Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə40/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

Mashq qildirish metodi, asosan о‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash va uni amalda qо‘llay olish, tegishli kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Odatda, mashq qildirish deganda ilmiy bilim va ma’lum bir ish – harakatni о‘zlashtirish yoki takomillashtirish maqsadida rejali ravishda tashkil etilgan takrorlash tushuniladi.
Mashq qildirish metodi о‘quv predmetlarining mazmuni va tavsifiga qarab turlicha olib borilishi mumkin. О‘quvchilarning о‘zlashtirgan kо‘nikma va malakalarini mustahkamlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda mashq qildirish quyidagi talablarga amal chkilishi lozim:
Topshiriqning maqsadi о‘kuvchilarga aniq va ravshan tushuntirilgan bо‘lishi topshiriqning mazmuni va uni ishlash yо‘llari puxta uqtirilgan bо‘lishi lozim.
О‘quvchilar diqqati taqdim etilayotgan mashqqa jalb qilinishi, jamoaning va har bir о‘quvchining intilish va qiziqishlari hisobga olinishi lozim.
Topshiriq qat’iy tizim va izchillikka ega bо‘lishi lozim.
Ma’lum qoida yuzasidan о‘zlashtirilgan kо‘nikma va malakalar shu qoidaga oid boshqa mazmundagi topshiriqlarni bajarishda ham osonlika bilan qо‘llanilishi lozim.
Topshiriq о‘kuvchilarning faol faoliyatini ta’minlaydigan bо‘lishi va mashqni, albatta, belgilangan vaqt ichida bajarish talab qilinishi kerak.
Mashq qildirish metodida о‘quvchilarning yozma ijodiy mashqlari alohida о‘rin egallaydi. Shuningdek, ma’lum mavzularda ma’ruza tayyorlash, grafik ishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Laboratoriya metodi ta’lim jarayonida о‘quvchilarga atrofni о‘rab olgan obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, о‘zgarishi va rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi-yangi bilimlar berish, о‘zlashtirayotgan ilmiy bilimlarni mustahkamlash hamda tegishli kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda muhim ahamiyatga ega.
Laboratoriya metodidan, asosan maxsus fanlarni о‘qitishda, har bir fanni о‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalaniladi. Laboratoriya mashg‘uloti xususiyatiga kо‘ra uch xil bо‘ladi.

Laboratoriya metodi asosida о‘tiladigan mashg‘ulot xususiyatiga qarab quyidagi shakldda tashkil qilinadi:
О‘quvchilar bilan ommaviy mashg‘ulotlar.
О‘quvchilar bilan guruhli mashg‘ulotlar.
Har bir о‘kuvchi bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin