Guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/22
tarix26.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#161375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
portal.guldu.uz-YOG`-MOYLARNI TADQIQ QILISH USULLARI VA EKSPERTIZASI (1)

Takrorlash uchun savollar:
1.Gaz-suyuqlik xromatografiyasining o’ziga xosligi nimada?
2.Xromatografning tuzilishi va ishlash prinsipi qanday?
3.Xromatogrammani o’qish va xisoblash qanday amalga oshiriladi?
4.Qattiq tutuvchi, xarakatsiz suyuq fazalarga qanday talablar qo’yiladi?
5.Yog’ kislotalarini xromatografiyalash asoslarini tushuntiring.

3-Ma’ruza
moylarning Gliserid tarkibi.
ReJA: Moylar gliseridlari tarkibining ular sifatiga ta’siri. Yog’ kislota tarkibi asosida gliseridlarning fraksion tarkibini hisoblab aniqlash usullari.
Moylar tarkibidagi yog’ kislotalari tarkibini qog’ozli yoki gaz-suyuqlik xromotografiyasi yordamida aniqlash, keyingi bosqichda ular tarkibidagi gliseridlarning turini yoki gliseridlarning fraksion tarkibini aniqlash imkoniyatini beradi.
Buning uchun avvalambor, moylar tarkibidagi uchglesiridlar yuqorida keltirilgan kalonkali adsorbsion xromagrafiya usulida moy tarkibidan toza xolatda ajratib olinadi. Gliseridlar tozaligi yana bir bor qog’ozli xromatografiya yordamida tekshiriladi.
Toza uchgleseridlar yog’ kislota tarkibini aniqlash uchun ularning yog’ kislotalari ajratiladi. Yog’ kislotalari bir necha xil usulda ajratib olish mumkin: etanolda ma’lum temperaturada «isitib sovunlash» usulida yoki gliserinda «sovuq sovunlash» usulida. Bu usullarning moxiyati gliseridlarning ma’lum muxitda ishqor bilan gidrolizlab, yog’ kislotalarining tuzlarini (sovun) xosil qilish so’ngra sovun eritmasiga xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib, sovunni yog’ kislotalarigacha parchalashdan iborat. Olingan yog’ kislotalari diazometan yordamida metillanib, yog’ kislotalarining miqdor nisbati gaz-suyuqlik xromatografiya usulida agnqlanadi. Uchgleseridlarning fraksiya tarkibini aniqlar – bu ularni gruppalarga ajratishdir. Buning uchun gliserinlarning bo’lishi mumkin bo’lgan tarkibi oldindan quyidagicha xisoblanadi. Agar moy tarkibidagi yog’ kislotalari soni (n) 4 ga teng bo’lsa, undagi turli strukturaga ega bo’lgan gliseridlarning soni W ta bo’lishi mumkin.

Uchgliseridlar ichida faqat bir xil yog’ kislotalardan xosil bo’lganlarning soni :
W2=n(n-1)=4(4-1)=12 ta
Uch xil yog’ kislotalardan xosil bo’lgan uchgliseridlar soni:

Moyning yog’ kislota va bo’lishi mumkin bo’lgan uchgliseridlari soni barcha uchgliseridlar turlari (kombinasiyalari) tuzib chiqildai. So’ngra xar bir uchgliserid uchun polyarlik konstantasi quyidagi formula bo’yicha xisoblanadi:
K=100-m-2l
Bunda, m- uchgliseriddagi uglerodlar soni.
l- uchgliseriddagi qo’shbog’lar soni
Endi, tajribada uchgliserid gruppalari qog’ozli xromotografiya usulida ajratiladi. Xar bir uchgliserid gruppasining yog’ kislotalari, yana bir bor, tarkibi aniqlanadi. (gaz-suyuqlik xromotografiyasida).
Har bir gruppa yog’ kislota tarkibiga ko’ra, masalan, I gruppa L1, O1, S1, P1, va ikkinchi gruppa L2, O2, S2, P2, yog’ kislotalari bo’lsa. Bunda
O-olein kislota % miqdori
P-polmetin kislota
S-stearin kislota
L- linol kislota
Har bir gruppaning, (x)-1 gruppa, va (u)-2 gruppa, molyar ulushlari xisoblanadi. x/u
Xisob quyidagi formula orqali amalga oshiriladi.
x+u=1 (1)
L1x+L2u=L2+1
O1x+O2u=O2+1 (2)
Birishchi formuladan:
x=1-u
u=1-x
Ish qiymatlari (2) formulaga qo’yilib, x va u kattaliklari xisoblanadi.


O’rtacha qiymat xar bir kislota uchun x ning yig’indisini kislotalar soniga bo’lib topiladi. U uchun ham shunday xisoblanadi. x va u ning o’rtacha qiymalari shu bir juft yog’ kislota uchun x/u nisbat topiladi. So’ngra xar bir uchgliserid gruppaning polyar nisbati topilib uning molyar ulushi birlik deb qabul qilinadi.
Yog’ kislota tarkibi va molyar nisbatlar orqali ayrim gliseridlar miqdoi xisoblanadi. Paxta moyining gliseridlarining fraksion tarkibini aniqlash misolida bu usulni ko’rib chiqamiz.
Paxta moyining yog’ kislota tarkibi :
Miristin (M) – 0, 49%
Palmitin (P) – 24, 77%
Palmitolein (Po) – 0, 57%
Stearin (S) – 1, 93%
Olein (O) – 15, 37%
Linol (L) – 53, 03%
Tajribada paxta moyi uchgliseridlarni molyarligi bo’yicha gruppalarga bo’lib, har bir gruppaning yog’ kislota tarkibi aniqlanganda quyidagi jadvaldagi natijalar olingan.

Gruppa-lar polyarli-gi

Gliserid gruppalar miqdori. mg.

Yog’ kislotalar tarkibi mol, %

Aniqlangan gliserid tarkibi.

M

P

PO

S

O

L

0, 16

1, 04

29, 44

29, 44

-

27, 21

32, 3

11, 5

UG aralashmasi

0, 18

9, 53

0, 25

13, 53

0, 34

0, 28

37, 43

9, 17




0, 21

30, 48

0, 26

38, 40

0, 39

1, 84

24, 26

34, 84




0, 25

42, 08

1, 58

21, 04

1, 41

-

11, 29

64, 66

PLL va OLL

0, 32

16, 87

-

-










100

LLL

Rf –0, 32 gruppasi uchgliseridlarining xammasi (LLL) Rf-0, 25 gruppasi esa 63, 12 va 33, 88 nisbatda PLL va OLL uchgliseridlardan tashkil topgan.


Rf-0, 21 gruppasi PPL, POL, SLL va OLL uchgliseridlardan tashkil topgan (bromidlarini solishtirish usulida aniqlangan). Shu gruppa uchgliseridlarning foiz tarkibini aniqlash usun, bromidlari xromotogrammasi olinib, POL va SLL molyar nisbati aniqlangan;
(3)
Olingan natijalar bo’yicha quyidagi tenglamalar tuziladi:
SLL=3S (4)
POL+2PPL=3-P (5)
POL+2OOO=3O (6)
Jadvaldagi qiymatni (4) formulaga qo’yiladi: SLL=31, 84=5, 52 mol %, SLL/POL nisbatdan,

Olingan kattalikni (5) tenglamaga qo’yib, PPL gruppaning molyar % miqdori topiladi.

(6) tenglamadan OOL qiymati aniqlanadi:

Rf –0, 18 guruxi ham Rf-2f gruppasi kabi tadqiqot qilinib, PPO, SPL, POO, SOL, OOO uchgliseridlaridan tashkil topganligi aniqlanib, ularning solyar nisbatini xisoblanadi.


nisbatlardan tenglamalar tuziladi:
SOL+SPL=3L (7)
OOO+SOL+2POO+PPL=3O (8)
POO+SPL+2PPL=3P (9)
Molyar nisbatdan foydalanib, quyidagi
PPO= (10)
POO= (11)
tenglamalar tuziladi. So’ngra (9) tenglamadan

SPL=16, 17 mol%
(7) tenglamadan SOL qiymati aniqlanadi
SOL=3L-SPL=39, 17-16, 17=11, 12 mol%
POO ning miqdori (11) tenglamadan topiladi:
POO=
PPO ning miqdori esa (9) tenglamadan topiladi
PPO=
OOO ning miqdori (8) tenglama
OOO=3O-(SOL+2POO+PPO)=337, 43-(11, 12+52, 74+44, 02)=4, 31 mol%
Har bir individual gliseridlar miqdori esa, uning mol% qiymatini uning gliserid gruppasi mol% qiymatiga ko’paytirish va 100 ga bo’lish orqali topiladi.
Shunday qilib paxta moyining gliseridlari tarkibi aniqlangan.



Gliseridlar

Ularning mol, % miqdori

gliseridlar

Ularning mol, % miqdori

SPP

1, 04

POL

15, 93

PPO

4, 11

SLL

1, 68

SPL

1, 52

OOL

3, 12

POO

2, 46

PLL

23, 58

SOL

1, 08

OLL

14, 23

OOO

0, 38

LLL

16, 87

PPL

9, 59









Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin