Asosiy qism Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Fanning jismoniy tarbiya gigienasi bo‘limi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar mazmuni
Jismoniy tarbiya gigienasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Jismoniy tarbiya gigienasi rivojlanishi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Umumta`lim maktab o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda katta, o‘rta va kichik me`yordagi gigienaga taalluqli tavsifini tahlil qilish, rivojlanish bosqichlari va har bir yosh davrlardagi ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Jismoniy tarbiya gigienasi va jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni. Boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi, tarixi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida gigienaning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Havo gigienasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari. Havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida havo gigienasining ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Harorat, namlik, havoning harakat tezligi va yo‘nalishi. Barometrik bosim. Tashqi sharoitning o‘zgarishiga odam organizmining moslashuvi haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Ob-havo, iqlim va unga moslashuv. Iqlim va akklimatizatsiya. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ob –havoning ta`siri haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Iqlim va uning organizmga ta`siri. O‘zbekiston sharoitida iqlimning o‘ziga xosligi, mikroiqlim, adaptatsiya haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
Suv va tuproq gigienasi. Suvning organoleptik kimyoviy va epidemiologik xususiyatlari haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Ichimlik suviga bo‘lgan gigienik talablar. Suvning qattiqligi. Suvni tozalash va zararsizlantirish. Jismoniy tarbiya va sport amaliyotida tuproq gigienasi ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish. Tuproqning asosiy hususiyatlari. Uni zararsizlantirish va tuproqni tozalash jarayoni haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.