Guliston davlat universiteti Pedagogika fakulteti bt yo’nalishi 51-21-guruh talabasi Habibullayeva Shoiraning ona tili óqitish metodikasi fanidan tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 0,84 Mb.
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#106713
alifbe tahili

Mavzu :Boshlang’ich ta’limda yaratilgan alifbe va yozuv daftarini qiyosiy tahlil qilish

Alifbe va yozuv daftari qiyosiy tahlili

Alifbe darsligining muharriri Rohatoy Safarova va Muhayyo Inoyatova__Yozuv daftarining muarriri M.G’ulomov

Alifbe darsligida 11 ta shartli belgilar mavjud__ Yozuv daftari darslik bo’lmaganligi uchun shartli belgilardan holi

Yozuv daftari harflardan emas ularning elementlarini o’rganishdan boshlanadi__Alifbe esa tanishuv darsidan boshlanadi bu jarayonda bolalarga partada qanday o’tirish, mustaqillik bayrami va o’quv qurollari bilan birgakda harf elementlarini o’rganishdan boshlanadi

Alifbe darsligida harflar o’tilishi bilan birga shu harflar qatnashgan narsalarga doir savollar berib o’tilgan__Yozuv darsligida esa faqat harflar o’rgatiladi.

Alifbe darsligida Oo harfidan boshlanadi__Yozuv daftarida ham Oo harfidan boshlandi

Alifbe darsligida harflar o’tilgan sari ularga doir matnchalar, so’zlar berib boriladi__Yozuv daftarida esa harfga doir narsalarning rasmlari beriladi

Alifbe darsligida katta va kichik harflar birgalikda o’rgatiladi __ Yozuv daftarida oldin katta harflar undan so’ng esa kichik harflar o’rgatiladi

Alifbe darsligida turli rebuslar, topshiriqlar va she’rlar bo’ladi __ Yozuv daftarida esa harflarning o’zi o’rgatiladi

ALIFBE

  • Alifbe – dastlabki savod beradigan oʻquv qoʻllanmasi. Alifbe bosma, yozma harflar va ular ifodalaydigan nutq tovushlari, ularning yozilishini oʻzlashtirish, sodda boʻgʻin va soʻzlarni qoʻshib oʻqishga oʻrganish va oʻqilayotgan narsani toʻgʻri tushunish hamda sodda soʻz va gaplarni yozishga oʻrganishga yordam beradi. Maktabxonalarda фlifbe boʻlmagan. Uning oʻrniga savod oʻrganish uchun maxsus taxta qoʻllanilgan. Taxtaning bir tomoniga tartib bilan arab harflari, ikkinchi tomoniga esa abjad yozilgan. Talabalar harflarni batamom yod olgandan soʻng abjadxonlikka va haftiyakxonlikka oʻtar edilar. Bu usul asosan 1900-yilgacha davom etgan. Turkiston sarus-tuzem maktablarining hamda yangi usuldagi maktablarning paydo boʻlishi bilan alifbe darsligi yuzaga keldi. 1902-yilda rus-tuzem maktablarining oʻzbek sinflari uchun birinchi oʻzbek alifbesi – "Ustodi avval" nashr etildi. Bu alifbening muallifi Saidrasul Saidazizov. Kitob 1917-yilgacha 17-marta nashr etilgan. 

Yozuv daftari»dan foydalanish uchun metodik tavsiya

  • Kichik yoshdagi o’quvchilarni chiroyli yozuvga o’rgatish uchun ularni maktabga kelgan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishga o’rgatish zarur: 1. Yozuv vaqtida partada to’g’ri o’tirish. 2. Yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish. 3. Daftardan to’g’ri foydalanish. 4. Yozma shakldagi harf va uning unsurlari bilan tanishtirish. 5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo’g’in, so’z va gaplar yozish. Husnixat malakalarini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to’g’ri tasavvur qilishga, bir xil qiyalik (65°)da yozishga, harf unsurlarini bir-biriga to’g’ri bog’lab yozishga, so’zlarda harflarni to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qatorlarga to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi. Harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish lozim.

O’quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan oldin, ularni sifatli yozuv qurollari bilan ta'minlash lozim. Yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv qurollariga bog’liq. Ularning yozuv qurollarini muntazam nazorat qilib borish o’qituvchining muhim vazifasidir. Dastur talablari bo’yicha 1-sinf o’quvchilari «Alifbe» kitobiga ilova tariqasida chiqarilgan «Yozuv daftari»dan foydalanishlari lozim. «Yozuv daftari» sifatli qog’ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko’rinib turadigan bo’lishi lozim. Daftardagi qiya chiziqlar oralig’i 25 mm, qiyaligi 65°, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mmga teng bo’lishi lozim. O’quvchilar uchun tavsiya etiladigan sharikli yoki gelli avtoruchkalarning yo’g’onligi ularning qo'l barmoqlariga mos bo’lib, uzunligi 130 mmdan oshmasligi lozim. O’quvchilar yozuvining sifati ko’p jihatdan yuqorida ko’rsatib o’tilgan yozuv qurollariga bog’liq.

  • O’quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan oldin, ularni sifatli yozuv qurollari bilan ta'minlash lozim. Yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv qurollariga bog’liq. Ularning yozuv qurollarini muntazam nazorat qilib borish o’qituvchining muhim vazifasidir. Dastur talablari bo’yicha 1-sinf o’quvchilari «Alifbe» kitobiga ilova tariqasida chiqarilgan «Yozuv daftari»dan foydalanishlari lozim. «Yozuv daftari» sifatli qog’ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko’rinib turadigan bo’lishi lozim. Daftardagi qiya chiziqlar oralig’i 25 mm, qiyaligi 65°, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mmga teng bo’lishi lozim. O’quvchilar uchun tavsiya etiladigan sharikli yoki gelli avtoruchkalarning yo’g’onligi ularning qo'l barmoqlariga mos bo’lib, uzunligi 130 mmdan oshmasligi lozim. O’quvchilar yozuvining sifati ko’p jihatdan yuqorida ko’rsatib o’tilgan yozuv qurollariga bog’liq.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin