Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 «Shartnomaviy» davlat tushunchasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

2. «Shartnomaviy» davlat tushunchasi 
Shartnomaviy davlatning qisqacha ta‘rifi shunday bo‘ladi: bu – faqat unga fuqarolar 
tomonidan topshirilgan huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo‘lida kuch ishlatish 
monopoliyasidan foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to‘lashga majburiyat deb emas, 
balki o‘z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan majburiyat sifatida qaraydi. Boshqacha aytganda, 
davlatning roli ularda mulkchilik huquqlarini himoya qilishni davlat ixtiyoriga topshirish qulay 
bo‘ladigan bitimlar doirasi bo‘yicha kafil roli bilan chegaralanadi. Transaktsiya xarajatlari nolga 
teng bo‘lmagan taqdirda, mulkchilik huquqlarini himoya qilish funktsiyasidan tashqari, davlat 
Kouz nazariyasida yoritilgan huquqlarning optimal taqsimlanishini ko‘zda tutgan holda ularni 
tafsirlash jarayoniga ham aralasha boshlaydi. Shunday qilib, shartnomaviy davlatning maqsadi 
huquqlarni ularni optimal tarzda tasarruf etishga qodir bo‘lgan iqtisodiy sub‘ektlar qo‘liga 
topshirish asosida mulkchilik huquqlarining jamiyatning umumiy daromadini oshiradigan tarzda 
taqsimlanishiga erishishdan iborat. Qanday sharoitda shartnomaviy davlat mavjud bo‘ladi? 
1.
 
Davlat faoliyatining aniq konstitutsiyaviy doiralarining mavjud bo’lishi.
Konstitutsiyada shaxslar tomonidan davlatga topshiriladigan va hech bir sharoitda 
begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan huquqlar eksplitsit tarzda kelishilgan. Bundan tashqari, 
davlat apparatining o‘zi ular asosida faoliyat ko‘rsatadigan me‘yorlar aniq ifodalangan
38

2.
 
Fuqarolarning davlat faoliyatida ishtirok etishi mexanizmlarining mavjud bo’lishi. 
Fuqarolar davlat faoliyatida ishtirok etishining siyosiy mexanizmlari jumlasiga demokratik 
tartibotlar kiradi. Biroq demokratiya me‘yorlari o‘z o‘zicha etarli emas, ular fuqarolar 
ishtirokining barqaror an‘analariga tayanishi lozim, ular ba‘zan fuqarolarning umumiy 
farovonlikning o‘sishini ta‘minlashdagi roli tufayli ijtimoiy kapital deb ataladi. Iqtisodiy sohada 
fuqarolar ishtirokining an‘analari alohida firmalar darajasida o‘zini o‘zi boshqarishni 
rivojlantirish shaklini qabul qiladi. Ish o‘rnidagi demokratiya umuman jamiyatni 
demokratlashtirishning unsuri hisoblanadi: inson, agar u davlatni demokratik boshqarishda faol 
ishtirok etishga intilsa, o‘zining kundalik turmushida demokratik o‘zini o‘zi boshqarish 
tajribasiga ega bo‘lishi lozim. 
3.
 
Mulkchilik huquqlarini taqsimlashning asosiy muqobil mexanizmi sifatida bozor 
institutining mavjud bo’lishi
. Davlat mulkchilik huquqlarining bozorda nolli transaktsiya 
xarajatlari chog‘ida erishilishi mumkin bo‘lgan tarzda taqsimlanishiga erishishni ko‘zlaydi. 
Shuning uchun davlat vaqti-vaqti bilan bozorga taqqoslanmagan holda faoliyat ko‘rsata olmaydi. 
4.
 
Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish muqobil mexanizmlarining 
mavjudligi.
«Ovoz»dan foydalanish, ya‘ni fuqarolarning davlatning faoliyatida ishtirok etishi 
bilan bir qatorda «chiqish» - shaxslarning shartnomalar bajarilishining boshqa kafillariga murojat 
etishining muqobil variantlari ham mavjud bo‘lishi kerak. Muqobil kafillar sifatida boshqa 
davlatlar, davlatni nazorat qiluvchi guruhga muholifat, mafiya, ijtimoiy guruh, hakamlar sud‘yasi 
ishtirok etishi mumkin. Subinstitutlar qanchalik takomillashgan bo‘lsa, davlat shunchalik kam 
darajada erkinlikka ega, umumiy daromadning shunchalik katta ulushi fuqarolarning qo‘llariga 
38
Тамбовцев В. Государство и переходная экономика: пределы управляемости. – М.: 1997 - С. 80-81. 


63 
tegadi. Shu nuqtai nazardan bir davlat mintaqalari o‘rtasidagi hamda davlatlar o‘rtasidagi 
migratsion oqimlar insonlarning samarasiz davlat apparatiga qarshi ovoz berish istagini aks 
ettiradi. Umuman olganda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish mexanizmlarining 
«bozori» haqida gapirish mumkin. Ushbu bozorda shaxslar nafaqat muayyan jamiyat doirasidagi 
mavjud muqobil variantlar o‘rtasida tanlaydi, balki boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lgan, 
tarixda yoki nazariyada mavjud bo‘lgan muqobil variantlarni ham hisobga olishadi. Sharqiy 
Evropa mamlakatlarida bunday bozor ayniqsa yaqqol ifodalangan: ushbu bozorning davlatni 
uning shartnomalarning muqobil kafillari bilan raqobatlashishi jarayonida isloh qilishdagi roli 
o‘ta muhim. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin