Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


Xufyona bozor institutsional tizim sifatida



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

3.Xufyona bozor institutsional tizim sifatida 
 
Xufyona sektor bilan bog‘liq eng katta xavf-xatar – bu bozor konstitutsiyasidan keskin farq 
qiluvchi xatti-harakatlar va bitimlar tuzishning alohida me‘yorlari shakllanishidir. Xufyona 
me‘yorlarning asosida ularning amal qilishi hududiy jihatdan va G‘ yoki shaxslarning ma‘lum 
doirasi tomonidan chegaralangan ijtimoiy mexanizmlar yotadi - qonunga bo‘ysunish 
me‘yorlarining mavjud emasligi, me‘yorlarning ijtimoiy mansubligidan qat‘i nazar barcha 
iqtisodiy sub‘ektlarga amal qilishiga imkon bermaydi. 
Xufyona me‘yorlarning yozilmagan va yakka hol xususiyati tufayli xufyona bitimlar tuzish 
uchun barchaga mos keladigan o‘yin qoidalarini ifodalab bo‘lmasa-da, xufyona iqtisodiyot 
«konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin. Ilmiy manbalarda bunga misol 
tariqasida iqtisodchilar va sotsiologlar tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan Italiya, Sitsiliya, 
Kalabriya va boshqa rivojlangan xufyona sektorga ega bo‘lgan mamlakatlar keltirilgan. 
Davlatning (dastlab Ispaniya, so‘ngra Italiya davlatining) kam ishtiroki va uning mahalliy 
aholining turmushini va mulkchilik huquqlarini himoyalashni ta‘minlashga layoqatsizligi Italiya 
janubi tarixiy rivojlanishining muhim omillari bo‘lgan. Davlat ushbu mintaqalarning uzoqda 
joylashganligi va o‘zi olib boradigan «bo‘lib ol va hokimiyat o‘rnat» siyosat tufayli ularning 
mavjudligi haqida shunchaki unutib qo‘ydi. Shuning uchun, ayniqsa feodal huquqning bekor 
qilinishi va mayda mulkdorlar sinfining shakllanishi munosabati bilan mulkchilik huquqlarini 
tafsirlash va shartnomalar bajarilishini ta‘minlashning davlatning aralashuviga muqobil 
mexanizmlari talab etildi. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoyalash bo‘yicha davlatga 
muqobil institut sifatida mafiya haqida dastlabki tilga olinishi feodalizmdan mayda va o‘rta er 
mulkchiligiga o‘tishning aynan shu pallasiga taalluqli. «Mafiya» atamasi odatda turli ma‘nolarda 
va turli xildagi hodisalarni yoritish uchun qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilda ushbu atamadan asosan 
bitimlarni tuzishda amalga oshiriladigan xatti-harakatning alohida me‘yorlari va na‘munalarini 
belgilash uchun foydalaniladi. Ya‘ni, mafiya rasmiy tashkilot bo‘lmasada, xatti-harakat va 
hukmdorlik munosabatlarining alohida xili hisoblanadi. Boshqacha aytganda, mafiya institut 
sifatida shaxslarga o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi faoliyatini 
muvofiqlashtirish imkonini beruvchi o‘yin qoidalarining yig‘indisidir. 
Birinchi me‘yor «o‘yin konstitutsiyasi» o‘zaro hamkorlik maqsadlarini aniqlashga 
taalluqli, uni sha‘n me‘yori sifatida ifodalash mumkin. Mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri 
(1890-1970 yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy maqsadi o‘zining foydaliligini oshirishdan 
emas, balki o‘z sha‘nini va o‘z oilasining sha‘nini saqlab qolishdan iborat bo‘lgan. Hatto o‘zini 
mafiya deb hisoblagan insonning o‘zini nomlashi – «sha‘n odami» - uning faoliyati maqsadining 
an‘anaviy xususiyatini tasdiqlagan. Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha‘n 
me‘yorini an‘anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap oilaning sha‘ni va obro‘si 
haqida, birinchi galda, er-xotinning sha‘ni haqida ketayapti. Sha‘nning yo‘qotilishi ijtimoiy 
o‘zaro munosabatlar sohasidan chiqarilishga olib keladi – uni yo‘qotgan insonlar hatto alohida, 
qishloqlarning chekkalarida yashashadi va faqat o‘z muhiti doirasida muloqatda bo‘lishadi. 
Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, 
balki sha‘n belgisi sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Agar utilitarizm me‘yorini oqilona harakat me‘yori to‘ldirsa, sha‘nni himoya qilish va 
tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad raqobatchiligi», erkaklar ega bo‘lgan zulm o‘tkazish 
salohiyatini doimiy ravishda taqqoslash (ta‘kidlash lozimki, mafiyaning madaniy sohasi – 
«machizm», ya‘ni erkakka sig‘inish)dir. Shaxs tomonidan hamkorlar ehtiyojlarini qondirish 
orqali foydalilikni oshirishning bozor tamoyili (unga ko‘ra almashuvning barcha ishtirokchilari 
yutadi)dan farqli o‘laroq, hasad raqobatchiligida ikkita g‘olib bo‘lishi mumkin emas: faqat bitta 
g‘olib mavjud – qolganlar hammasi – mag‘lublar. Kundalik turmushni tartibga soluvchi vosita 
sifatida zulm o‘tkazishdan foydalanish uchun taqiqlarning mavjud emasligi, zulm o‘tkazishni 
monopollashtirishga urinish iqtisodiy sohadagi mafiya vakillarining xatti-harakatlariga ham o‘z 
ta‘sirini o‘tkazmoqda. Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorda foyda olishga cheklashlar oshkora 


47 
tadbirkornikiga qaraganda kam. Xufyona tadbirkor zarur hollarda zulm qo‘llanilishi bilan to‘xtab 
qolmaydi, oshkora tadbirkor esa zulm o‘tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida 
erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun mafiya bilan bog‘liq 
korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari raqobat natijasida emas, balki yakka (alohida) 
monopoliyani hosil qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi. Mafiya qoidalari 
bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi bozor mukammal raqobat shartlaridan yiroqlashadi, bunday 
qoidalarning mavjud bo‘lishi iqtisodiy mexanizmlarning amal qilishi tartibini o‘zgartiradi. 
Navbatdagi me‘yor – ishonch – an‘anaviy xususiyatga ega, chunki u oila doirasida 
lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch bo‘lmasa, uning boshlig‘ining sha‘ni tushunchasi o‘z 
kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an‘anaviy tarzda oila turmushining bazaviy 
tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor 
konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo‘lishi mumkin emas. 
Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko‘pi bilan 70-80, kamida 7) kishidan 
iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari asosida shakllanadigan guruhni o‘zida namoyon etadi. 
Sossa faoliyati doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a‘zolari bilan do‘stona munosabatlar 
orqali bir-biriga bog‘liq. 
Oila ichidagi munosabatlarni qurish uchun foydalaniladigan ishonch mafiyaning iqtisodiy 
faoliyatini ham belgilab beradi. Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorlarning raqobat jihatdan yana bir 
ustunligi bo‘lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini qurish hisoblanadi – mafiya 
shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng yaxshi kafolati hisoblanadi. D.Gambetta 
yozganidek, mafiyani bozorning ishonchning «tabiiy» darajasi haddan ziyod past bo‘lgan va 
bitim tuzish imkonini bermaydigan sektorlarida va ana shunday mintaqalarda (Italiya Janubida 
bunday holat o‘rin tutadi) ishonchni tug‘dirish, reklama qilish va sotish bilan shug‘ullanuvchi 
alohida korxona sifatida namoyon etish mumkin. Shuningdek, ishonch yuqori bo‘lmagan 
sharoitda amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan xufyona bitimlarga va taqiqlangan 
tovarlar (qurol, giyohvandlik moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e‘tibor qaratiladi. Tovar 
sifatida ishonchning o‘ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya uni sotishni g‘ayrioddiy usul 
bilan – oila-qarindoshchilik, do‘stona yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni 
aralashtirish orqali amalga oshiradi. Xususan, mafiyaning iqtisodiy faoliyatini yoritish uchun 
ko‘pincha mafiyaning oilaviy aloqalari asosida tashkil etiladigan «tarmoq» tushunchasidan 
foydalaniladi. Aynan o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashuvchi tarmoqlar doirasida 
«o‘zlariniki» o‘rtasida yuqori ishonch salohiyatidan foydalanuvchi mafiyaning asosiy iqtisodiy 
faoliyati amalga oshiriladi. 
Bitimlar bo‘yicha hamkorlarni «o‘ziniki» va «begona» toifasiga bo‘lish printsipial jihatdan 
muhim, bu erda gap ikkita standart, ikki xil xatti-harakat haqida boradi. «O‘ziniki» doirasida 
sha‘n va obro‘ga birgalikdagi sa‘y-harakatlar orqali erishiladi va himoya qilinadi, munosabatlar 
ishonch asosida quriladi. «O‘ziniki» va «begona» o‘rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‘lishi 
muqarrar, ishonch esa dushmanlik va zulmga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Xatti-harakatning ikki 
yoqlama standarti mantig‘iga yana bir muhim me‘yor – mahfiylik kiritiladi. Ushbu me‘yor tashqi 
olam bilan, ayniqsa, davlat vakillari bilan munosabatlarda to‘liq yopiqlikni belgilab beradi, uning 
teskari tomoni sifatida to‘liq ochiqlik va oila a‘zolaridan faqat haqiqatni gapirishni talab qilish 
ishtirok etadi. Haqiqiy mafiozlar hamma vaqt jim turishadi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin