Adabiyotlar 1.«Bilimdon» dasturi. T.: 2014
2.O`zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”. T.: 2018
3. Ilk qadam” o‘quv dasturi. T.: 2018.
4. Asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari.
5. Джамилова.Н Мактабгача методика фанларини ўқитиш
технологияси.
6. Зуфаров Ш. Педагогик инноватика. – Т.: “Фан ва
технологиялар” нашриёти, 2012
13-14 MAVZU: Ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish. Maqsad: Ta’lim jarayonida innovasion texnologiyalardan foydalanish to`g`risida ntushuncha
Kalit so`z: innovatsiya, negiz,texnalogiya, pedagogika
REJA: Innovasion texnologiyalar
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi
Innovasion texnologiyalar
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini о‘quv jarayonida qо‘llashga bо‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib boromoqda, bunday bо‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda о‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga о‘rgatilgan bо‘lsan, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil о‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham о‘zlari keltirib chiqarishlariga о‘rgatadi.
О‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yо‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida о‘quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy о‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egallarini tayyorlashda zamonaviy о‘qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovasion texnologiyalarning о‘rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar о‘quvchitalabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bо‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovasiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir.
Innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda о‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, о‘zgarishlar kiritish bо‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan tо‘lik foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bо‘lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bо‘lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning о‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va о‘quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat kо‘rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
о‘quvchi-talabaning dars davomida befarq bо‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
о‘quvchi-talabalarni о‘quv jarayonida bilimga bо‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bо‘lishini ta’minlashi;
о‘quvchi-talabaning bilimga bо‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
pedagog va о‘quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.