Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə50/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat savollari:

1. Zamonaviy oilalarning o’ziga xos xususiyatlari nimlarda aks etadi?


2. Shahar va qishloq oilalarining ijtimoiy hayot tarzida qanday farqlarni ko’rish mumkin?
3. Oilaning ijtimoiy funktsiyalari nimalardan iborat?
3. Zamonaviy oilalarda tashkil etiladigan tarbiya jarayonining qoniqarsiz bo’layotganligining asosiy sabablari nimalar bilan izohlanadi?
4. Sizningcha, zamonaviy oilalarda tashkil etilayotgan tarbiya jarayonida namoyon bo’layotgan salbiy holatlarni bartaraf etishning samarali yo’llari qaysilar?
5. Zamonaviy oilalar rivojining psixologik o’zga xosligi qanday holatlar bilan tavsiflanadi?
6. Bugungi kun oilalari rivojiga xos pedagogik xususiyatlar nimalardan iborat?
7. Oilaviy munosabatlarning milliy xususiyat kasb etishida oilaning demografik holati qanday ahamiyatga ega?


Mavzuga oid adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Oila farovonligi - millat farovonligi G’ O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining besh yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi maruzasi. Xalq so’zi, 1997 yil 5-dekabr.


2. Inomova M. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. – Toshkent: O’qituvchi, 1999.
3. Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi. – Toshkent: O’qituvchi, 2006.
4. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi.– Toshkent: O’qituvchi, 1998.


Amaliy topshiriqlar:


1. Quyidagi matnlar bilan tanishib chiqing va ularda oilaga xos qanday xususiyatlar aks etganligini aniqlang.


A. Oilaviy kitobxonlik shaxsning madaniy saviyasini oshirishda yo’lga qo’yish mumkin va lozim bo’lgan faoliyat turidir. Buning uchun ota-ona yoki oiladagi yoshi va ta’siri ulug’ kishi tashabbus ko’rsatib, oila a’zolarining umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda biror kitobni tanlab kechki ovqatdan so’ng qiroat bilan o’qib berishi kerak bo’ladi. Oilaviy kitobxonlik har kuni yoxud haftaning ma’lum kunlari qat’iy tartibda yo’lga qo’yilsa, bolalarda badiiy kitobga qiziqish o’z vaqtida va qat’iy tarzda shakllanadi.


V. Ota-boblarimiz farzandlarga hamisha bir-birlari bilan inoq, totuv, hamdard, hamfikr bo’lib yashash inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtirib kelganlar... Oilada tinchlik-totuvlik, halovat ko’p jihatdan aka-ukalarning ahilliklariga bog’liq. Odatda og’alar o’z inilariga yaqin do’st, maslahatchi bo’ladilar, ukalar o’z yo’lini topib olguncha, ularga moddiy va ma’naviy yordam berib turadilar. O’zbek odatlariga ko’ra, katta o’g’illar o’z kiyim-kechaklarini, asbob-anjomlarini, qalam-dovot, kitob-daftar va b. buyumlarini avaylab tutadilar. Chunki bu buyumlar o’zlaridan keyin ukalarga o’tadi.


S. Oilaviy an’analar – oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, oila a’zolari ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa. Oilaviy an’ana ... oila a’zolari e’tirof etgan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi. Oila ichidagi yaxshi munosabatlar shaxsning har tomonlama shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Oilaviy an’analar bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi va bolalarga ularning ta’sirini kuchaytiradi. Ular madaniyat va ma’naviy hayotni rivojlantirishda, avlodlar vorisligini ta’minlashda, jamiyat va shaxsning barkamol rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
2. Kichik guruhlarda “Baliq skeleti” grafik organayzeri yordamida zamonaviy oilalarga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin