Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
3. Firmaning ichki tuzilmasi
«Printsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning ichki 
tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to‘rtta varianti keng tarqalgan: 
o
unitar (U-tuzilma),
o
xolding (X-tuzilma),
o
multidivizional (M-tuzilma)
o
aralash (A-tuzilma). 
1. 
Unitar tuzilma -
hukmronlik munosabatlarining eng yuqori darajada markazlashuvini 
nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «printsipal» tomonidan qabul qilinadi, uning o‘zi 
nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar» faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga 
o‘tkazilsa, u holda funktsional belgi bo‘yicha – funktsional bo‘linmalar boshliqlariga: sotish 
bo‘limi boshlig‘i, bosh muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi. Shunday qilib, funktsional 
bo‘linmalar rahbarlari bir vaqtning o‘zida firma rahbariyatiga nisbatan «agentlar», bo‘lib 
topshiriqlarning bevosita ijrochilariga nisbatan esa - «printsipal» hisoblanadi. 
Unitar tashkilotda «printsipal-agent» muammosini hal etishning yagona varianti nazorat 
qilishning yangi, past xarajatlari bilan bog‘liq usullarini ishlab chiqish asosida nazoratni 
kuchaytirishdan iborat.
2. 
Xolding tuzilmasi
qarorlar qabul qilish va «agentlar» harakatlari ustidan nazorat qilish 
jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o‘zida namoyon etadi. Amalda 
«printsipal» faqat moliyaviy oqimlarni va «agentlar» faoliyatining moliyaviy natijalarini nazorat 
qilish vakolatini o‘zida saqlab qoladi. «Agentlar» barcha qarorlarni qabul qilishda chetda qoladi, 
foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qaror bundan mustasno. Boshqacha aytganda, «printsipal» 
«agentlar» faoliyatini bevosita emas, balki «agentlar» musobaqasini tashkil etish orqali nazorat 
qiladi.
Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo‘linmalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatni 
ham istisno etmaydi. Ta‘kidlash lozimki, xolding bo‘linmalari darajasida «printsipal» (bir 
vaqtning o‘zida firma rahbariyati uchun «agent» hisoblangan bo‘linma boshlig‘i) va «agent» 
o‘rtasidagi munosabatlarning unitar xilini ham uchratish mumkin. 
3. Multidivizional tuzilma.
XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv innovatsiyasi 
bo‘lib 20-yillarda Per Dyupon («Du Pont» rahbari) va Alfred Sloun («General Motors» rahbari) 
tomonidan multidivizional tuzilmaning tashkil etilishi hisoblanadi.
Multidivizional tuzilma
– mahsulotning xili, savdo markasiga qarab yoki jug‘rofiy belgi 
bo‘yicha o‘z xarajatini qoplash va o‘zini o‘zi moliyalash tamoyili asosida faoliyat ko‘rsatuvchi 
yarim tobiy ishlab chiqarish bo‘linmalarini tashkil etishni nazarda tutadi. 
Multidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o‘ziga xos sintezi hisoblanadi. 
Haqiqatdan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish to‘g‘risida) 
strategik
qarorlarni 


32 
qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib qolgan va ayni paytda 
tezkor
nazorat va 
boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa divizionlar («agentlar»)ning o‘z moliyaviy xarajatini 
qoplash tamoyili ularga o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, 
lekin firma rahbariyati («printsipal») bunda firmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq 
bo‘linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi. Sanoat klasterlari 
va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma tamoyillarini amalda qo‘llovchi 
korxonalarga misol bo‘ladi. 
4. 
Aralash tuzilma,
agar bo‘linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi firma 
rahbariyati tomonidan to‘liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo‘linma xoldingdagi kabi firma 
rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo‘lsa, uchinchi bo‘linma esa operatsion mustaqillikka 
ega bo‘lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o‘z xarajatini qoplash tamoyili asosida faoliyat 
ko‘rsatgan taqdirda, yuzaga keladi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin