Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

3. Uy xo’jaligining xillari
 
 
Uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatishidagi mutaassibliklar rolini tahlil qilish uning tarkibining 
u harakat qilayotgan institutsional muhitning o‘ziga xos xususiyatlari bilan shartlanganligini 
tushunishga yordam beradi. Haqiqatdan ham, uy xo‘jaligi insonni tashqi muhitning 
noaniqligidan, unga yuklatiladigan o‘yin normalari va qoidalaridan, kundalik muammolarga 
ortiqcha e‘tibor qaratishdan saqlaydi. Binobarin, institutsional muhit xususiyatlari (noaniqlik 
darajasi, rasmiy va norasmiy me‘yorlarning o‘zaro nisbati, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar tezligi) 
uy xo‘jaligining tarkibiga ta‘sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, firma yoki davlatning universal 
modeli bo‘lmagani kabi, uy xo‘jaligining ham universal modeli mavjud emas. Shu munosabat 
bilan uy xo‘jaligining uchta xilini yoritishga harakat qilamiz: bozor instituti hukmronligi 
sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi, buyruqbozlik iqtisodiyoti instituti hukmronligi sharoitida 
faoliyat ko‘rsatuvchi va buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida 
faoliyat ko‘rsatuvchi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo’jaligi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotida inson kapitalini 
tiklash bir qator muammolarga duch keladi. Tashqi muhitning barqaror xususiyatga egaligiga 
qaramasdan, uy xo‘jaligining kundalik hayoti iste‘mol tovarlari va xizmatlarning tanqisligi bilan 
murakkablashadi. Boshqa holatda mahsulotlar yoki kiyim-kechak xarid qilishning mutaassiblik 
tadbiri ko‘p vaqt, kuch va ruhiy xayajonlarni talab qiluvchi jarayonga aylanadi. Bundan tashqari, 
totalitar davlat xususiy sohani himoya qilishning faqatgina kafolatlarini o‘zida namoyon qiladi. 
Umuman buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida davlat tomonidan himoyalangan shaxsiy hayot 
sohasining mavjud bo‘lishi haqida gapirib bo‘lmaydi. Bu bilan oila va uy xo‘jaligini 
kuchaytirishga bo‘lgan talab kuchayadi: faqat ushbu tashkilotlar insonning shaxsiy muhitini 
himoya qilishga qodir. 
Uy xo‘jaligining tarkibi va uning xo‘jalik aloqalari ko‘p jihatdan aynan o‘zaro xizmatlar 
ko‘rsatish (―sen-menga, men-senga‖) tamoyili bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan ―g‘arazli aloqalar‖ni 
barpo etish jarayoni bilan shartlanadi. Taqchillik iqtisodiyotida uy xo‘jaligi eng noyob 
resurslarni birlashtirish natijasida paydo bo‘ldi. Bunday resurslar tanqis tovarlar va xizmatlarning 
o‘zlari emas, balki ularga ―ruxsat berish xizmatlari‖ edi. 
Ruxsat berish xizmati uchun hech qanaqa shaxsiy mablag‘lar kerak emas edi. ―Shaxsiy 
cho‘ntakdan emas, balki davlat yoki jamiyat cho‘ntagidan yordam, xizmat ko‘rsatish sohasiga 
esa – ―o‘zga‖ mijozlar hisobidan ko‘rsatildi. Tanqis tovar va resurslardan foydalanishda ustunlik 
partiya-davlat apparati, savdo, transport xodimlari, tez-tez xorijga safar uyushtiruvchilarga 
(artistlar, sportchilar, diplomatlar), shuningdek, alohida mintaqa va shaharlarning oddiy 
fuqarolariga (ro‘yxatga ko‘ra) berilardi. 
Taqchillik iqtisodiyotida uy xo‘jaligining shakllanishini iqtisodiy jihatdan asoslash uning 
negizida tanqis tovar va resurslardan foydalanishni kengaytirishdan iborat bo‘lgan. Partiya-
davlat ierarxiyasidagi o‘rniga qarab noyob resurslardan foydalanishning tabaqalanishi uy 
xo‘jaligi va davlatning o‘zaro munosabatlarining alohida xilini shartlab beradi. Uy xo‘jaligi 
byudjet cheklovlari korxonaning byudjet cheklovlariga qaraganda ancha qat‘iy bo‘lishiga 
qaramasdan, uy xo‘jaligi tomonidan davlatdan olinadigan pul (ijtimoiy transfertlar) va pul 
bo‘lmagan (nufuz, taqchil tovarlardan foydalanishda ustunlik) shakldagi ―renta daromadlari‖ni 


71 
hisobga olish lozim. Uy xo‘jaligi davlatga qaramligining yuqori darajasi buyruqbozlik 
iqtisodiyotining 
etakratik
tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi: ―U yoki bu ijtimoiy guruh 
davlat hokimiyati boshqaruviga va davlat resurslarini taqsimlash tarmoqlariga qanchalik yaqin 
bo‘lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei shunchalik yuqori bo‘ladi‖
41
. Shuning uchun uy 
xo‘jaligini birinchi galda davlat siyosatining unga partiya-davlat pag‘onasidagi mavqei asosida 
rentani olish imkonini beruvchi yo‘nalishlari qiziqtiradi, bular: pensiya, uy-joy kommunal 
siyosati, ijtimoiy ta‘minot siyosati, ta‘lim sohasidagi siyosat. 
Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaligi.
Bozor instituti uy xo‘jaligini kamyob tovarlar va 
xizmatlarni qidirish hamda ular uchun navbatda turish bilan bog‘liq vaqtning yo‘qotilishidan 
xalos etadi – xarid qilish jarayoni mutaassiblikka aylanadi. Masalan, shanba kuni kechqurun va 
dam olish kuni ertalabdan savdo do‘nonlarida xaridorlar ko‘p bo‘ladi, shu kunlari odamlar 
an‘anaviy tarzda keyingi xaftaga etadigan miqdorda xarid qilishadi. Xaridning mutaassiblikka 
aylanishi natijasida bo‘shab qoladigan qisqa vaqtli imkoniyatlar nima uchun sarflanadi? 
Birinchidan, 
xarid 
xatti-harakatining 
o‘zini optimallashtirishga. Agar buyruqbozilik 
iqtisodiyotida nimani xarid qilish mumkin bo‘lsa, o‘sha narsani sotib olish muhim hisoblansa, 
bozor iqtisodiyotida sifat va narxning eng yaxshi o‘zaro nisbati asosida iste‘mol qilishda eng 
ko‘p foydani ta‘minlovchi narsani xarid qilish muhim sanaladi. Iste‘molni optimallashtirish 
ishlab chiqaruvchilarning reklama yordamida talabni tartibga solishga intilishi bilan 
murakkablashadi. Reklama xarid jarayonini mutaassiblikka butunlay aylanishiga to‘sqinlik 
qilgan holda, doimiy ravishda yangi talablarni shakllantiradi. 
Ikkinchidan, uy xo‘jaligining u uchun asosiy daromad manbai bo‘lgan mehnat bozorida 
ishtirok etishi doimiy nazoratni talab etadi. Uy xo‘jaligi mehnat bozoridagi bandlikning muqobil 
varinatlari, uy xo‘jaligini yuritish va bo‘sh vaqt o‘rtasida tanlagan holda, mehnat bozorida o‘z 
inson kapitalini eng foydali tarzda sotishga intiladi. Bir tomondan, uy xo‘jaligining a‘zosi egalik 
qiladigan inson kapitalining o‘ziga xoslik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, uy xo‘jaligini yurtish 
bilan emas, balki o‘z mehnat resurlarini bozorda sotish bilan shug‘ullanish, shunchalik foydali. 
Ikkinchi tomondan, inson kapitalining o‘ziga xoslik darajasi qanchalik past bo‘lsa, uning egasi 
uchun uy xo‘jaligini yuritish bilan chegaralanish shunchalik asoslidir. O‘z navbatida, bandlikni 
optimallashtirish ham uy xo‘jaligi doirasida amalga oshadi. 
Uy xo‘jaligining asosiy daromad manbalarini bozor bilan belgilanadigan sohaga 
yo‘naltirish uning davlatdan kam qaram bo‘lishini ta‘minlaydi. Davlatning faoliyati uy 
xo‘jaligini faqatgina davlat mehnat bozorida bitimlar kafolati sifatida ishtirok etish darajasida va 
u (soliq kodeksi orqali) uy xo‘jaligi daromadining bir qismiga da‘vogar bo‘lishi me‘yorida 
qiziqtiradi. 
O’tish iqtisodiyotida uy xo’jaligi. 
Uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan istitutsional 
muhitning noaniqligi va beqarorligi mutaassibliklarning mavjud bo‘lishini shubha ostiga 
qo‘yadi. Bunday sharoitda mutaassibliklar doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqilishini talab qiladi, 
ya‘ni ular inson ongining ongsiz sohasidan ongli va doimiy e‘tiborni talab etuvchi sohasiga 
o‘tadi. Islohotlar qanchalik faol amalga oshirilsa, ularning mutaassibliklarga nisbatan emiruvchi 
ta‘siri shunchalik kuchli bo‘ladi. Bundan o‘tish iqtisodiyotida uy xo‘jaligining maqsadi kelib 
chiqadi: uy xo‘jaligining himoya funktsiyasini saqlab qolishga intilish borgan sayin ortib 
boruvchi sa‘y-harakatlarni va imkon qadar ko‘p e‘tiborni talab etadi. 
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar va renta daromadlari (pensiyalar, ijtimoiy 
to‘lovlar, xodimning obro‘si) bilan yuzaga keladigan noaniqliklar uy xo‘jaligini o‘z faoliyatini 
maksimal tarzda diversifikatsiya qilishga majbur etadi, axir har qanday daromad manbai ham 
barqaror manba sifatida qaralishi mumkin emas. A‘zolarining inson kapitalini takror ishlab 
chiqarishga aniq ixtisoslashuviga tayanadigan bozor xilidagi uy xo‘jaligidan farqli o‘laroq, o‘tish 
iqtisodiyotidagi uy xo‘jaligi ishchi kuchini mehnat bozorida sotish bilan ham, ijtimoiy 
transfertlarni iste‘mol qilish bilan ham, shuningdek, tomorqa eri yordamida o‘zini o‘zi 
ta‘minlash va ko‘plab boshqa faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanadi. 
41
Радаев В. Экономическая социология. –М.: Аспект Пресс, 1997. –С. 309. 


72 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin