16
24 -m. Lq
O‘ndirish ko‘rinishidagi
javobgarlik huquqi
227 -m. FK,
12, 24 -m. Lq
592 -m. FK,
11 -m. Lq
-
Qoldiq xususiyat huquqi
-
12, 20 -m. Lq
-
Izoh: FK – O‘zR Fuqarolik kodeksi, Fxq – O‘zR ―Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida‖gi Qonun, Lq – O‘zR
―Lizing to‘g‘risida‖gi Qonuni, m. – modda.
*Manba: Amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida muallif ishlanmalari
Ma‘lum muddatga ijaraga olingan er uchastkasi uchun fermer tomonidan davlatga ijara haqi
to‘lanadi. Davlat, o‘z navbatida, fermerning er uchastkasiga bo‘lgan huquqini shu muddat ichida
mustahkam himoyasini ta‘minlaydi. Ya‘ni bu holatda fermer uchun ushbu huquqlarni o‘z ichki
imkoniyatlari bilan himoyalashdan ko‘ra, bu vazifani davlatga yuklab, o‘zi ijara haqi to‘lagani
foydaliroqdir.
Ma‘lumki, fermer xo‘jaliklari mavsum paytida turli qishloq xo‘jaligi texnikasi (mashina, traktor
va boshqa transport vositalar)ga muhtojlik sezadi. Tegishli texnikani lizing orqali olish ushbu
muammoning samarali echimi hisoblanadi. Lizing orqali olingan texnikaga bo‘lgan mulkiy huquqlarning
taqsimoti 7.5-jadvalda ko‘rsatilgan.
7.5 -Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ushbu huquqlar bir sub‘ekt uchun belgilanmagan, balki uchta (fermer
xo‘jaligi, lizing kompaniyalari va banklar) o‘rtasida taqsimlangan. Fermer tomonidan lizing shartnomasi
asosida olingan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish huquqi fermerning o‘ziga tegishli, ayni paytda
ushbu texnikaga egalik qilish huquqi, fermer lizing to‘lovini to‘liq amalga oshirguniga qadar, uni mablag‘
bilan ta‘minlagan bankka tegishlidir.
Fermer xo‘jaliklarining asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirishdan iborat. Ushbu
mulkka bo‘lgan huquqlar ―tutami‖ vaziyati oldingilarga o‘xshash, ya‘ni fermer xo‘jaligi, ushbu
mahsulotni qabul qiluvchi (qayta ishlovchi) korxonalarga hamda davlatga tegishli (7.6-jadval). Chunki
fermer xo‘jaliklari nafaqat o‘z ehtiyojlari uchun, balki davlat buyurtmasi yoki kontraktatsiya
shartnomasiga asosan mahsulot etishtiradi. Birinchi holatda ushbu mulkga bo‘lgan deyarli barcha
huquqlar ―tutami‖ er uchastkasiga bo‘lgan ijara muddati tugagunga qadar fermer xo‘jaliklarida mujassam,
u mutlaq egasi hisoblanadi. Ikkinchi va uchinchi holatda esa huquqlar fermer xo‘jaligi mahsulotni mulk
qilib topshirgandan keyin qayta ishlovchi tashkilot yoki davlat korxonalarga o‘tadi. Aynan shunday
o‘xshash murakkab mulkiy huquqlar taqsimoti boshqa aylanma vositalarga, masalan pul mablag‘lari,
mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallarida ham kuzatiladi.
7.6-jadval.
Dostları ilə paylaş: