Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə38/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

Ma’ruzada о‘tilayotgan mavzuning haqiqiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yо‘li bilan, bir soatlik mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan tо‘liq bayon etadilar.
Ma’ruza, asosan yuqori о‘rta-maxsus va oliy о‘quv yurtlarida qо‘llaniladi.
Unda mavzu sidirg‘asiga bayon qilinsa ham, boshqa о‘quv materialining unsurlari bilan bir qatorda og‘zaki bayon qilish metodining turlari – hikoya qilish, tushuntirishlardan ham foydalanish mumkin. Ma’ruza quyidagi talablar asosida tashkil etiladi:
Materialning ta’lim tizimi oldida turgan umumiy talablarni amalga oshirishga xizmat qilishga erishish.
Materialning tarbiyaviy ahamiyatini tо‘g‘ri belgilash, tarbiyaviy ta’sir vositalarini aniqlash.
Ma’ruza jrayonida о‘quvchilarni mavzuga oid fan yangiliklari, kashfiyotlar bilan tanishtirib borish.
Bayon qilishda о‘qituvchi nutqi yagona bilim manbai hisoblanadi, shu bois u ravon, tushurnali, ifodaviy bо‘lishi lozim.
Ma’ruza jarayonida о‘quvchi uchun notanish bо‘lgan sо‘z va iboralarga izoh berish, qoida va qonunlarning ta’rifi soda, ixcham va tushunarli bо‘lishi kerak.
О‘quvchi-talabalar о‘qituvchi tomonidan berilgan ta’riflarni yozib borishlari kerak.
О‘quv materialini tushuntirish о‘rganilayotgan hodisa, qonun, qoida yoki harakatning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. О‘qituvchi muayyan bir predmetning u yoki bu mavzuga oid qonun-qoidalar qanchalik asosli ekanligini dalillar, misollar keltirish yо‘li bilan isbotlab beradi.
Suhbat metodi kо‘pincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki bu metoda dars о‘tilsa, u asosan savol-javob yо‘sinida olib boriladi.
О‘qitish jarayonida о‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlar ham qо‘llaniladi, shuningdek, о‘quvchilar tomonidan yangi о‘tilgan mavzu qanchalik tushunganlarini tekshirish maqsadida ham suhbat о‘tkaziladi. Suhbat metodi bilan ish kо‘rganda, mashg‘ulotlarni tashkil qilish va uni olib borishda о‘qituvchi quyidagilarga amal qilishi kerak:
О‘qituvchining suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari о‘kuvchilarining hammasiga taalluqli bо‘lib, sо‘roq о‘rtaga tashlanishi kerak.
О‘quvchilardan biri javob berish uchun chaqiriladi.
Barcha о‘quvchilar javob berayotgan о‘kuvchini qunt bilag tinglashi, uning javobini tо‘ldirishi, tuzatish, oydinlashtirishga yordam berishini ta’minlash lozim.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin