Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

3. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi asosida hal etish 
Tashkilotni amaliy tahlil qilishga kelishuvlar nazariyasi ham o‘z ulushini qo‘shadi. Uning 
yordamida tashkilot ichidagi nizolar tabiatini, optimal shartnoma nazariyasi va transaktsiya 
xarajatlari nazariyasining tarafdorlari taklif etganidek, «printsipal» va «agent» manfaatlarining 
qarama-qarshi qo‘yilishiga yo‘yish mumkin emas. Kelishuvlar nazariyasi tashkilot tuzilmasining 
murakkabligi
dan kelib chiqadi – u turli xildagi kelishuvlar unsurlarini o‘z ichiga oladi. Odatda, 
har qanday tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi kamida quyidagi kelishuvlar imperativiga javob 
berishi lozim: bozor, industrial, an‘anaviy, fuqarolik, ijodiy faoliyat va ijtimoiy fikr. Har qanday 
tashkilot, hatto foyda ko‘rmay ishlayotgan korxona ham, o‘zining daromadlarini xarajatlarga 
muvofiqlashtirishi va o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarishi zarur (bozor kelishuvining 
unsurlari). Har qanday tashkilotni boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va, o‘z navbatida, 
industrial kelishuv unsurlaridan foydalaniladi. Tashkilot ichida o‘zining alohida madaniyati, 
eskilik to‘plamining shakllanishi uning faoliyatida an‘anaviy kelishuvlar unsurlarining paydo 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Tashkilotda «agentlar» birlashgan manfaatlari - kasaba uyushmasi 
vakilining ishtiroki, shuningdek tashkilot 
ichki
hayotining mehnat to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga bo‘ysunishi fuqarolik kelishuvi impertivini o‘zida aks ettiradi. Tashkilotning 


48 
ishbilarmonlik doiralaridagi obro‘si yoki iste‘molchilar o‘rtasida uning tovar belgisining 
mashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat, keng ma‘nodagi 
innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab chiqarishdan tortib to tashkiliy 
tuzilmani optimallashtirishgacha) tashkilotning faoliyat ko‘rsatishida ijodiy faoliyat imperativini 
aks ettiradi. Shunday qilib, tashkilot asosida turli imperativlar o‘rtasidagi 
nizolar
yotadi. 
Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko‘rsatishi jarayonida 
yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko‘pmi muntazam yoritishdan iborat, balki u murosaning 
turli ko‘rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan, 
korxona rahbari, ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste‘molchilarga 
taklif etilayotgan mahsulot narxini pasaytirishni ko‘zlagan holda, bosh muhandis (inustrial 
kelishuv) va sotuv bo‘limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o‘rtasidagi nizoni hal 
etish yo‘lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor kelishuvlari 
o‘rtasidagi murosaning bunday ko‘rinishini shunday izohlaydi: ishlab chiqarishni uzluksiz 
tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar tannarxini pasaytirish, sotuvni 
rag‘batlantirish va hatto iste‘molning yangi standartini tashkil etish imkonini beradi. 
Frantsuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua» yangi pishloq navini ishlab 
chiqarish to‘g‘risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Ushbu 
qaror an‘anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va pishloqning ushbu xili 
ko‘p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida 
istemolchining nozik didli talablarini qondirishga urinish ta‘siri ostida qabul qilingan edi. 
Mazkur korxona faoliyat ko‘rsatishini belgilab beruvchi bozor, an‘anaviy, inustrial kelishuvlar 
hamda ijtimoiy fikr to‘g‘risidagi kelishuv murosasi ko‘zga tashlanib turibdi (10.2-rasm.). 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin