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin