Ravshanova Kamolova. Matematika o\'qitish metodikasi fani taqdimot
Guliston davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
2-bosqich, 54.21-guruh talabalari
Kamolova Muqaddas va
Ravshanova Gulchiroylarning
“Matematika o’qitish metodikasi” fanidan
tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilish va uning ahamiyati
1
2
3
Boshlang'ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo'yilgan “o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlami berish, kasb-hunarga qiziqtirish, kasblami ongli tanlashga o'rgatish” kabi vazifalami hal qilishda yordam berishdan iborat.Shunday qilib, boshqa har qanday o'quv fani kabi matematika boshlang'ich kursi o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o'qitishning umumta’limiy maqsadi;
2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi;
3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.Matematika o'qitishning umumta’limiy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi:
a) o'quvchilarga m a’lum dasturi asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to‘g ‘risida o’quvchilarga yetarli darajada m a’lumot berishi, ulami matematika fanining yuqori bo'limlarini o’rganishga tayyorlashi kerak.Bundan tashqari, dastur asosida 0‘quvchilar o‘qish jarayonida olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim;
b) o‘quvchilaming og‘zaki va yozma matematik bilimlami tarkib toptirish lozim bo‘ladi. Matematikani o'rganish o‘quvchilaming o‘z ona tillarida nutq madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak;
d) o‘quvchilami matematik qonuniyatlar asosida haqiqatlami bilishga o‘rgatish.Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilam ing fazoviy tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalami qo'yadi:
a) o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
b) o’quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlami tarbiyalash.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir;
d) o'quvchilarda matematik tafakkumi va matematik madaniyatni shakllantirish.Matematika darslarida o’rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular orasidagi qonuniyatlar o'quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.
Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi o’z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadi:
a) o’quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalami yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ulami mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalami hal qilishga o'rgatish;
b) matematika o‘qitishda texnik vosita va ko'rgazm ali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e ’tibor o'quvchilam ing jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan;
d) o'quvchilam i mustaqil ravishda matematik bilimlami egallashga o'rgatish.
Xulosa: O'quvchilar, imkoni boricha, mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og'zaki va yozma xulosalar qilishga o'rganishlari kerak.
O'qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilarning o'rganilayotgan materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, o'tkazish kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o'quvchilam ing yosh xususiyatlariga va h.k. bog'liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardan yakka (individual) yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dastuming chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun m o'ljallangan.
Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun m o'ljallangan) o'qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir.Matematika о ‘qitishda mustaqil ishlar.Matematika o‘qitish jarayonida o'quvchilaming faolligini oshirish va matematikaga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri - O‘quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va malakalami mustahkamlashda, shuningdek,bilimlami nazorat qilishda amalga oshiriladi.O'qitish shakli - bu o'quvchilaming o'quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo).o'tkazilishiga muvofiq ravishda o'qituvchi tomonidan tarbiyaviy o'qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir.