Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

4. Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari 
Davlatning xilini aniqlash (shartnomaviy yoki ekspluatatorlik) davlat byudjetining tarkibini 
tahlil qilish imkonini beradi. Firmaning balansi kabi davlat byudjeti ham institutsional tahlil 
uchun zarur bo‘lgan etarli miqdordagi axborotni beradi. Talab etiladigan ma‘lumotlar qabul 
qilingan va real ijro etilgan davlat byudjeti daromadlar va xarajatlar qismlarining qator 
moddalarida mujassamlangan. Bundan tashqari, agar byudjet taqchilligi mavjud bo‘lsa, uni 


64 
qoplash usullari davlatning muhim tavsifi hisoblanadi. Quyida davlat byudjetining taxminiy 
tarkibini keltiramiz: 
DAROMADLAR 
XARAJATLAR 
Soliq daromadlari, 
shu jumladan: 
foyda solig‘i 
darmoad solig‘i 
qo‘shilgan qiymat solig‘i 
maxsus soliqlar 
aktsizlar 
eksport-import bojlari 
resurs to‘lovlari 
letsenziyalar 
Soliqdan tashqari daromadlar, 
shu jumladan: 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatdan 
daromadlar 
davlat mulkida bo‘lgan aktivlar 
davlat 
zahiralarini 
amalga 
oshirish 
Byudjet kreditlarini qaytarish 
Maqsadli byudjet fondlari 
Iqtisodiyotga byudjet kreditlari 
Tashqi iqtisodiy faoliyat 
Ijtimoiy-madaniy tadbirlar 
Fan 
Mudofaa 
Huquqni muhofaza qilish faoliyati 
Adliya 
Davlat boshqaruvi 
Davlat zahiralarini to‘ldirish 
Favqulodda 
holatlar 
bo‘yicha 
xarajatlar 
Xizmat ko‘rsatish hamda tashqi va 
ichki qarzni to‘lash 
Mahalliy byudjetlarni moliyalash 
 
Jami 
Jami 
Taqchillik 
Davlatni u yoki bu xilga kiritishning birinchi mezoni – bu daromadlar turli moddalarining 
nisbati. Soliqdan tashqari tushumlarning ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvi shunchalik faol bo‘ladi – bunday holatda uning roli shartnomalar bajarilishining oddiy 
kafili doirasidan tashqariga chiqadi. Byudjet soliqdan tashqari daromadlari ulushining 
dinamikasi barqaror tendentsiyaning mavjudligi haqida gapirish imkonini bermaydi. Buning 
ustiga turli xildagi soliq tushumlari nisbatining tahlili ularning musodara xususiyati haqida (renta 
to‘lovlari va maxsus soliqlar ustinlik qilishida), yoki soliq tizimining ishlab chiqarish faoliyatini 
rag‘batlantirish maqsadlariga bo‘ysunishi («bozor» soliqlari: foyda solig‘i, QQS, aktsizlar, 
daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i ustunlik qilgan holatda) haqida fikr yuritishga imkon beradi. 
Ta‘kidlash lozimki, byudjetda «bozor» soliqlarining ulushi barqaror qisqarish tendentsiyasiga 
ega. Shuningdek, soliqlarning yig‘ilishi, ya‘ni amaldagi soliq tushumlari va soliq solish 
bazasining real miqdorlaridan kelib chiqib hisoblab yozilgan soliqlar o‘rtasidagi nisbat 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ham muhim axborotni o‘zida mujassamlantiradi. Soliqlarning yig‘ilishi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, davlat shartnomaviy modelga shunchalik yaqin bo‘ladi. 
Ikkinchi mezon – davlat xarajatlarining tarkibi va birinchi navbatda real moliyalangan 
hamda davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan xarajatlar nisbati. Ekspluatatorlik 
davlatida uning majbur qilish salohiyatini saqlab qolish va kuchaytirish bilan bog‘liq xarajatlar 
(«kuch ishlatuvchi» vazirliklarni saqlab turish xarajatlari) hamda bevosita davlat apparatini 
saqlab turish uchun yo‘naltirilgan xarajatlarni moliyalashning ustuvorligi o‘rin tutadi. Mudofaa, 
huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat apparati xarajatlarni katta tayyorgarlik bilan amalga 
oshiradi. 


65 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin