Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Davlat va «printsipal-agent» muammosining mohiyatini tushuntiring. 
2.
«Shartnomaviy» davlatga ta‘rif bering. 
3.
«Shartnomaviy» davlat qanaqa sharoitlarda mavjud bo‘ladi 
4.
«Ekspluatatorlik» davlatining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat? 
5.
Davlat xususiyatini belgilashning qanday usullari va mezonlari mavjud? 
6.
Korruptsiya va unga qanaqa omillar ta‘sir ko‘rsatadi? 
39
Государство в меняющемся мире. Отчет о мировом развитии 1997. – М.: ПРАЙМ-ТАСС, 1997. – С. 39. 


68 
14-Mavzu. Uy xo’jaligi va uning xillari 
Reja 
1. Uy xo’jaligi iqtisodiyot sub’ekti sifatida 
2. Uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatishida mutaassiblikning roli
3. Uy xo’jaligining xillari
 
Tayanch so’z va iboralar: 
uy xo‘jaligi, tadbirkorlik, oila xo‘jaligi, inson kapitali, buyruqbozlik 
iqtisodiyotida uy xo‘jaligi, bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaligi o‘tish iqtisodiyotidagi uy xo‘jaligi. 
 
1. Uy xo’jaligi iqtisodiyot sub’ekti sifatida 
Uy xo‘jaligi iqtisodiy faoliyatning muhim sub‘ektlaridan biri hisoblanib, nafaqat oila 
yoki xo‘jalik, balki butun mamlakat aholisining farovonligi uning natijalariga bog‘liq. Uy 
xo‘jaligi iqtisodiyotning yirik sektori sifatida tijorat korxonalari va davlat bilan bir qatorda 
barcha makroiqtisodiy tartibga solish jarayonlarida ishtirok etadi. Shu nuqtai nazardan uy 
xo‘jaligining tarkibi, maqsadi va asosiy vazifalarini o‘rganish oila biznesi (tadbirkorligi)ni 
tashkil etish va uni yuritish uchun muhim asos bo‘lbi xizmat qiladi. Ularning turlarini taqqoslash 
uy xo‘jaligining bozor munosabatlariga mos turini va uning tarkibini tanlash imkonini beradi. 
R.Kouzning ―Firmaning tabiati‖ maqolasida firma tashkiliy tuzilma sifatida ―qora quti‖ 
deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo‘jaligiga nisbatan ko‘proq mos keladi. 
Uy xo‘jaligi
 
to‘g‘risida so‘z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo‘jaligi 
tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila-qarindoshchilik 
aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy xo‘jaligi esa umumiy vazifalar, 
yashash joyi, byudjet va odatda oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini 
o‘zida namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, oila faoliyati ko‘plab o‘lchamlarni o‘z ichiga oladi: 
biologik, demografik, ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo‘jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining 
birgina-iqtisodiy turiga yo‘naltiradi. Uy xo‘jaligining asosiy funktsiyasini 
inson kapitalini
shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. Bu o‘z navbatida, insonning 
bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig‘indisi sifatida tushuniladi. 
Inson kapitalini shakllantirish bo‘yicha uy xo‘jaligi faoliyatining tarkibi izohlangan. Uy 
xo‘jaligini yuritish uning a‘zolarining oila biznesida ishtiroki hamda oila kapitalini uni 
shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirish asosiy masala hisoblanadi. 
Uy xo‘jaligi uchun faqat ―qora quti‖ga ―kirish‖dagi (ish haqi, soliqlar chiqarib tashlangan 
davlat tomondan ijtimoiy transfertlar) va undan ―chiqish‖dagi (inson kapitali,mehnat, 
jamg‘arma, iste‘mol) omillar ma‘lum. J.Gelbreyt ta‘kidlaganidek [36], uy xo‘jaligi odatda 
iste‘mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan tenglashtiriladi hamda tashkilotni tavsiflovchi 
hokimlik munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqiladi
40
. Aksincha, institutsional 
nazariya uy xo‘jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida 
tahlil qilishga e‘tibor qaratadi. Hokimlik munosabatlarining uy xo‘jaligi doirasida yuzaga 
keladigan o‘ziga xoslik shundan iboratki, ular 
oddiy
va 
individuallashtirilgan 
xususiyatga ega: 
14.1-jadval 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin