Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari


-MAVZU: Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə42/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

12-MAVZU: Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari.


Maqsad: Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari haqida tushuncha.
Kalit soz: metod, texnalogiya,maqsad
REJA:

  1. Pedagogik texnologiya

  2. Pedagogik texnologiya haqida tushuncha

Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina kо‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bо‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham.


1.Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda kо‘zlangan natijalarga erishishga bо‘lgan chet el pedagogikasining yо‘nalishiga aytiladi (M.Klarin. 1989) milliy pedagogik adabiyotlarda bunday hollarda о‘qitishning didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq “texnologiya” termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan bо‘lib kelmoqda.
“Pedagogik texnologiya” sо‘z birligi – bu inglizcha an educational technology – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bо‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda о‘qitish nazariyasida yanada kengroq tarqalib kelmoqda. Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termin iva uning “о‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualiflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab kо‘plab ifodalarga ega bо‘ldi
Texnologiya tushunchasi 60 – yillardagi Amerika va G‘arbiy Yevropada ta’limni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B. Blum, J. Koroll, P.Y.Galperii, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnalogiyalari mashxur. О‘qitishni tashkil qilishning texnalogik yondashuvlari
V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M.Matyushkin, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib, sifatli, chiroyli, arzon mahsulotlarga bо‘lgan ehtiyoj kuchayotgan bir sharoitda raqobatga bardosh bera oladigan texnalogiyalarni yaratish kо‘nikmasiga ega bо‘lgan mutaxassislarni tayorlash ta’lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardandir. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini ilmiy asosda tashkil etish zaruriyati pedagogika Fani oldida kasb-xunar kollejlari о‘quv faoliyatini texnalogiyalashtirish va ularni tatbiq etishning nazariy-amaliy asoslarini yaratish vazifasini qо‘ydi.
Pedagogik texnologiya nazariyasi amerikalik psixolog olimlar – R.Gane va L.Briggslar pedagogik texnalogiya asosida tayangan holda о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning samarali shaklini aniqlagan bо‘lsalar, ingliz olimi A.Romishevskiy pedagogik texnalogiya metodining о‘ziga xos variantini ishlab chiqqan.
Amerikalik pedagog olimlar Bob Kizlik va F.S.Keller pedagogik texnalogiya nazariyasi g‘oyalarini yagona ta’lim tizimining muayyan bosqichiga tatbiq etish borasida muhim ishlarni amalga oshirdilar va oliy о‘quv yurtlari faoliyatiga pedagogik texnalogiya usulini qо‘lashning individuallashtirilgan tizimini
yaratdilar
Rus pedagog olimi V.Guzeyev pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyalarini yanada boyitib, integral pedagogik texnalogiya metodini ishlab chiqqan bо‘lsa, M.V.Klarin, V.P.Bespalko, V.Slastenin kabi olimlar rivojlangan mamlakatlarda shakllangan xorijiy tajribalar asosida pedagogik texnalogiya nazariyasi g‘oyalarini tahlil etish, tushunchalarini ilmiy jihatdan asoslashga muvaffaq bо‘ldilar.
L.A.Boykova, L.K.Grebenkina kabi olimlarning tadqiqotlarida pedagogik texnologiya nazariyasining pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish, bu borada samaradorlikka erishish, pedagoglar mahoratini oshirishdagi ahamiyati kabi masalalar yoritilgan bо‘lsa, taniqli rus olimi I.P.Ivanov jamoaviy-ijodiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasini yaratishga asosiy e’tiborni qaratdi.
Tadqiqot muammosiga doir adabiyotlarni о‘rganish, ularning mazmunini tahlil etish shuni kо‘rsatdiki, bugungi kunga qadar yaratilgan manbalarda ta’lim jarayoni, uni samarali tashkil etish, ta’lim samaradorligini aniqlash kabi masalalar batafsil yoritilgan holda ta’lim jarayoni hamda uni texnologiyalashtirish borasida keng qо‘lamli harakat amalga oshirilmagan. Rus redagog olimlari N.YE.Shurkova, V.Y.Pityukov, A.P.Savchenko hamda YE.A.Osipovalar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar yagona pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi bо‘lgan ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida tashkil etish borasidagi dastlabki urinishlardan biri hisoblanadi.
So‘ngi besh yil ichida ta’lim muassasalari faoliyatini texnologiyalashtirishning nazariy asoslarini yaratish sohasida O‘zbekiston Respublikasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, M.O.Ochilov,
B.Farberman, N.Saidahmedov, U.Nishonaliyev, S.Y.Mahmudov, О‘.Q.Tolipov, K.Zaripov, H.Abdukarimov, U.Sattorov va boshqalar tomonidan yangi pedagogik texnalogiyalar, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish afzalliklarini о‘rganish, shuningdek, muayyan о‘quv yoki mutaxassislik fanlarini о‘qitishni yо‘lga qо‘yishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Texnologik yondashuvlar tahlili shuni kо‘rsadiki, aksariyat о‘qitish texnologiyalari bо‘sh texnologiyalanganligi bо‘yicha qolib ketmoqda. Bir qator texnologiyalarda nazariy asoslar kuchaytirilgan, Amaliy tomoni u qadar oydinlashtirilmagan.
T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya’ni о‘qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan о‘qish yoki о‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi.
L.V.Zankov, T.Y.Galperin, V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli о‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.
«Pedagogik texnologiyapsixologik va pedagogik о‘g‘itlar yig‘indisi bо‘lib, shakillar,metodlar, usullar, о‘qitish yо‘llari, tarbiyaviy vositalarning mahsus tо‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachyov), «Pedagogik texnalogiya –о‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P.Bespalko, «Pedagogik texnalogiyarejalashtirilgan о‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P.Volkov),. «Texnologiya – ishlov berish, holatni о‘zgartirish san’ati, mahorati, malakali va metodik yig‘indisi» (V.M.Shepel), «Pedagogik texnalogiya – talaba va о‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali о‘quv jarayonini loyixalashtirish, tashkil va о‘tkazish bо‘yicha pedagogik faoliyatining har tomonlama о‘ylangan modelidir» (V.M.Monaxov), «Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jixozlar va metodologik vositalarda amalda bо‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Klarin), «Pedagogik texnalogiya – о‘zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi» (G.K.Selevko, «Pedagogik texnalogiya – bu ta’lim shakillarini jadallashtirish vazifasini kо‘zlagan о‘qish va bilimlarni о‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning bigalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YUNESKO), Pedagogik texnologigiya о‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishishdir.
Pedagogik texnologiya haqida tushuncha
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina kо‘plab ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bо‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham.
2.Pedagogik texnologiya deb odatda maqsadi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ta’limda kо‘zlangan natijalarga erishishga bо‘lgan chet el pedagogikasining yо‘nalishiga aytiladi (M.Klarin. 1989) milliy pedagogik adabiyotlarda bunday hollarda о‘qitishning didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq “texnologiya” termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan bо‘lib kelmoqda.
“Pedagogik texnologiya” sо‘z birligi – bu inglizcha an educational technology – “ta’lim texnologiyasi” iborasining aniq bо‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi oxirgi paytlarda о‘qitish nazariyasida yanada kengroq tarqalib kelmoqda. Aynan ana shu mazmunda “texnologiya” termin iva uning “о‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” shakllari pedagogik adabiyotlarda foydalanila boshlandi va mualiflar ta’lim-texnologik jarayonining tuzilishi va tashkil etuvchilarini qanday tasavvur etishlariga qarab kо‘plab ifodalarga ega bо‘ldi (uch yuzdan ortiq).
“Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bо‘yicha ishlarda XX asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha ifodalashlar mavjud.
Texnologiya – bu biro-bir ishda, mahoratda, san’atda qо‘llaniladigan uslublar tо‘plamidir (talqinli lug‘at).
Pedagogik texnologiya – bu о‘quv jarayonini amalga oshirish mazmunli texnikasidir (V.P.Bespalko).
Pedagogik texnologiya – bu о‘qitishda rejalashtirilgan natijalarga erishish jarayonini tasvirlashdir (I.P.Volkov).
Pedagogik texnologiya – bu о‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul, uslublarining maxsus tо‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik kо‘rsatmalar yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish masalani qо‘yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning о‘zaro munosabatlarini hisobga olib о‘qitish va bilimlar о‘zlashtirish butun jarayonini yaratish, qо‘llash va belgilash sistemali yondoshishidir (YUNESKO).
Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari tо‘plami, holatini о‘zgartirishdir (V.M.Shepel).
О‘qtishi texnologiyasi - bu о‘quvchilar va о‘qituvchilar uchun sо‘zsiz qulay sharoitlar yaratib berish bilan о‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil eti shva olib borish bо‘yicha har tomonlama о‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya – bu pedagogikada fikrlashning sistemali usulidir (T.Sakamoto).
Pedagogik texnologiya – о‘quv jarayonining tashkiliy shakli, metodlari, mazmunini о‘zgartiruvchi uning rivojlanish yangi sistemasidir (E.Bistereki va J.Seller).
Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan hamma shaxsiy, instrumental va metodologik vositalar sistemali tо‘plami va ishlatilishi tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya – bu ta’lim maqsadiga erishishga qaratilgan о‘qituvchi va quvchining faoliyatini sistemali, koseptual, qoidali, obyektivlashtirilgan, invariant tasvirlashdir (F.A.Fradkin).
Pedagogik texnologiya bilimlar egallashda rejalashtirish, boshqarish va ta’minlashshni taxlil qilish uchun faoliyatni tashkil etish usulini, odamlar, g‘oyalar, vositalarni о‘z ichiga oluvchi kompleks integral jarayon demakdir. (Pedagogik kommunikasiyalar va texnologiyalar bо‘yicha AQSH assosiasiyasi).
Nazorat uchun savollar:
1.Ta’limiy metodlarning pedagogik mohiyati deganda nimani tushunasiz?
2.О‘qitish metodlariga qо‘yiladigan talablar.
3.О‘qitish metodlarining turlari.
4.Og‘zaki metodlar va ularning turlari.
5.Kо‘rsatmalilik metod iva ularning turlari.
6.Amaliy metodlar va ularning turlari.
7.О‘qitish (ta’limiy) metodlarga berilgan tavsiflar.
8.Ta’limiy metodlarning ahamiyati.
TEST
2. Ma’ruzaning odatiy tuzilmasiga qanday elementlar kiradi?
a) Kirish, asosiy qism, hulosa
b) tayyorgarlik, annotatsiya , asosiy qism
c) Kirish, asosiy qism, yakunlovchi
d) tayyorgarlik, annotatsiya , hulosa
3 .Ma`ruzaning qanday funksiyalari mavjud?
a) b va c javoblari to`g`ri
b) yо‘naltiruvchi, metodologik
c) axborot berish, tarbiyaviy
d) yaratuvchanlik, innovatsion
4. Ma`ruzaning qanday turlari maavjud?
a) barcha javoblar to`g`ri
b) Ma’lumotli ma’ruza , anjuman-ma’ruza
c) Muammoli-ma’ruza, ma’ruza- munozara
d) Vizual-ma’ruza, konspektli-ma’ruza
5. Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-olim bilan
birgalikda ma’ruzani qaysi ma`ruza turiga kiradi ?
a) Binar-ma’ruza
b) Maslahatli-ma’ruza
c) Muammoli-ma’ruza
d) Ma’lumotli ma’ruza

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin