Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Rasmiy qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish. 
Rasmiy qoidalar va 
norasmiy normalarning muvofiqlashtirilishi jamiyatda muhim rol o‘ynaydi, chunki u institutlar 
mavjud tizimi faoliyat ko‘rsatishining samaradorligiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 


19 
Odatda, insonlar ba‘zan institutlar tarkibiy unsurlaridan biri hisoblangan jazolash 
tizimining samaradorligiga ziyon etkazgan holda jazolashning ancha yumshoq shakllarini 
nazarda tutuchi normalarni rasmiylashtirishga intilishadi. O‘lim jazosini bekor qilish 
to‘g‘risidagi bahs-munozaralar bunga misol bo‘ladi. 
Kelishmovchilik natijasida institutsional nizo kelib chiqishi mumkin. Bir holatda, 
institutsional nizo hech bir o‘zgarishsiz institutlarning paydo bo‘lishiga, boshqa holatda esa 
samarasiz bo‘lsa-da barqaror hosilalar – institutsional tuzoqlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 
Eski va yangi institutlar o‘rtasidagi inqilobiy bog‘liqlik doirasida ular rivojlanishining 
uchta ehtimoliy yo‘lini ta‘kidlash lozim: 

birinchisi – mavjud institutsional matritsaga qarama-qarshi bo‘lgan rasmiy 
institutlarning paydo bo‘lishi (odatda, hamma joyda chuqur islohotlar davrida, masalan, o‘tish 
iqtisodiyotida qonunlar, farmonlar ko‘rinishida) va ularning ildiz otishi (kengayib borishi) hamda 
qabul qilingan rasmiy normalarga mos keluvchi yangi norasmiy normalarning shakllanishi; 

ikkinchisi – qabul qilinayotgan rasmiy qoidalarning norasmiy normalarga to‘liq 
mos kelmasligi shunga olib keladiki, norasmiy normalar ancha ―hayotiy‖ bo‘lib chiqadi va 
buning natijasida yangi qabul qilingan rasmiy qoidalarning norasmiy institutsionallashuvi yuz 
beradi; 

uchinchisi – yangi rasmiy qoidalar ildiz otmaydi, bu ularning yo‘qolib ketishiga 
olib keladi. 
Institutsional tizim samaradorligiga institutlar bilan bir qatorda tashkilotlar ham ta‘sir 
ko‘rsatadi. D.Nortning fikriga ko‘ra [46], institutlar iqtisodiy nazariya bilan yoritiladigan 
standart cheklovlar bilan bir qatorda jamiyat a‘zolarining imkoniyatlarini ham shakllantiradi. 
Institutsional doiralar qaysi tashkilotlar (siyosiy organlar, iqtisodiy tuzilmalar, jamoat 
muassasalari) hosil bo‘lishi va ishlashini belgilab beradi. Boshqacha aytganda: institutlar – bu 
―o‘yin qoidalari‖, tashkilotlar esa – ―o‘yinchilar‖. Biroq bu hol o‘yinchilar jamiyatda o‘rnatilgan 
―o‘yin qoidalari‖ga majburiy tarzda amal qilishini anglatmaydi. Huddi institutlar kabi 
tashkilotlar ham insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tarkiblashtiradi. ―Tashkilotlar aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi, tashkilotchilar tomonidan boylik, 
daromadni ko‘paytirish uchun yoki boshqa maqsadlarda tashkil etilgan birliklar hisoblanadi. 
Ushbu maqsadlarni ko‘zlagan holda, tashkilotlar asta-sekin institutsional tarkibni o‘zgartiradi‖ 
[46]. 
Tashkilotlar (korxonalar, firmalar)ning institutsional jarayondagi roli hozircha kam 
o‘rganilgan, biroq institutsional nazariya doirasida, xususan, G.Kleyner tomonidan o‘tkazilgan 
so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tashkilot nafaqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi, 
balki quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaruvchi o‘ziga xos ―institut-provayder‖ hisoblanadi [30]: 

ishlab chiqarish institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va tarqatuvchisi roli. 
Alohida tashkilotning muvaffaqiyatli tajribasi, unda foydalaniladigan shartnomalar tizimining 
samaradorligi, odatda, bunday tuzilmalarni tashkilotning ushbu usullaridan foydalanishga 
undaydi; 

institutlar inkubatori roli. Tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi natijasida ushbu 
tuzilmaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi va yakuniy natijalarning katta 
samaradorligi bilan faoliyat ko‘rsatuvchi yangi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar 
shakllanadi yoki, boshqacha aytganda, tegishli institutsional muhitda yangi institutlar hosil 
qilinadi; 

yakka tartibdagi institutsional integrator roli (ushbu normaga amal qiluvchilar 
tarkibiga yangi individlarni jalb qilish). 
Institutsional yondashuvga muvofiq davlatni alohida tashkilot sifatida ko‘rib chiqish 
lozim. Davlatni institut (ijtimoiy shartnoma negizida rasmiy qoidalar tizimini shakllantirish va 
ularga amal qilish mexanizmi) sifatida ham, tashkilot (davlat boshqaruv apparati tarkibi, qonuniy 
jazolash va majburlash tizimi) sifatida ham tadqiq etish mumkin. 
Xulosa 


20 
Institutlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida muhim rol o‘ynab kelgan. Ular 
jamiyatda qarorlar qabul qilish, insonlar va iqtisodiyot ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini 
belgilovchi normalardan tarkib topgan rasmiy va norasmiy qoidalar hisoblanadi. Rasmiy qoidalar 
mamlakat konstitutsiyasida, qonunlarda, ma‘muriy va boshqa hujjatlarda o‘z aksini topadi. 
Norasmiy normalar esa urf-odat, an‘analar va shu kabi boshqa hayot tarzi orqali yuzaga kelgan 
qoidalarda ifodalanadi. 
Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini tashkil etuvchi rasmiy va 
norasmiy qoidalar ham o‘zgarib boradi, takomillashadi. Bunday o‘zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy 
va siyosiy sharoitlar belgilab beradi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin