O‘zbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi ва tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Bu jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Darhaqiqat, Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari jadal surʼatlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi davri boshlandi. Birgina misol. Prezidentimizning Fransiya (2018-yil oktyabr), Germaniya (2019-yil yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktyabr va 2020-yil fevral) rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga erishildi. Oʻz navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may) va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan (2018-yil aprel) mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz. 2020-yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel oʻrtasida telefon muloqoti oʻtkazildi. Tashqi ishlar vaziri A.Komilov YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020-yil yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi, shuningdek, Oʻzbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta koʻrib chiqdi. Hozirgi kunda dunyoning 164 ta mamlakatini oʻz tarkibiga olgan yirik iqtisodiy integratsiyalardan biri Jahon savdo tashkilotidir. Tashkilot alohida nizomga ega boʻlmay, shartnoma va muzokaralarga tayangan holda tashkil etilgani va hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgani uning oʻziga xos jihatlaridan biridir. O‘zbekiston mintaqasining tashqi iqtisodiy aloqalari, mamlakatning moliyaviy va iqtisodiy jarayonlarida boshqa mamlakatlar bilan o‘rtacha hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Quyidagi umumiy ko‘rsatkichlar O‘zbekiston mintaqasining tashqi iqtisodiy aloqalari haqida ma'lumot bera oladi: Xalqaro Savdo Vazirligi va Tashqi Iqtisodiy Aloqalar: O‘zbekiston Xalqaro Savdo Vazirligi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqaradi. Ular xalqaro savdo va tijorat munosabatlari, eksport va importni rivojlantirish, savdo shartnomalari va savdo partnyorlari bilan muzokaralar olib boradilar. Moliyaviy Tuzilmalar va Moliyaviy Hamkorliklar: O‘zbekiston xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan ishbilarmonlikda hamkorlik qiladi. Misol uchun, Xalqaro Valyuta Fondi (IMF), Xalqaro Savdo Markazi (WTO), Ishonchli Moliya Fondi (IFC) kabi tashkilotlar bilan moliyaviy munosabatlarni olib boradi. Xalqaro Savdo Shartnomalari: O‘zbekiston mintaqasi bir qancha xalqaro savdo shartnomalari imzolagan. Bu shartnomalar esa mamlakatning eksportini oshirish va importni rivojlantirish uchun qulayliklar yaratadi. Investitsiyalar va Tijorat Sohalaridagi Hamkorliklar: O‘zbekiston, xalqaro investorlarni jalb etish va tijorat sohasidagi hamkorliklarni o‘z ichiga oladi. Bu orqali mamlakatda investitsiyalar olib borish, innovatsiyalar, va texnologiyalarni kiritish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Transport Tarmoqlari va Omborotlar: Xalqaro transport tarmoqlari orqali, O‘zbekiston mintaqasi transport vositalari bilan o‘rtacha transport aloqalarini ta’minlaydi. Shuningdek, xalqaro omborotlar yordamida eksport va import jarayonlari osonlashtiriladi. Xalqaro Savdo Tashkilotlari bilan Hamkorlik: O‘zbekiston, xalqaro savdo tashkilotlari, masalan, EAEU (Eurasian Economic Union) va shunga o‘xshash tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Bu tashkilotlar orqali bozorlar ochish, tovarlar almashish va eksport qilishga imkoniyat yaratiladi. Diplomatik Munosabatlar va Muzokaralar: O‘zbekiston, boshqa mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar olib boradi. Bunda muzokaralar, tashqi iqtisodiy aloqalar va moliyaviy munosabatlar ko‘rib chiqiladi va kelishiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston mintaqasining tashqi iqtisodiy aloqalarini kesimda o‘rganish imkonini beradi. O‘zbekiston moliyaviy va iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlash uchun xalqaro savdo, investitsiyalar, transport, diplomatik munosabatlar va xalqaro hamkorliklarni kuchiqlashga intiladigan mahsulotlar va xizmatlar eksportini oshirish yo‘llarini o‘z ichiga oladi. Oʻzbekiston jahonning 174 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. 2021-yilning yanvar-avgust oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 24 963,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 383,1 mln. AQSh dollariga yoki 1,6 %ga koʻpaydi. TSAda eksport hajmi 9 277,9 mln. AQSh dollariga (20,1 %ga kamaydi) va import hajmi 15 685,8 mln. AQSh dollariga (20,9 %ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida 6 407,9 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan toʻrtta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, Qirgʻiziston Respublikasi, Tojikiston va Turkiya shular jumlasidandir. Qolgan 16 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (19,2 %), Rossiya Federatsiyasida (17,9 %), Qozogʻistonda (9,9 %), Turkiyada (8,6 %), Koreya Respublikasida (4,8 %), Qirgʻiziston Respublikasi (2,4 %) va Germaniyada (1,9%) qayd etilgan. 2021-yil yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 37,9 % MDH davlatlariga toʻgʻri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2020-yilning mos davriga nisbatan ulushi 7,8 %ga koʻpaygan. Boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2021-yilning yanvaravgust oylarida 2020-yilning mos davriga nisbatan 4,7 %ga kamaydi va jami TSAdagi ulushi 62,1 %ni tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021-yil yanvar-iyul holatiga koʻra 9 467,1 mln. AQSh dolla rini tashkil etdi. Shundan eksport 3 280,4 mln. AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 6 186,7 mln. AQSh dollari qiymatida qayd etildi. Oʻzbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (47,2 %), Qozogʻiston (26,2 %) hamda Qirgʻiziston Respublikasi (6,3%) davlatlari bilan qayd etildi. Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 7 812,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport hajmi 2 541,3 mln. AQSh dollari, import hajmi esa 5 271,4 mln. AQSh dollariga yetdi.
2.1-rasm. Tashqi savdo aylanma ulushlari
2.2.rasm- O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi va balansi
2.3.rasm- Oʻzbekiston Respublikasining asosiy hamkor davlatlarga amalga oshirgan importi hajmi va oʻsish sur’atlari
O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2013-yil 9-sentabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi hamda 2017 yil 12 maydagi Har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to'g'risida qo'shma bayonotga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019-yil 24-27 aprelda «Bir makon, bir yo‘l» Ikkinchi xalqaro forum doirasida ilgari surgan tashabbus va takliflarni to'liq va o'z vaqtida amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi2 . Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdosotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarni rivojlantiradi. Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi.