Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

4.Jahonda xufyona iqtisodiyot 
 
Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy tizimlarning barcha xillariga xos bo‘lib, uning ko‘lamlari 
rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham g‘oyat keng. 
2015-yillarning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot 
YaIMning o‘rtacha 12 foiziga, o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda 23 foiziga, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 39 foiziga teng bo‘lgan. 
2015 yilda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Gretsiya (YaIMning 29,0 foizi), Italiya (27,8%), 
Ispaniya (23,4%), Belgiya (23,4%) ―etakchilik qildi‖. Irlandiya, Kanada, Frantsiyada ham 


48 
xufyona iqtisodiyotning ko‘lamlari keng – 14,9 foizdan 16,3 foizgacha. Bu borada Avstriya 
(9,1%), AQSh (8,9) va Shveytsariya (8,0) eng qulay hisoblanadi16. 
Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarining eng tez sur‘atlar bilan o‘sishi Gretsiya, Italiya, 
Shvetsiya, Norvegiya va Germaniyada kuzatilmoqda. Masalan, Germaniyada 2016 yilda xufyona 
sektorning o‘sishi 3,5 foizni, ayni paytda YaIMning o‘sishi esa 1 foizni tashkil qilgan. Jami 
xufyona sektor YaIMning 16,5 foizini tashkil qiladi. 
Xufyona sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda eng keng ko‘lamlarga ega. Masalan, 
xufyona sektor Nigeriyada YaIMning 76 foizini, Taylandda 71 foizini, Misrda 68 foizini, 
Boliviyada 66 foizini, Panamada 62 foizini tashkil qiladi. 
XX asrning so‘nggi o‘n yilligi sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalga oshirilgan chuqur 
islohotlar bilan bog‘liq. Ham siyosiy, ham huquqiy tizimning beqarorligi iqtisodiy sohaga ham 
salbiy ta‘sir ko‘rsatdi17. Ushbu mamlakatlarda xufyona iqtisodiyotning o‘sish sur‘atlari 7.2-
jadvalda keltirilgan. 
Quyidagi jadval ma‘lumotlari o‘z mualliflari tomonidan elektr-muvazanat usuli yordamida 
hisoblab chiqilgan. Mazkur usul g‘oyasi shundan iboratki, elektr energiyasini g‘amlab bo‘lmaydi 
va shuning uchun iste‘mol qilinayotgan energiya hajmining o‘sish sur‘atlari YaIM o‘sish 
sur‘atlariga qaraganda yuqori bo‘lishi energiyaning xufyona iste‘mol qilinayotganligidan dalolat 
beradi. 
6.3-jadval 
O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun xufyona iqtisodiyotning YaIMdagi 
ulushi dinamikasi (YaIMga nisbatan foiz hisobida)* 
Mamlakatlar 
1989
1990
1991
2012
2013
2014 
2015
Ozorbayjon 
12,0 
21.9 
22,7 
39,2 
51,2 
58,0 
60,6 
Belarus 
12,0 
15,4 
16,6 
13,2 
11,0 
18,9 
19,3 
Bolgariya 
22,8
25,1
23,9
25,0
29,9
29,1
36,2
Vengriya 
27,0
28,0
32,9
30,6
28,5
27,7
29,0
Gruziya 
12,0
24,9
36,0
52,3
61,0
63,5
62,6
Qozog‘iston
12,0
17,0
19,7
24,9
27,2
34,1
34,3
Latviya 
12,0
12,8
19,0
34,3
31,0
34,2
35,3 
Litva 
12,0 
11,3 
21,8 
39,2 
31,7 
28,7 
21,6 
Moldova 
12,0 
18,1 
27,1
37,3
34,0
39,7
35,7 
Polsha 
15,7 
19,6 
23,5
19,7
18,5
15,2
12,6
Rossiya 
12,0 
14,7 
23,5
32,8
36,7
40,3
41,6
Ruminiya 
22,3 
13,7 
15,7
18,0
16,4
17,4
19,1
Slovakiya 
6,0 
7,7 
15,1
18,0
16,4
17,4
19,1
O‘zbekiston 
12,0 
11,4 
7,8
11,7
10,1. 
9,5
6,5
Ukraina 
12,0 
16,3 
25,6
33,6
38,0
45,7
48,9
Chexiya 
6,0 
6,7 
12,9
16,9
16,9
17,9
11,3
Estoniya 
12,0 
19,9 
26,2 
25,4 
24,1 
25,1 
11,8 
Manba: Jensen M. Politics and Enterpreneurships in Transition Esonomies G‘ M.Jensen, P.Kaufmann, A.Sheifer G‘G‘ 
Working Paper, - 1997G‘ WDI. - № 57. 
Xufyona sektor dastlabki besh yilda Ozorbayjon va Gruziyada eng keng ko‘lamlarga ega 
bo‘lgan – tegishlicha YaIMning 60,6 va 62,6 foizini tashkil qildi. Keyingi o‘rinlarda Rossiya 
(41,6%), Bolgariya (36,2%), Moldova (35,7%), Latviya (35,7%) va Qozog‘iston (34,3%) turadi. 
O‘zbekistonda esa ushbu ko‘rsatkich boshqa davlatlarga nisbatan eng past darajada bo‘lgan. 
Xulosa 
Iqtisodiy sub‘ekt tomonidan o‘z biznesi uchun institutsional muhitni – oshkora yoki 
xufyona – tanlash to‘g‘risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda 
yuzaga keladigan transaktsiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, 
qonunga bo‘ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq 
imperativning ta‘siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal 
16 Эксперт. 2015. №12 (223) от 27 марта. 
17 Jensen M. Politics and Enterpreneurships in Transition Есоnomies / M.Jensen, P.Kaufmann, A.Sheifer // Working Paper, - 
2016/ WDI. - № 57 


49 
qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunishga undovchi 
omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaktsiya xarajatlarini 
pasaytirish yo‘li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan taqdirda, paydo 
bo‘ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bitimlar amalga oshiriladigan o‘yin qoidalarida, birinchi galda 
bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o‘ziniki» va «begonalarga» 
ajratish bilan katta farq qiladi. O‘zinikilarga nisbatan opportunizmni oldini olishning ijtimoiy 
mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o‘zaro yordam me‘yorlari hukmronlik qiladi. Aksincha, 
«begonalarga» nisbatan opportunizm me‘yor bo‘lib qoladi. Xufyona iqtisodiyot «hasadguylik 
raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat, xufyona 
iqtisodiyot eng yuqori darajada turli ko‘rinishga ega va u to‘liq tizim shaklini qabul qilmaydi 
hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va majburiy bo‘lgan konstitutsiyani qabul 
qilmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, qonunga bo‘ysunishning yuqori bahosiga muqobil variant 
ham g‘oyat qimmat turadi.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin