Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə55/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish. Oila muhitida jismoniy tarbiyani tashkil etish ham o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar tomonidan farzandlarda jismoniy madaniyat sifatlarining tarbiyalanishiga e’tibor qaratilishi ularning komil inson bo’lib shakllanishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. “Bolalarning sog’lom bo’lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va mustahkamlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi.
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug’ullanishga ko’niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham o’rgatib boradi.
Ovqatlanishning to’g’ri tashkil etilishi ham bolaning sog’lom bo’lib o’sishining asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo’lni yuvish, ovqatdan keyin og’izni chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da cho’milish, qo’l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu
holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi” 82.
Bolalarning jismonan etuk bo’lib voyaga etishlarida ota-onalar, yana shuningdek, quyidagi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratishlari zarur: farzandlarning kun tartibiga ega bo’lishlariga hamda irodalarini chiniqtirishga erishish, asab tizimi mustahkam bo’lishi uchun uyquning me’yorida bo’lishi uchun sharoit yaratish, ularda doimiy ravishda jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanish ko’nikmalarini shakllantirish, bo’sh vaqtni ko’nglilli o’tkazilishini ta’minlash.
Oila tarbiyasining muhim yo’nalishlaridan yana biri – oilada jinsiy tarbiyani to’g’ri, samarali tashkil etish sanaladi. “Jinsiy tarbiya – bolalar, o’smirlar va yoshlarda jinsiy masalalariga nisbatan to’g’ri munosabatni shakllantirib borishga qaratilgan tibbiy va pedagogik tadbirlar tizimi”83 sanaladi. Oilaning jinsiy tarbiyani tashkil etishdagi roli mohiyatiga ko’ra kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv vazifasini ifodalaydi. Kichik ijtimoiy birlashmaning reproduktiv vazifasi yuzasidan esa yuqorida batafsil so’z yuritildi. Ayni o’rinda shuni qo’shimcha qilish mumkin, jinsiy tarbiya yoki oilaning reproduktiv vazifasi shakllarida ifodalanishdan qat’iy nazar ota-onalar o’g’il va qiz bolalarning jinsiy jihatdan rivojlanishiga xos xususiyatlar, bosqichlar, shuningdek, tabiiy va g’ayritabiiy (lot. “akseleratsiya” – tezlashuv, ya’ni, individning ruhiy va fiziologik jihatdan rivojlanishining sun’iy ravishda tezlashishi) jinsiy etilish mohiyati, oilada jinsiy tarbiyani to’g’ri tashkil etish yo’llaridan xabardor bo’lishlari zarur.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin