Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Xarajatlar moddalari 
Huquqni muhofaza qilish faoliyati (adliyasiz) 
Ijtimoiy-madaniy tadbirlar 
Davlat boshqaruvi
Xalqaro faoliyat (shu jumladan davlatning tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish) 
Mudofaa 
Uchinchi mezon – byudjet taqchilligini moliyalash usullari. Byudjet taqchilligini 
qoplashning uchta asosiy usuli – Markaziy bankning hukumatga kreditlari, tashqi va ichki 
qazlardan ekspluatatorlik davlati birinchisini afzal ko‘radi. Bundan tashqari, markaziy bankning 
kreditlaridan foydalanish davlatga musodara xususiyatiga ega bo‘lgan «inflyatsiya solig‘i» orqali 
daromad olish imkonini beradi. Aksincha, shartnomaviy davlat byudjet taqchilligini 
moliyalashning eng kam inflyatsiya usuli – tashqi bozordagi qarzlarni afzal ko‘radi. Ichki 
bozordagi qarzlar uzoq muddatli davrda inflyatsiya xavfini tug‘diradi va jamiyat umumiy 
farovonligining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, chunki moliyaviy resurslar real sektordan davlat qarz 
majburiyatlari bozoriga oqib ketadi. 
Byudjet taqchilligini moliyalash usuli 
MB kreditlari, tashqi kreditlar, qimmatli qog‘ozlar
Xazina maajburiyatlari 
 
5. Korruptsiya muammosi 
Korruptsiya nazariyasining rivojlanishi davlatning iqtisodiyotdagi roli to‘g‘risidagi 
masalaga nisbatan yangicha yondashuvga misol bo‘ladi va shu bilan birga nazariy jihatdan to‘liq 
anglab etilmagan tajribadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosa qilishning xavfliligini o‘zida namoyon 
etadi. 
Faqatgina 1970-yillarga kelib korruptsiyaning iqtisodiy muammo ekanligi anglab etildi. 
Korruptsiya – bu nafaqat rivojlangan va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarning, balki 
butun 
jahonning 
muammosi. 
13.1-jadvalda 
iqtisodiy 
rivojlanish 
va 
jamiyatning 
demokratlashganlik darajasi bo‘yicha mutlaqo turlicha bo‘lgan 50 ta mamlakat bo‘yicha 
korruptsiyalanish indeksi keltirilgan. 
Korruptsiyalanish indeksi quyidagi qator omillarni baholash usullari yordamida hisoblab 
chiqilgan: yuridik qoidalarning ochiq-oydinligi, idoraviy tuzilmalarning etukligi, erkinlashish 
darajasi, litsenziyalar olish va ro‘xatdan o‘tkazishning qiyinligi, sud tizimlarining samaradorligi, 
byurokratiyaning omilkorlik darajasi, fiskal tizimning samaradorligi va ochiq-oydinligi, bojxona 
ishining samaradorligi va h.k. Mamlakatning indeksi (noldan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha) 
qanchalik yuqori bo‘lsa, uning korruptsiyalanish darajasi shunchalik past bo‘ladi. 
Byurokratik apparatning korruptsiyasiga qarshi kurashish muammosiga turli xalqaro 
tashkilotlar, shu jumladan Jahon bankining materiallarida katta e‘tibor qaratiladi. 13.2-rasmda 
byurokratiyaga qarshi kurashish va davlat institutlarining qobiliyatini oshirish yuzasidan asosiy 
tadbirlar keltirilgan. 
Mazkur dasturning asosiy bandlari quyidagilardan iborat: 
-
samarali normalar va cheklovlarni qabul qilish; 
-
davlat xizmatchilari, shuningdek davlat va xususiy sektor sohasida raqobatni 
kuchaytirish; 
-
davlatni insonlarga yaqinlashtirish: fuqarolar bilan davlatning o‘zaro hamkorligini 
kuchaytirish, fuqarolar fikrlarini hisobga olish; 


66 
-
byudjetning o‘sishini ichki barqarorlashtiruvchi vositalarini yaratish, masalan, ijro 
etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyatlari, qarorlarni kim belgilashi, qabul qilish va 
amalga oshirishi ustidan nazorat qilish. 
13.1-jadval 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin