Guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi


Moylar tadqiqotida qo’llaniladigan xromatografik usullar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/22
tarix26.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#161375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
portal.guldu.uz-YOG`-MOYLARNI TADQIQ QILISH USULLARI VA EKSPERTIZASI (1)

Moylar tadqiqotida qo’llaniladigan xromatografik usullar
Adsorbsion-molekulyar xromatografiya

3
7




Qog’ozli xromatografiya turlari

10




Gaz-suyuqlik xromatografiyasi

15

3-Ma’ruza

Moylarning glitserid tarkibi

21

4-Ma’ruza

Moylar tadqiqotida spektroskopiyaning qo’llanilishi

28

5-Ma’ruza

Moylar tadqiqotida kolorimetriyaning qo’llanilishi

36

6-Ma’ruza

Moylar tadqiqotida refraktometriyaning qo’llanilishi

39

7-Ma’ruza

Rentgenostruktur tadqiqot. Rentgenostruktur tadqiqot usullari va ularni qo’llashdagi texnika va mexnat xavfsizligi

43

8-Ma’ruza

Moyli urug’lar oqsillari tarkibini o’rganish

50

9-Ma’ruza

O’simlik moylari ishlab chiqarishning xom-ashyo, asosiy va ikkilamchi mahsulotlarining ekspertizasi

55

10-Ma’ruza

Yog’ va moylarni qayta ishlashning xom-ashyo, asosiy va ikkilamchi mahsulotlarining ekspertizasi

63



1-ma’ruza


Fanga kirish. Yog` va moylarni tadqiq qilishning zamonaviy usullari va rivojlanish istiqbollari.
REJA: Reyting tizimi haqida. Ishlab chikarishning texno-kimyoviy nazorati va tadqiqotning bog’likligi. Ishlab chikarishni takomillashtirish va tayyor maxsulot sifatini yaxshilashda laboratoriyaning axamiyati. Xomashyo, yarimmaxsulot va tayyormaxsulot sifatini baxolash usullari. Namuna olish va uning tadqiqot natijasiga ta’siri. Tadqiqotda xatoliklar va ularning turlari. Eruvchan komponentlarni turli qattiq materiallardan ajratish.
Moylarni ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlarini texno-kimyoviy nazorat qilishda, xamda shu jarayonlarni optimal boshqarishda muxim ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llaniladigan maxsus tadqiqot usullari bilan tanishtirishdir.
«Umumiy biokimyo», «Yog’lar va moyli xomashyolar kimyosi» kurslarida o’simliklar, xususan, moyli xomashyolar yoki moyli urug’lar kimyoviy tarkibi bilan tanishildi. Ushbu fan shu moyli xomashyolardan ajratib olingan moddalarning miqdor, sifat tarkibini o’rganishning nazariy va amaliy asoslarini o’rgatadi. U lipidlar kimyosini chuqurroq taxlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Ma’lumki, kimyo, farmasevtika va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish, ya’ni xomashyo, yarim maxsulot va tayyor maxsulot sifatini baxolash laboratoriyada amalga oshiriladi. Bunda qo’llaniladigan tadqiqot usullari qulay, sodda va tezkor bo’lishi, xamda texnologik jarayonning buzilganligini aks ettiruvchi, asosiy sifat ko’rsatkichlarini aniqlovchi usullar bo’lishi kerak. Har bir texnologik jarayonda mana shunday asosiy miqdor va sifat ko’rsatgichlar mavjud. Masalan, moylarni ishlab chiqarishda – urug’ning moyliligi, moylarni rafinasiya qilishda – kislota soni va rangliligi, gidrogenizasiya qilishda – erish temperaturasi va qattiqlik va xokazo.
Bu ko’rsatkichlarni aniqlash usullari «Moylarni ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi» fanining amaliy mashg’ulotlarida o’rganiladi.
Har qanday tadqiqot asosida to’liq, aniq, o’rtacha namuna olish yotadi. Chunki, tadiqot usuli qanchalik mukammal bo’lmasin, ajratilgan na’muna taxlil qilinayotgan moddani to’liq xarakterlamasa, tadqiqotning ma’nosi qolmaydi. Namuna ajratish bir qancha bosqichda boradi: namunalar yig’ish, umumiy na’muna xosil qilish, laboratoriya va so’ngra taxlil namunasigacha qisqartirish. Bu bosqichlarda tasodifiy hatolar taxlil natijalarining ortish yoki kamayish tomoniga aniqligini buzadi. Bu hatolarni inobatga olib, maxsus sharoitlarni tanlash orqali hatoni minimum darajasiga qisqartirish mumkin. Minimum hatoga ega bo’lgan natijani olish sharoit tanlash, extimollar nazariyasi, xatolar va matematik statistika nazariyalari prinsiplari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Surunkali xatolar esa taxlil natijasini faqat ortish yoki faqat kamayish tarafiga aniqligini buzadi. Bu hatolar namuna ajratish uskunalarining nomukammalligi yoki tadqiqot usulidan cheklanishlar yo’l qo’yilishi natijasida, doimiy ravishda vujudga keladi.
To’g’ri ajratilgan namunani taxlil qilishdan oldin, uni taxlilga tayyorlash jarayonlari amalga oshiriladi. Bu jarayonlar taxlil qilinadigan namunaning kimyoviy tarkibi, fizik xolati, ularning miqdori kabi ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlash uchun qulay imkoniyat tug’dirishi kerak. Bu jarayonlarga quritish yoki chala quritish, maydalash, eruvchan komponentlarni ajratib olish, aralashmani komnonentlarga ajratish operasiyalari bo’lishi mumkin. Taxlilga tayyorlash jarayoni operasiyalariga quyiladigan asosiy talab - namuna tarkibiga kiruvchi moddalarning o’zgarmasligini saqlab qolishdir.
Quritish yoki chala quritish operasiyasi nam materiallarni maydalash jarayonidan oldin keladi. Quritishdan maqsad material qattiqlik koeffisiyentini buzuvchi kuchga tenglashtirish, xamda namlikni optimal darajagacha pasaytirib, organik erituvchilarda eriydigan moddalarni to’liq ekstraksiyasini amalga oshirish uchun sharoit yaratishdir. Agar quritiladigan material ma’lum, aniq namlik darajasigacha quritilishi kerak bo’lmasa, unda material xavo namlik darajasigacha, xona haroratida quritiladi. Boshqa xollarda quritish shkaflari, kontaktli va sublimasion quritish moslamalari, infraqizil yoki yuqori chastotali tokda ishlaydigan quritish uskunalari qo’llaniladi. Qurutish uskunalari va sharoitlarini tanlashda quritiladigan materialning o’ziga xos xususiyatlari xisobga olinishi kerak. Oksidlanish jarayonining oldini olish uchun vakuumda yoki inert gaz muhitida quritish lozim.
Materialni maydalashda shunday usul tanlash kerakki, unda material nihoyatda mayda dispers holatgacha maydalansin va uning tarkibidagi moddalar esa o’zgarmasin. Moddalarning o’zgarishi maydalash jarayonida ajralib chiqadigan issiqlik xisobiga borishi mumkin. Materialning maydalanish xususiyati uning qattiqligi va pishiqligiga bog’liq. Materialga ta’sir qiluvchi kuchning ta’sir sharoitiga ko’ra: ezib maydalash, urib, ishqalab va kesib-sindirib maydalash usullari qo’llanilishi mumkin. Urib va ezib maydalash mo’rt qattiq materiallarga qo’llansa, ezib, ishqalab maydalash qovushqoq materiallarga qo’llaniladi.
Shuning uchun moyli urug’lar lipidlarini to’liq kimyoviy tarkibini o’rganish uchun barcha turdagi lipidlarni ajratib olish imkoniyatini beruvchi maxsus usullarning barchasidan foydalaniladi.
Takrorlash uchun savollar:
1.Fanning maqsadi va ahamiyati nimada?
2.O’rtacha namunaning ahamiyati nimada?
3.O’rtacha namuna olish bosqichlarini ayting.
4.Tasdifiy xatoning natijaga ta’siri qanday?
5.Taxlilga tayyorlash bosqichlarini ayting?



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin