Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Davlatning institutsional tabiati



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

2. Davlatning institutsional tabiati 
 
Kelishuvlar va almashuvning oddiy shakllaridan tortib to hozirgi davrning 
rivojlanayotgan iqtisodiyotini ajratib turuvchi murakkab shakllargacha bo‘lgan inson 
hamkorligining evolyutsiyasi o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda yuz bergani yo‘q. 
Iqtisodiy tarixning katta qismida mayda ishlab chiqarish va mahalliy savdo-sotiq 
jarayonida tomonlarning individuallashgan munosabatlari bilan tavsiflanuvchi almashuv xili 
ustunlik qildi. Bunday almashuv takrorlanib turishi, madaniy gomogenlik (ya‘ni boyliklar 
umumiy to‘plamining mavjudligi) va uchinchi shaxslar tomonidan nazorat va majburlovning 
mavjud emasligi bilan ajralib turadi. Bunday almashuv ishtirokchilari uchun cheklovlar qonli 
aloqalar, garovlar, garovga olinganlarni almashish kabi holatlarlar tufayli yuzaga kelardi. 
Jamiyatning rivojlanishi bilan almashuv turlari ko‘paydi, ko‘proq ilgari belgilangan 
cheklovlar doirasidan tashqariga chiquvchi almashuv harakatlari amalga oshirildi. Bunday 
individuallashtirilmagan almashuv bozorni kengaytirish hamda yanada murakkab ishlab 
chiqarish va kichik jug‘rofiy yoki etnik birliklar doirasidan tashqariga chiquvchi bitimlar 
foydalarini sotish imkonini berdi. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan yanada murakkab kelishuvlar 
shartnomalardan foydalanishni ta‘minlovchi qo‘shimcha institutlarning shakllanishiga yordam 
berdi. Almashuvning ushbu xili davlatning shakllanishiga va ixtisoslashgan institutlarning 
savdogarlarni himoyalash va savdo kodekslarini qabul qilishdagi rolining o‘sishiga xizmat qildi. 
Shunday qilib, almashuvning uchinchi shakli paydo bo‘ldi – bu uchinchi tomondan 
nazorat qilinadigan individuallashtirilmagan almashuv. Uchinchi tomondan kelishuvlar 
shartlarining ta‘minlanishi hech qachon ideal va mukammal bo‘lmaydi va u almashuv 
ishtirokchilari uchun katta xarajatlar bilan bog‘liq. Davlat rivojlanishining dastlabki bosqichida 
uning faoliyatini ikki tomondan tavsiflash mumkin: bir tomondan – u mulk huquqlarini 
himoyalash va ta‘minlash manbai bo‘lib xizmat qildi, ikkinchi tomondan – ushbu funktsiyalarni 
ko‘pincha almashuv ishtirokchilari uchun katta miqdordagi transaktsiya xarajatlari evaziga 
amalga oshirdi. Biroq, tomonlarning kelishuvlarni mastaqil ravishda ta‘minlashi yanada katta 
xarajatlar bilan bog‘liq edi, chunki murakkab jamiyatlarda xatti-harakatning opportunizim 
(aldash, tovlamachilik) kabi shakllari foydaliroq bo‘ladi. 
Davlat rivojlanishining yuqorida keltirilgan bosqichlariga davlat tuzilishining quyidagi 
turlari mos keladi
31

1)
unda qonun chiqaruvchi, sud va huquqni muhofaza qilish organlari va umumiy 
qoidalar mavjud bo‘lmagan hamjamiyat; 
2)
unda mutlaq huquqlarni tafsirlovchi umumiy qoidalar, qonun chiqaruvchi organ, 
sudlar mavjud bo‘lgan, lekin politsiya yoki armiya mavjud bo‘lmagan va bu bilan qonunga rioya 
etishga majburlash alohida xususiyatga ega bo‘lgan jamiyat; 
3)
unda davlat qoidalarni belgilaydi, nizolar yuzaga kelganda hakamlar sudi 
funktsiyasini bajaradi va mutlaq huquqlarni ta‘minlaydi
32


Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin