TG’R
|
Guruhlar
|
Topshiriq mavzusi
|
1.
|
1-guruh
|
Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi ijobiy talablar
|
2.
|
2-guruh
|
Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi salbiy talablar
|
Guruhning har bir a’zosi ixtiyoriy ravishda biror-bir metodni tanlaydi va uning mohiyatini to’liq yoritishga harakat qiladi. Shu asosida guruh a’zolarining o’zaro hamjihatligida yaxlit buklet shakllantiriladi.Har bir guruhi o’ziga berilgan mavzu bo’yicha ma’lumotlarni bayon qilishda quyidagi jadval asosida ish ko’rishi mumkin:
1. Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi ijobiy talablar
Tg’R
|
Metodlar
|
Ularning mohiyati
|
1.
|
Iltimos
|
|
2.
|
Ishonch bildirish
|
|
3.
|
Ma’qullash
|
|
…
|
…
|
|
2. Oila tarbiyasida faol qo’llaniluvchi salbiy talablar
№
|
Metodlar
|
Ularning mohiyati
|
1.
|
Ishonchsizlik
|
|
2.
|
Do’q qilish
|
|
3.
|
O’rinsiz tanqid
|
|
…
|
|
|
OILADA BOLALARNI MILLIY IFTIXOR VA MILLIY G’URUR RUHIDA TARBIYaLASh
Reja:
1. Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati.
2. Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash yo’llari.
3. Oilada milliy tarbiya vositalaridan foydalanish.
Tayanch tushunchalar: milliylik, milliy tarbiya, milliy ruh, milliy iftixor, milliy g’urur, oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash, milliy tarbiya vositalari.
Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston XI asrga intilmoqda” nomli asarida erkin fuqaro va ozod shaxs haqida so’z yuritib, uni shakllantirishda quyidagi to’rt jihatga e’tibori qaratish maqsadga muvofiq ekanligi aytiladi: o’z haq huquqini taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin; o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko’ra olsin; atrofida sodir bo’layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin; shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda ko’rib, faoliyat yuritsin.
Har bir jamiyatning taraqqiyoti millat yoshlarini milliy ruhda tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlarga asoslangan ijtimoiy hayot, turmush tarziga qay darajada samarali tayyorlanishiga bog’liq. Shu sababli asrlar davomida har bir millat, xalq o’z milliy qadriyatlari negizida yosh avlod tarbiyasini tashkil etishga oid qarashlarni shakllantirib kelgan. Milliy yondashuv asosida tarbiya jarayonini tashkil etish natijasida yoshlar milliy mentalitet xususiyatlarini o’zida namoyon etuvchi sifatlarga ega bo’lganlar.
Lotin tilidan tarjima qilingan “mentalitet” tushunchasi “aql”, “tafakkur”, “fikrlash tarzi” degan ma’nolarni anglatadi. “Milliy mentalitet” atamasi milliy ong va faoliyat xarakterini ifodalovchi tushuncha sanaladi. Shaxsning milliy mentalitet xususiyatlariga ega bo’lishi uning milliy an’analari, madaniyati va turmush tarzi negizida kechadi. Avlodlarning milliy mentalitet xususiyatlarini o’zlarida namoyon eta olishlari ikki tomonlama xarakterga ega, birinchidan, bu hodisa konservatizmni, ya’ni, milliy xususiyatlarning ajdodlardan avlodlarga hech bir o’zgarishsiz o’tib borishini hamda milliy an’analarning mustahkam bo’lishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, milliy mentalitetda muayyan darajada bo’lsa-da, o’zgaruvchanlik ko’zga tashlanadi va u milliy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |