Guliston davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi


Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi



Yüklə 371,02 Kb.
səhifə4/10
tarix07.01.2024
ölçüsü371,02 Kb.
#203487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
abduazimov shohrux6

2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi


ko’rsatkichlar
Iqtisodiy jarayonlarni, mamlakatlarning rivojlanish darajasi va o’zaro murakkab xo’jalik aloqalarini tahlil etishda xalqaro tajribada qabul qilingan milliy hisoblar tizimidan faydalaniladi. Bu makro darajada iqtisodiyot rivojiga oid bo’lgan va o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizi mining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Yalpi ichki mahsulot(YaIM) - bu ko’rsatkich ma’lum davlat hududida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ma’lum davrda yaratgan pirovard maxsulotlari va xizmatlarining umumiy hajmini aks ettiradi. Ushbu yakuniy maxsulotni hisoblashda hom ashyo, yarim mahsulotlar, boshqa moddalar, yoqilg’i, elektr quvvati hamda ularni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hizmat turlari (qayta hisob bo’lmasligini oldini olish uchun) chegirib tashlanadi.
Ayni paytda ba’zi mamlakatlarda yalpi milliy maxsulot (YaMM) ko’rsatkichidan faydalaniladiki, u YaIMdan farqli o’laroq qaysi mamlakatda yaratilganligidan qat’iy nazar shu millat (mamlakat)ning korporatsiyalari, hususiy shaxslari nazoratida bo’lgan ishlab chiqarish hajmini aks ettiradi. YaMMni aniqlash uchun shu mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan chet elliklarning daromadlari (chet el korporatsiyalarining foydalari hamda chet ellik ishchi xizmatchilarining ish haqlari) YaIMdan chegirib tashlanadi, shu mamlakat korporatsiyalari, fuqarolari horijda ishlab topgan daromadlari qo’shiladi. YaIm bilan YaMM ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovut odatda miqdor jihatidan unchalik ko’p bo’lmaydi, nari borsa qariyb 1%ni tashkil etadi. shuni e’tiborga olish lozimki, YaIM ko’rsatkichi milliy hisoblar tizimi asosoida ishlab chiqiladi. Bu tizim mehnat faoliyatining barcha turlarida mehnat unumli mohiyatga ega, degan qoidaga asoslangan(qiymat yaratilishi nuqtai nazaridan).
Milliy daromad (MD) ko’rsatkichi quyidagicha belgilanadi: YaIM minus amortizatsiya (shunda sof YaIM xosil bo’ladi), minus bilvosita soliqlar va qo’shilgan subsidiyalar. Soliqlar mahsulot va xizmatlarning bozor narxlariga tirqaladi. Subsidiyalar narxlarga teskari ta’sir qiladi -bu narxlar ana shu subsidiyalar miqdorida pasayadi. MD ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan milliy mahsulot ko’rsatkichiga deyarli to’g’ri keladi. Milliy mahsulotning o’sish sur’ati uzoq muddat nuqtai nazaridan YaIMga deyarli to’la ravishda muvofiq keladi, shung uchun ham asosan YaIM ko’rsatkichidan foydalaniladi.
Turli mamlakatlardagi ishlab chiqarish omillari, taraqqiyot darajasining xilmaxilligi iqtisodiy rivojlanish darajasini biron-bir yagona ko’rsatkich orqali baholashga imkon bermaydi. Buning uchun bir qator asosiy ko’rsatkichlar dan foydalaniladi:

  1. Yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot yoki milliy daromadning axoli jon boshiga hisobi.

  2. Milliyu iqtisodiyot tarmoqlari tarkibi.

  3. Axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishalb chiqarish (ushbu tarmoqlarning rivojlanish darajasi).

  4. Aholining turmush darajasi va uning sifati.

  5. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari.

Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita -mamlakatda asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati, darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:

  1. Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari va turlari bo’yicha);

  2. YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi;

  3. Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti;

  4. YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo sarflanadi.

Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak, mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi.
Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin. Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi. Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport kvotasi esa 25-30%, MDH davlatlarida 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi

  • Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi

  • Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi

  • Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari

  • To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari:

  • Savdo balasi

  • Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi

  • Kapital harakati va kredit balansi • Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobi



1-rasm Mamlakat to’lov va savdo balanslarining asosiy mazmuni

Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning nisbatini ifodalaydi. Odatda maxsulotlar kreditga sotilganda eksport samaradorligi pasayadi, ammo u siz tashqi bozorda tovarlarni realizatsiya qilish, pullash ko’p hollarda ancha mushkul, ba’zi hollarda esa umuman iloji yo’q.Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.


Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi, quyidagi bo’linishdan olingan ko’rastkichni ifodaloydi, suratda import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (ularga ketgan barcha harajatlar) maxrajida esa eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarish va transport harajatlatriga ketgan barcha milliy xo’jalik harajatlari1
Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda har tomonlama tahlil qilishga imkon beruvchi, integratsiyalashib kelayotgan ko’rsatkich bu to’lov balansidir. U statistik hisobot bo’lib, ma’lum bir davr mobaynida mamlakat rezedentlari va tashqi dunyo bilan barcha savdo va moliyaviy oqimlarni qamrab oladi. To’lov balansi tashqi iqtisodiy aloqalar jarayoni natijasida mamlakatning haqiqiy to’lovlari va tushumlari qiymatlarining nisbatini ifodalaydi. Shunday ekan, to’lov balansi o’zining tarkibida tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini aks ettirmog’i lozim. Haqiqatda mamlakatlarning bir biri bilan o’zaro iqtisodiy aloqalarining murakkab tuzilishiga muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta muvofiq to’lov balansi o’z ichiga tarkibiy qisimlar sifatida savdo balansi, xizmatlar va notijorat harajatlar balansi, kapital harakati va kredit balansi, oltin-valyuta zaxiralari harakatini kamrab oladi. Ko’pincha savdo balansi va xizmatlar va notijorat harajatlar balansini joriy operatsiyalar balansiga birlashtiriladi.
Mamlakatning savdo balansi tovarlar importi orqali moliyaviy chiqimlarni va tovarlarni chet elga eksport qilish orqali moliyaviy kirimlarni o’zaro nisbatini ta’riflaydi. To’lov balansining ushbu tarkibiy qismi davlatning tashqi iqtisodiy holatini ta’riflashda ayniqsa muximdir. Agar ma’lum bir davr mobaynida mamlakat eksporti importdan yuqori bo’lsa savdo balansi aktiv (ijobiy savdo saldosiga ega) bo’ladi. Tegishli ravishda, agar import eksportdan yuqori bo’lsa u salbiy (salbiy saldoga ega) bo’ladi
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va unda davlatning faol ishtroki MDH davlatlarining o’ziga xos xususiyatidir. Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining deyarli barcha yo’nalishlarini o’ziga qamrab olgan va uni tartibga solib turadi, ichki va tashqi axvolni taxlil qilishdan boshlab, tashqi iqtisodiy startegiyani ishlab chiqish, geografik va tarkibiy sohalarni muhimligini aniqlab, nazorat qilish va tartibga solishda moliyaviy rag’batlantirish uslublarini qo’llaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda puxta o’ylangan davlat siyosati, davlatni rivojlantirishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni asosiy ta’sirchan omillardan biriga aylantirdi. Bu siyosat MDH davlatlarining milliy manfaatlarini hisobga olgan holda jahon xo’jaligiga uni yirik xalqaro iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va moliayviy savdo markaziga, jahon iqtisodiy otiga qo’shilishi uning salmoqli qatnashchisiga aylantirdi. Xalqaro iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishida qonunchilik, administrativ-huquqiy, iqtisodiy va norasmiy kabi bir birini to’ldiruvchi uslublardan keng foydalaniladi.

3. O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari.


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi.” O`tgan 28 yil davomida milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O`zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo`mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992-yil 21-fevralda esa O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo`sliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda huquqiy normalar asosida o`z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi. Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng ko`lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shart- sharoitlarni ta’minlab beradi”.
Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston Respublikasi o`z tashqi siyosati tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda ko`rish mumkin:

  1. O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi.



  2. O`zbekiston Respublikasi o`z iqtisodiy munosabatlarini ikki tomonlama va ko`p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar ustuvorligini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratdi.

  3. O`zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning global va mintaqaviy tizimlariga faol qo`shilib, mamlakatda tinchlikni, barqarorlikni ta’minlamoqda.

  4. O`zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijobiy hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o`z nufuzini oshirib bormoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. “Mamlakatimizda investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta koʻrib chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan;

  • Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab- quvvatlash;

  • Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va boshqa koʻp tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

  • tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek, eksportni diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.

  1. Yüklə 371,02 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin