Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Bolalar hurmat qilinadigan oilalar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə32/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

1. Bolalar hurmat qilinadigan oilalar. Bunday oilalarda bolalarga hurmat bilan yondashiladi, ularga mehr-muhabbat ko’rsatiladi. Ota-onalar farzandlarning faoliyati bilan qiziqadilar, muammolari to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladilar. Bolalarning fikrlarini hurmat qilgan holda hayotiy masalalarni hal qilishda amaliy yordam ko’rsatishga urinadilar. Farzandlarning qiziqishlari rivojlantiriladi. Bu farzandlarning tarbiyasi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu kabi oilalarda bolalar tashabbuskor, mustaqil, ahil, inoq bo’lib voyaga etadilar, o’zlarini baxtli his qilishadi. Ota-onalar ham, bolalar ham oila a’zolarining o’zaro muloqotidan qoniqadilar. Oiladagi shaxslararo munosabatlarda a’zolarning umumiy axloqiy qiyofalari aks etadi. Tartiblilik, ochiqlik, o’zaro ishonch, munosabatlardagi o’zaro tenglik bu turdagi oila a’zolari uchun xos bo’lgan asosiy ma’naviy-axloqiy sifatlar sanaladi.
2. Rahmdil oilalar. Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlar o’rtacha darajada ijobiylik kasb etadi. Biroq, oila a’zolari o’rtasida ota-onalar ham, bolalar ham o’tmaydigan aniq masofa mavjud. Bolalar oilada o’z o’rnilarni bilishadi, ota-onasiga itoat etishadi. Bolalarga nima zarurligini ota-onalarning o’zlari hal qiladi. Farzandlar gapga quloq soladigan, g’amxo’r, ahil, inoq bo’lib voyaga etishadi, biroq, kamdan kam holatda tashabbuskor bo’lishadi. Ular ba’zan o’z fikriga ega bo’lmaydi, boshqalarga tobe bo’lib qoladi. Ota-onalar farzandlarning qiziqish va ehtiyojlaridan xabardor bo’lishadi. Shu bilan birga farzandlar o’zlarining muammolarini ota-onalari bilan muhokama qilishadi. Bu turdagi oilalarda namoyon bo’ladigan salbiy holat – ota-onalar tomonidan farzandlar rivojlanish dinamikasining hisobga olmaganligi sanaladi. Shu sababli ota-onalarning o’z farzandlariga yanada ko’proq g’amxo’rlik ko’rsatishlari talab etiladi.
3. Iqtisodiy yo’nalgan oilalar. Bu kabi oilalarda asosiy e’tibor oilaning iqtisodiy ta’minlanganligiga qaratiladi. Bolalar yoshligidanoq hayotga amaliy (pragmatik) yondashishga, barcha narsadan o’zlari uchun qulaylik yaratishga o’rgatiladi. Farzandlar yaxshi o’qishga da’vat etiladi, biroq, asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasasiga kirishdangina iborat bo’lib qoladi. Ota-ona va bolalarning ma’naviy dunyosi qashshoq. Oilaviy munosabatlarda bolalarning qiziqishlari hisobga olinmaydi, faqat “foydali” tashabbuslari qo’llab-quvvatlanadi. Buni garchi to’liq ma’noda ijtimoiylashish deb atab bo’lmasa-da, bolalar tengdoshlariga nisbatan ertaroq “voyaga etadilar”.
Ota-onalar bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini anglashga intiladi. Farzandlar ham buni tushunishsa-da, biroq, ba’zan ota-onalarning bu boradagi harakatlarini qabul qilisha olmaydi. Buning asosiy sababi – ota-onalarning pedagogik madaniyati nihoyatda past ekanligi bilan belgilanadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin