Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Salbiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə60/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Salbiy xarakterga ega ayrim metodlarning mohiyati. Quyida salbiy mazmunga ega metodlardan namunalar keltirilib, ularning mohiyati yoritiladi.
Bolaning u yoki bu harakatlariga salbiy baho berish, uning salbiy odatlarini bartaraf etish hamda zararli xatti-harakatlarining oldini olish maqsadida qoralash metodidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Uning yordamida ijobiy xulq-atvor rag’batlantiriladi. Bunda xushmuomala murojaat qilish zarurdir.
Qoralash metodini uzluksiz ishlatish, ayniqsa, muayyan bolaga nisbatan qo’llayvermaslik kerak. Zero, bunday holda bu metod o’zining ta’sirchanligini yo’qotishi yoki bolada o’z imkoniyatlariga ishonchsizlikning qaror topishi uchun zamin yaratishi mumkin. Pedagogik texnika talablariga muvofiq qoralash metodini yumshoqroq ohangda aytilgan ta’na va ginadan g’azab va jahlning paydo bo’lishiga qadar oraliqda qo’llash mumkin.
Ishonchsizlik bildirish – bilvosita talab shakli bo’lib, boshqa, ta’sir kuchi kamroq metodlarni qo’llash ish bermagan vaziyatlarda qo’llaniladi. Agar ota-onalar tomonidan bildirilayotgan ishonchiga qisman putur etgan, bola xulqida salbiy odatlar namoyon bo’layotgan bo’lsagina ushbu metodni ishga solish o’rinlidir. Shu bilan birga ishonchsizlik bildirish bolalar bilan tashkil etilayotgan munosabatlar mezoni darajasiga ko’tarilmasligi zarur. Aks holda ularning ota-onalari bilan bo’lgan munosabatlarida to’g’rilab bo’lmas xatolar yuzaga keladi. Xususan, ovqat eyilib fotiha o’qilgach, dasturxon yig’ishtirilmay qoldi. Ertasiga onaning bolalar bilan suhbatda jiddiy tarzda: “O’zlaringizdan bilib hech narsa qilolmaysizlar. ... Men bo’lsam sizlarga ishonib o’tiribman-a!”, - deyishi maqsadga muvofiqdir.
Bilvosita talabning bu shakli hamisha bolalarga o’zlarini oqlash, ota-ona ularga ishonishi mumkinligini ish bilan isbotlash imkonini berishi lozim. Bordi-yu ishonchsizlik bildirish bolaning ijobiy harakatlari va muomalasini rag’batlantirmasa, uni tarbiya amaliyotida qo’llamagan ma’qul.
Qo’rqitish – tarbiya metodlaridan biri bo’lib, salbiy mazmunga ega. Undan foydalanishda bolalarning zarur harakatlarini rag’batlantiruvchi omil ularni yoqimli faoliyat turi bilan shug’ullanish, qandaydir huquqlardan mahrum qilish haqidagi ogohlantirishdir. Masalan, uyga berilgan topshiriqlarni bir necha marta bajarmay borgan bolaga ota: “Agar yana shunday qilsang, endi topshiriqni mening nazoratim ostida bajarasan” deydi.
Qo’rqitish tarbiyaning eng oxirgi usullaridan biri bo’lib, undan keyin jazolash qo’llaniladi. Ushbu metoddan samarali foydalanishning muhim qoidasi ota-onalar harakatlarining izchilligidir. Agar talab bajarilmay qolsa, amalda qo’rqitishdan foydalaniladi. Ishonchsizlik bildirish va qoralash bilan birga qo’rqitish pedagogik talabning shunday shakllariga mansubki, ularning kuchi va ta’siri o’zining qo’llanish tezligiga teskaridir.
40 dan ortiq oila, ota-onalarning faoliyatini kuzatish ularning bolalar bilan munosabatlarni yo’lga qo’yishda ijobiy yoki salbiy metodlarning turli ko’rinishlaridan foydalanishlarini tasdiqladi. Oilalar hayoti, ota-onalarning tarbiyachi sifatidagi tajribasi bugungi kunda o’zbek oilalarida quyidagi metodlarga ko’proq murojaat etilayotganligini tasdiqladi:



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin