Axloqiy munosabat – jamiyat tomonidan e’tirof etilgan ijtimoiy me’yorlar, ezgu g’oyalarga tayangan holda shaxsning o’ziga, atrof-muhitga, tabiiy borliqqa bo’lgan ijobiy yondashuvi74
Axloqiy e’tiqod – jamiyat tomonidan e’tirof etilgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor, odob qoidalari, axloqiy me’yor va tamoyillarning ezgulikka xizmat qilishiga bo’lgan ishonch; ma’naviy-axloqiy asosga ega bo’lgan ezgu g’oyalarga shubhasiz ishonish. Axloqiy e’tiqod “iymon” tushunchasi bilan ham ifodalanadi75.
Oilada aqliy tarbiyani tashkil etish. Oilaning tarbiyaviy vazifalari sirasida ota-onalarning farzandlar o’rtasida aqliy tarbiyani tashkil etishi ham muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar oila muhitida aqliy tarbiyani samarali tashkil etishga e’tibor qaratar ekan, asosiy maqsad bolalarni “ilm-fan, texnika va texnologiya sohasida erishilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan xabardor qilish, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarni berish orqali ularda tafakkur, dunyoqarashni rivojlantirish”76dan iborat ekanligini nazarda tutishlari lozim. Shuningdek, oila muhitida tashkil etiladigan aqliy tarbiya jarayonida ota-onalar quyidagi vazifalarni samarali hal etishga erisha olishlari muhimdir:
1. Turli ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda jurnallar yordamida, shuningdek, Internet axborot tarmog’i vositasida bolalarni ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirib borish.
2. Bolalarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirish orqali ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish.
3. Oila sharoitida uy-ro’zg’or ishlarini bajarish, ayniqsa, elektr asboblari bilan ishlash, turli jihozlarni tayyorlash, texnika (Masalan: mashina, mototsikl, veloseped, moped, telefon, mobil telefon va b.q.) hamda mashiy texnika buyumlari (muzlatkich, mikro to’lqinli pech, gaz, televizor, radio, magnitafon, sovutkich va h.k.), uy-ro’zg’or jihozlari (shkaf, shifoner, javon, stol, stul, krovat, divan, kreslo va b.q.)ni ta’mirlashda bolalar tomonidan o’zlashtirilgan nazariy ilmiy bilimlarni amalda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
4. Ilm-fan va texnika sohalarida yuksak natijalarga erishgan yoki texnika, maishiy texnika hamda uy-ro’zg’or jihozlarini yasash, ta’mirlash bo’yicha alohida mahoratga ega shaxslar faoliyati namunasida bolalarda o’zlarining ilmiy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borish istagini yuzaga keltirish.
5. Oila muhitida bolalarda ilmiy bilimlarni samarali, puxta o’zlashtirishga yordam beradigan “psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va h.k.)ni rivojlantirish”77ga erishish.
6. Farzandlar o’rtasida musobaqa, o’zaro bellashuv, bahs-munozara shaklida zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyaga oid bilimlarni o’zlashtirishni rag’batlantirish orqali ularda ilmiy dunyoqarash shakllanishini ta’minlash.
Aqliy tarbiyani oila sharoitida tashkil etishda “dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko’ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg’ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo’nalishlar bo’yicha bolada qiziqishni uyg’ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Bu borada ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashi, ehtiyoj va qiziqishlari doirasi hamda ular tomonidan ko’rsatilayotgan namuna muhim tarbiyaviy omil bo’lib xizmat qiladi. Oila muhitida bolaning aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o’yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam beruvchi sport o’yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko’rgazmalarga tashrif buyurish hamda ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti yuzasidan suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o’zining ijobiy samarasini beradi”78.
Dostları ilə paylaş: |